Tizim Qöyliq köprigidan keyingi «Qöyliq ota» maqbarasidan ÖzBUMgaça bölgan yönalişda joriy etilgan va sutka davomida işlaydi.
Markaz maʼlumotiga köra, aholi uşbu köçada «yaşil tölqin»ni sozlaş zarurligi haqida bir neça bor murojaat qilgan. Şundan söng mutaxassislar uçastkadagi svetoforlarning işini özaro muvofiqlaştirgan.
Ölçovlarda avval tiğiz bölmagan paytda yölni bosib ötiş 12–13 daqiqa olgan bölsa, hozir taxminan 9 daqiqa kifoya qilayotgani qayd etilgan.
«Yaşil tölqin» barça çorrahalarda çiroq doimo yaşil yonib turişini anglatmaydi. Svetoforlar haydovçi belgilangan tezlikda harakatlanganida imkon qadar köproq çorrahadan yaşil çiroqda ötişi uçun moslaştiriladi.
Tizimning vazifasi - qizil çiroqda töxtaşlar sonini kamaytiriş, harakatni bir maromda taşkil etiş va yölga ketadigan vaqtni qisqartiriş.
Farğona yöli köçasi poytaxtning asosiy kiriş transport yölaklaridan biri hisoblanadi. Qöyliq yönalişidan kelayotgan katta avtomobil oqimi şu köça orqali şaharning markaziy qismi tomon taqsimlanadi.
Mutaxassislar kun davomida transport harakatini kuzatib bormoqda. Zarur hollarda svetoforlarning iş rejimlariga qöşimça özgartişlar kiritiladi.












