Turkiyada 1-noyabrdan boşlab bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişi çeklanadi.  Bu haqda Resmi Gazete xabar berdi.

Xabarga köra, ijtimoiy tarmoqlar 15 yoşdan kiçik bolalarga xizmat körsata olmaydi. 15 yoşdan katta foydalanuvçilar uçun esa platformalar şaxsiy maʼlumotlarni himoya qiluvçi va xavfsizlikni kuçaytiruvçi maxsus rejim joriy etişi lozim. 

Şuningdek, 15 yoşdan katta foydalanuvçilar uçun bolalarning qiziqişi va ularning jismoniy, ruhiy hamda ijtimoiy rivojlaniş xususiyatlari hisobga olingan holda alohida xizmat körsatiş rejimi közda tutilmoqda. Mazkur rejim doirasida ösmirlarning akkauntlari yopiq holda böladi.

Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlar ota-onalarga farzandlarining akkauntlarini nazorat qilişlariga imkon beruvçi vositalarni taqdim etişga majbur böladi.

Joriy yil aprelida Turkiya parlamenti 15 yoşdan kiçik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirişni taqiqlovçi qonunni qabul qilgandi.