Prezident Şavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni Xorazm viloyatiga taşrifi davomida yangi «Urganç – Xiva» pulli avtomobil yöli bilan tanişdi.

Ta’kidlanişiça, Urganç aeroporti va Xiva şahri örtasidagi yangi avtomobil yöli aholi va sayyohlar uçun xavfsiz, tezkor va qulay harakatlaniş imkoniyatini yaratişga qaratilgan. Loyiha doirasida 35 kilometr avtomobil yöli, yer osti tunneli, 8 ta yöl ötkazgiç, 15 ta köprik va 106 ta suv ötkaziş inşooti barpo etildi.

Mavjud yöl orqali Urgançdan Xivaga yetib borişga 45-50 daqiqa vaqt sarflansa, yangi tört tasmali magistralda bu vaqt 15-17 daqiqagaça qisqaradi. Yöl sutkasiga 30 mingdan ortiq transport vositasini ötkaziş quvvatiga ega. Transport oqimi va tölovlarni boşqariş sun’iy intellektga asoslangan raqamli tizimlar orqali amalga oşiriladi. Yengil va yuk avtomobillari, şuningdek, avtobuslardan tölov transport vositasini töxtatmagan holda elektron şaklda undiriladi.

Yöl böyida xalqaro standartlarga mos xizmat körsatiş va servis ob’yektlarini taşkil etiş ham közda tutilgan. Yöl qoplamasining yuqori qatlamlarida issiq iqlimga çidamli maxsus modifikatsiyalangan bitum aralaşmasidan foydalanilgan. Qoplamaning umumiy qalinligi 87 santimetrni taşkil etadi.

Yangi magistral Urganç va Xiva örtasidagi qatnovlarni yanada tezlaştiriş va qulaylaştiriş, sayyohlar uçun transport imkoniyatlarini kengaytiriş hamda hududning yöl infratuzilmasini rivojlantirişga xizmat qiladi.