Vengriyada 24 yoşli erkak Kaloça şahridagi aerodromdan Cessna-172 yengil samolyotini olib qoçdi va «Pakş» AES ustidagi taqiqlangan hududda xavfli manyovrlarni amalga oşirdi, deb yozadi HVG naşri.

Vengriya Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga köra, mudofaa kuçlari radarlari nomaʼlum havo obyektini darhol aniqlagan. Vaziyat samolyot AES ustidagi havo hududi çeklangan zonaga kirgani sababli yanada murakkablaşgan. Xavfsizlik qoidalariga köra, atom elektr stansiyasidan 3 kilometr radiusda va 6000 metrgaça bölgan balandlikda faqat harbiy havo kemalari uçişiga ruxsat berilgan.

Mudofaa vaziri Romuluş Ruşin-Sendi qoidabuzarni tutiş uçun ikkita Gripen qiruvçi samolyoti havoga kötarilganini tasdiqladi.

Qiruvçi samolyotlar tomonidan taʼqib qilingan samolyot Geren qişloği yaqinidagi dalaga qulagan. Hodisa joyiga öt öçiruvçilar va qutqaruv vertolyoti çaqirilgan. Uçuvçi jarohatlanmagan, boşqa jabrlanganlar haqida ham maʼlumot berilmagan.

Politsiyaning aniqlaşiça, samolyot qulaganidan keyin erkak kabinadan çiqib, trassa böylab yura boşlagan. Yöldan ötib ketayotgan avtomobilçi unga yordam beriş uçun töxtaganida u maşinani ham olib qoçişga uringan, ammo buning uddasidan çiqa olmagan.

Keyinçalik naşr qoidabuzar qölga olinganini xabar qildi. Uning mast holda bölgani aniqlangan.

«Pakş» AES Vengriyada hozirda işlab turgan yagona atom elektr stansiyasi hisoblanadi.