Banklar, marketpleyslar va aloqa operatorlari öz sohalari doirasiga siğmay qolgani haqida
Oddiy bir savolga tezda javob berişga urinib köring: bank nima bilan şuğullanadi? Yaqin-yaqingaça javob aniq edi: pul saqlaydi, moliyalaştiradi, tölovlarni ötkazadi. Bugun esa qaysi bank ekaniga boğliq. Bank ilovasining özida aviaçipta sotib oliş, suğurta rasmiylaştiriş yoki mehmonxonadan joy band qiliş mumkin. Taksi ilovasi orqali esa mahsulotlarga buyurtma berib, jönatma yuborsa böladi. Marketpleyslar öz kartalarini çiqarib, tölovlarni amalga oşiryapti. Aloqa operatorlari bölsa ma’lumotlar markazlarini qurmoqda, bulutli platformalarni rivojlantirib, sayyohlar va avtomobilçilar uçun xizmatlar işga tuşirmoqda.
Foto: MyUZTELECOM
Biz ma’lum bir qoliplarga solişga örganib qolgan kompaniyalar qaçondir bu qoliplarga siğmay qoldi. Eng qiziği, buning qanday yuz berganini deyarli sezmay ham qoldik. Bundan bir neça yil avval kundalik raqamli vazifalar uçun smartfonda önlab ilovalardan iborat papka kerak bölar edi. Hozir esa köpinça bittasining özi kifoya.
Bankka aviaçiptalarning nima keragi bor?
Sönggi yillarda “ekotizim” sözi korporativ klişega aylanib ulgurdi. Lekin uning zamirida juda oddiy insoniy odat yotadi: biz ortiqça harakat qilişni yoqtirmaymiz. Agar ilova ma’lumotlarimizni bilsa, unga kartamiz ulangan bölsa va biz uni har kuni oçib tursak, yana boşqasini yuklab oliş, röyxatdan ötiş va ma’lumotlarni qayta kiritiş – bu kiçik bir noqulaylikdir. Raqamli biznes ana şunday noqulayliklarni ilğaşni örgandi, şu sababli kompaniyalar tobora köproq “boşqa sohaga” emas, balki insonning ketidan – uning bir vazifasidan keyingisiga qarab bormoqda.
Revolut (Britaniya fintex xizmati) 2015-yilda xorijda valyuta ayirboşlaş va hisob-kitoblarni soddalaştiriş maqsadida paydo bölgan. Bugungi kunda u orqali moliyaviy mablağlarni boşqariş, sarmoya kiritiş, turar joy band qiliş hamda suğurta va sayohat xizmatlaridan foydalaniş mumkin, çakana mijozlar soni esa 75 milliondan oşib ketdi. Biroq biz uçun qöşni Qozoğiston qiziqroq bölsa kerak. Kaspi.kz (çakana bankdan ösib çiqqan Qozoğiston raqamli platformasi)ni bugun bir söz bilan ta’riflaşning özi qiyin: bitta ilovaning özida tölov qiliş, mahsulotlar sotib oliş, sayohatlarni bronlaş, bank va davlat xizmatlaridan foydalaniş mumkin. 2026-yilning birinçi çoragida, Qozoğiston aholisi 20 milliondan sal köproq bölgan bir paytda, birgina Kaspi.kz tölov platformasining özi 14,7 million faol foydalanuvçiga ega edi.
Balki, bu banklar bilan nima sodir bölganining eng yaqqol körsatkiçidir. Ular endi faqat odam pulini qayerda saqlaşi uçun emas, balki u öz kundalik hayotining qançalik katta qismini bitta ilovaga işonib topşirişga tayyor ekani uçun ham kuraşmoqda.
Krossovka xaridi qanday qilib bank xizmatiga aylandi?
1999-yilda Argentinada Mercado Libre (Lotin Amerikasidagi eng yirik marketpleys) paydo bölganida, vazifa oddiy edi: sotuvçi bilan xaridorni boğlaş. Ammo tez orada bir muammo yuzaga çiqdi: mahsulotlar ham, xaridorlar ham bor, lekin köpçilikda qulay tölov usulining özi yöq. Şunday qilib, kompaniyaning öz Mercado Pago tölov tizimi paydo böldi.
Keyin deyarli muqarrar zanjir işga tuşdi: agar kişi siz orqali tölov qilayotgan bölsa, nega unga pul ötkaziş imkonini bermaslik kerak? Agar pul ötkazsa, nega karta çiqarmaslik kerak? Tölovni qabul qilayotgan sotuvçiga-çi, terminal yoki bölib tölaşni taklif qilsa böladimi? Bugungi kunda Mercado Pago - ön millionlab foydalanuvçiga ega mustaqil moliyaviy platforma. Qiziği şundaki, odamga krossovka sotiş uçun marketpleys ma’lum bir nuqtada deyarli bankka aylanişiga töğri kelgan.
Bir kunni ötkaziş uçun neçta ilova kerak?
Xitoyda javob - bitta. WeChat (Xitoy messenjeri va superilovasi) 2011-yilda muloqot uçun ilova sifatida paydo bölgan, biroq bugun uni messenjer deb ataş smartfonni telefon deyiş bilan barobar. Uning içida yozişiş, tölov qiliş, mahsulotlar xarid qiliş, xizmatlarga yoziliş, taksi çaqiriş mumkin, qolaversa, köplab taşqi xizmatlar mini-dasturlar formatida töğridan töğri WeChat’ning özida işlaydi. Bugungi kunda Weixin va WeChat auditoriyasi oyiga 1,4 milliard kişidan oşadi.
Uşbu model insoniyatning yangi zaifliklaridan birini – çeksiz ilovalardan çarçaş holatini juda aniq aks ettirdi. Clutch’ning 2026-yilgi tadqiqotiga köra, smartfon foydalanuvçilarining 64 foizida 10 tadan 50 tagaça ilova bor, biroq ularning 46 foizi har kuni atigi 5–10 tasidan foydalanadi. Yana bir körsatkiç bundan-da yaqqolroq: 72 foiz odamlar navbatdagi xizmat uçun yangi ilova yuklab oliş zaruratidan oz bölsa-da, ğaşlanadi. Bu holat allaqaçon nom olgan - app fatigue yoki “ilovalardan çarçaş”. Şu bois superilova – nafaqat biznesning odamni öz tizimi içida uşlab turiş orzusi, balki foydalanuvçining tuşunarli istagiga javob hamdir: iltimos, meni yana boşqa biror joyda röyxatdan ötişga majburlamang.
Aloqaning özi kamlik qilganda
Telekom sohasida ham bir neça yil avval banklar va marketpleyslar bilan yuz bergan holat takrorlanmoqda. Faqat bu yerdagi boşlanğiç nuqta boşqaça. Operator allaqaçon öz tarmoğiga, millionlab ulangan foydalanuvçilariga va ularning raqamli hayotining katta qismi ötadigan infratuzilmaga ega. Bir nuqtada örinli savol tuğiladi: agar bularning bari mavjud bölsa, faqat qönğiroqlar va internet bilangina çeklaniş şartmi?
Jahon bozoriga nazar taşlasak, bu savolga tobora köproq “yöq” degan javob berilmoqda. GSMA Intelligence ma’lumotlariga köra, yirik operatorlarning an’anaviy telekom xizmatlaridan taşqari yönalişlardan oladigan daromad uluşi 2017-yildagi 18 foizdan 2024-yilga kelib 28 foizga ösgan. Yangi yönalişlar qatoriga bulutli texnologiyalar, kiberxavfsizlik, fintex, IoT va raqamli xizmatlar kiradi.
Bu yerda qiziqarli paradoks mavjud. Kundalik narsalar raqamli muhitga qançalik köp ötsa, biz aloqaning özini şunçalik kam sezamiz. Xarid uçun tölov qilayotganda, maşina çaqirayotganda yoki WeChat’ni oçayotganda, odam tarmoq, ma’lumotlar markazi va hisoblaş quvvatlari haqida öylaşi dargamon. Vaholanki, bularsiz butun bu qulay raqamli hayotning özi bölmas edi.
Özbekistonda bu transformatsiyani Uztelecom misolida yaqqol köriş mumkin. Yana bir neça yil avval operatordan, avvalo, uy interneti, mobil aloqa va yaxşi qamrov kutilar edi. Bugungi kunda esa kompaniya yönalişlari röyxati ança kutilmagan körinişga ega: elektromobillar uçun zaryadlaş infratuzilmasi, avtomobil servis xizmatlari, suğurta, sayyohlar uçun yeçimlar, maişiy xizmatlar, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar markazlari va sun’iy intellekt.
Bu yönalişlarning bir qismi bevosita telekom sohasidan kelib çiqqan. Masalan, xorijdagi aloqa xizmati sayohat davomida insonga hamroh böladigan kengroq xizmatlar töplami uçun boşlanğiç nuqta böldi. Boşqalari esa odatiy operatorlik biznesidan ança yiroq: avtomobil haydovçilari uçun raqamli xizmatlar, suğurta va zaryadlaş infratuzilmasi mavjud, raqamli platforma orqali esa hatto maişiy muammolarni hal qiliş uçun usta çaqiriş ham mumkin. Bunda operatorning özi suğurta kompaniyasi, sayyohlik agentligi yoki maişiy xizmat körsatiş servisiga aylanişga urinmaydi: zarur hollarda tizimga tegişli soha hamkorlari jalb qilinadi.
Agar bularning barçasini – internet, elektromobillar, suğurta, sayohat, avtomobil va maişiy xizmatlarni – bir qatorga tizsak, klassik aloqa operatori uçun ança ğalati töplam hosil böladi. Lekin bu faqat biz unga soha nigohi bilan qaraganimizdagina şunday tuyuladi. Foydalanuvçi uçun esa mantiq ança sodda: uning bugungi vazifasi telekom, suğurta yoki avtomobil xizmatlariga aloqador ekani unçalik muhim emas. Asosiysi, uni tezda, iloji bölsa onlayn tarzda va har safar yangi xizmat izlaşga hojat qoldirmasdan hal qilişdir.
Bu transformatsiyaning közga unçalik taşlanmaydigan yana bir jihati bor. Foydalanuvçi yangi raqamli imkoniyatlarni körayotgan bir paytda, “kapot ostida” ular işlaydigan infratuzilma rivojlanib bormoqda. “Özbektelekom” bulutli yeçimlarni rivojlantirmoqda, sun’iy intellekt va Big Data vazifalari uçun zamonaviy ma’lumotlar markazlari hamda hisoblaş infratuzilmasini barpo etmoqda. Bundan körinadiki, kompaniya bir vaqtning özida ikki yönalişda harakatlanmoqda: bir tomondan, odamlar uçun xizmatlar töplamini kengaytirsa, ikkinçi tomondan, usiz bu raqamli xilma-xillikning işlaşi imkonsiz bölgan texnologik poydevorni qurmoqda.
Şu jihati bilan telekom boşqa köplab ekotizimlardan farq qiladi. Marketpleys xaridorga krossovka uçun pul tölaşni osonlaştiriş maqsadida tölov tizimini yaratişga majbur bölgan. Operator esa raqamli hayotning zamirida allaqaçon mavjud bölgan infratuzilmadan iş boşlaydi va uning ustiga quriş mumkin bölgan imkoniyatlarni bosqiçma-bosqiç kengaytirib boradi. Bu jarayonda aloqaning özi heç qayerga yöqolmaydi. Aksinça, atrofimizdagi narsalar qançalik raqamlaşgani sari, foydalanuvçi deyarli sezmaydigan jihatlar – tarmoq, ma’lumotlarni saqlaş, hisoblaş quvvatlari va ularning uzluksiz işlaşi şunçalik muhim ahamiyat kasb etadi.
“Barçasi birda”dan keyin-çi?
Biroq bu universallik poygasining ham aniq bir çegarasi bor. Ilovaga çeksiz yangi tugmalar qöşib, ularning har biri foydalanuvçi hayotini qulayroq qiladi, deb bölmaydi. Öşa maşhur “ilovalardan çarçaş” hodisasi ham şuni körsatadiki, odamga yuzlab raqamli xizmatlarning özi kerak emas. Unga paydo bölgan ehtiyoj va uning yeçimi orasida imkon qadar kam harakat qiliş muhim.
Şu bois, keyingi bosqiç, aftidan, xizmatlar soniga emas, balki ularning birgalikda qançalik sezdirmay işlaşiga boğliq böladi. Sun’iy intellekt bu ötişni yanada tezlaştiradi: endi odam kerakli ilova, bölim yoki funksiyani qidiriş örniga, köpinça vazifani aytişi kifoya qiladi va tizimning özi buning uçun qanday vositalar zarurligini aniqlay oladi. Natijada qiziq bir paradoks yuzaga keladi: texnologik tizim qançalik murakkablaşsa, u inson uçun şunçalik sodda körinişi kerak.
Ehtimol, bir neça yildan keyin bankning aviaçipta sotayotgani, marketpleysning xaridlarni moliyalaştirayotgani yoki operatorning maşinani quvvatlantirişga yordam berayotgani bizni umuman ajablantirmay qöyadi. Biznes bozorni uzoq vaqt telekom, fintex, e-commerce va yana önlab boşqa sohalarga ajratişda davom etadi. Ammo odam uçun alohida biron-bir soha mavjud emas. Uning uçun hal qilinişi kerak bölgan vazifa bor.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi