17-avgust kungi savdolar yakunlariga ko‘ra Amerika valyutasi 33,8 so‘mga arzonlab, 11 857,3 so‘mni tashkil qildi. Bu 2023-yilning 10-avgust kunidan beri (11 667 so‘m) qayd etilgan minimal qiymat.

Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket uchinchi savdo kuni so‘mga nisbatan pasayib, deyarli 91,2 so‘mga (0,76 foiz) - 11 948 so‘mdan 11 857 so‘mga arzonlashdi. Kun davomida bitta bankda Amerika valyutasini 11 920 so‘mdan, yana 4 ta bankda esa 11 940 so‘mdan sotib olish mumkin bo‘ldi.

So‘mning kuchayishi ko‘p jihatdan ichki va O‘zbekistonga xos omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Eksport daromadlarining o‘sishi, oltin eksporti daromadlarining sterilizatsiyasi va migrantlar pul o‘tkazmalari hajmining oshishi shular qatoriga kiradi.