18-avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan 6-oçiq muloqoti bölib ötdi. Unda qariyb 500 nafar tadbirkor bevosita, yana 25 mingga yaqin biznes vakili hududlardagi studiyalar orqali qatnaşdi. E’lon qilingan eng muhim yangiliklar - elektr va gaz uçun oldindan tölov miqdori tölov intizomini buzmagan korxonalar uçun 100 foizdan 15 foizgaça pasaytirilişi, tekşiruvlarga 3 yillik moratoriy e’lon qilinişi, moliyaviy jarimalar miqdorini örtaça ikki barobar kamaytirilişi va davlat xizmatlarida “sukut - rozilik” tamoyilining yölga qöyilişi kabilar böldi.

Oçiq muloqot davomida biznesni moliyalaştiriş, davlat aktivlarini xususiylaştiriş, eksport, sun’iy intellekt, soliq va nazorat tizimi, quriliş, turizm hamda kapital bozoriga oid qator yangi taşabbuslar e’lon qilindi.

Xöş, bu qarorlar amalda tadbirkorlar uçun nimani anglatadi? Eng muhim özgarişlar haqida ma’lumot beramiz.

Sun’iy intellekt biznesga kirib kelmoqda

Oçiq muloqotda sun’iy intellekt alohida yönaliş sifatida körsatildi.

Avval işga tuşirilgan “Virtual soliq maslahatçisi”dan taşqari, kelasi yildan quriliş, mehnat munosabatlari, taşqi savdo va davlat xizmatlari böyiça ham sun’iy intellekt yordamçilari joriy etilişi rejalaştirilmoqda.

Yana bir muhim taşabbus – “10 ming korxona uçun sun’iy intellekt hamkor” dasturi.

Dastur doirasida korxonalarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi. Sun’iy intellekt modellari yaratişda davlat superkompyuteridan bepul foydalaniş imkoniyati beriladi. Tayyor AI yeçimlari esa oçiq platformaga joylaştiriladi.

Davlat aktivlarini sotib oliş osonlaşadi

Davlat mulkini xususiylaştiriş tartibida ham qator yengilliklar e’lon qilindi.

Davlat aktivlarini sotib olişda avans tölovi 30 foizdan 15 foizga tuşiriladi. Olti oy içida töliq tölov qilgan xaridorlarga 25 foiz çegirma beriladi.

Summaning yarmini tölagan tadbirkor qolgan qismini yetti yil davomida foizsiz bölib-bölib tölaş imkoniga ega böladi.

Şuningdek, uç oy davomida sotilmagan davlat aktivlarining boşlanğiç narxi bosqiçma-bosqiç pasaytiriladi, auksion muddatlari esa ikki barobarga qisqartiriladi.