Özbekistonda pulning yana bir yangi şakli - raqamli sömni joriy etiş masalasi muhokama qilinmoqda. Bu oddiy bank kartasidagi yoki mobil ilovadagi elektron puldan farq qiladi. Çunki gap şunçaki mavjud sömni raqamlaştiriş haqida emas, balki Markaziy bank tomonidan çiqariladigan raqamli valyuta haqida bormoqda.
Raqamli söm bu - Markaziy bank çiqaradigan sömning raqamli körinişi, yaʼni pul öşa pul. Faqat undan foydalaniş va uni boşqariş imkoniyatlari raqamli tizim orqali amalga oşiriladi.
Markaziy bank 2026–2030-yillarga möljallangan moliyaviy texnologiyalarni rivojlantiriş milliy strategiyasini eʼlon qildi. Unda raqamli sömni amaliyotda sinab köriş rejasi örin olgan.
Lekin bu tizim ertadan barça fuqarolar foydalanadigan yangi tölov vositasiga aylanmaydi. Markaziy bank avvalo bunday tizim Özbekiston uçun qançalik zarur, uning iqtisodiy va texnologik samarasi qanday böladi, qanday xatarlar yuzaga kelişi mumkin, şularni örganadi.
24-sentabr kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Markaziy bank rasmiylari raqamli söm qanday işlaşi va u oddiy söm va bank kartalaridan amalda nimasi bilan farq qilişi, yaqin yillarda ötkaziladigan pilot loyihasi haqida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Raqamli söm qaysi yönalişlarda işlatilaşi mumkin?
Markaziy bank raisi örinbosari Nodirbek Saydullayevning aytişiça, raqamli sömning jismoniy şaxslar uçun tölovlarda qöllanişi hozirça asosiy yönaliş sifatida körilmayapti.
Unga köra, Özbekistonda fuqarolar örtasidagi naqdsiz tölovlar uçun allaqaçon yetarliça rivojlangan infratuzilma mavjud. Xususan, mamlakatda Humo va Uzcard kabi milliy tölov tizimlari, şuningdek, banklar va tölov taşkilotlarining mobil ilovalari işlamoqda.
Markaziy bank raisi örinbosari raqamli sömning boşqa bir ehtimoliy qöllaniş sohasi ulgurji savdo va taşkilotlar örtasidagi hisob-kitoblar bölişi mumkinligini ham taʼkidladi.
“Juda ham köp hollarda, agar kuzatsangiz, iqtisodiy sudlarda taşkilotlar örtasida bajarilgan işlar va yetkazilgan tovarlar uçun vaqtida olinmagan mablağlar böladi. Bu, demak, ulgurji savdo bilan şuğullanadigan taşkilotlar uçun ham qöl keladi”, - dedi u.

















