Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan “Konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni soliqqa tortiş va hisobini yuritiş tizimini soddalaştiriş töğrisida” qaror loyihasi böyiça jamoatçilik muhokamasi yakunlandi.

Mazkur loyiha sönggi yillarda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan hujjatlar orasida eng köp körilganlardan (16 mingga yaqin) biri bölib, muhokama natijalari böyiça loyiha yuzasidan 130 ta taklif va mulohazalar kelib tuşdi.

Tahlillarga asosan 2024 yil uçun 2 020 nafar xonanda soliq deklaratsiyasi taqdim qilgan bölib, ularga jami 1,1 mlrd söm daromad soliği hisoblangan bölsa (örtaça bir nafar xonandaga yiliga 544,5 ming söm), 2025 yil uçun 305 nafar xonanda soliq deklaratsiyasi taqdim etib, ularga 154 mln. söm daromad soliği hisoblangan (örtaça bir nafar xonandaga yiliga 505,6 ming söm).

Qayd etilişiça, mazkur qaror loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar, şu jumladan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Raqobat qömitasi hamda Soliq qömitasi bilan kelişilgandan söng jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.

Adliya vazirligi barça taklif va mulohazalar atrofliça örganib çiqilişi, natijasi böyiça loyihani takomillaştirib, yuqori turuvçi idoralarga kiritilişini ma’lum qildi.

Avvalroq Özbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova xonandalarning soliq tölaşi kerakligi haqidagi qaror loyihasiga öz munosabatini bildirgandi.