Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Ostona şahrida ŞHT Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etdi.

Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jömart Töqayev raisligida ötgan tadbirda Aleksandr Lukaşenko, Eron prezidenti vazifasini bajaruvçi Muhammad Muxbir, XXR raisi Si Jinping, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif, RF prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Hindiston taşqi işlar vaziri Subramanyam Jayşankar, şuningdek, Şanhay Hamkorlik Taşkiloti boş kotibi Çjan Min va ŞHT Mintaqaviy aksliterror tuzilmasi ijroiya qömitasi direktori Ruslan Mirzayev qatnaşdi.

Kun tartibiga muvofiq, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan oçiq fikr almaşildi, ŞHT doirasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekiston rahbari sammit iştirokçilarini qutlar ekan, Qozoğistonning ŞHTga raisligi natijalarini yuqori baholadi, şuningdek, Belarusni taşkilotga a’zo bölgani bilan samimiy tabrikladi.

Mamlakat yetakçisi uşbu sammit xalqaro vaziyat keskinlaşayotgan bir şaroitda ötayotganini qayd etdi.

Yangi vayronkor mojarolar paydo bölmoqda, global va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xatarlar kuçayib bormoqda. Bu davlatlar örtasida özaro işonç kamayayotgan, qarama-qarşilik va raqobat ortişi natijasida geosiyosiy keskinlik tobora ösayotgan vaziyatda keçmoqda.

- Bunday murakkab vaziyatda ŞHTning asosi bölgan tamoyillarga sodiqligimizni saqlaş va yanada mustahkamlaş favqulodda muhimdir. Ana şu tamoyillar tufayli taşkilot bugungi yutuqlarga erişdi, xalqaro masalalarda yuksak nufuz va barqarorlaştiruvçi öringa ega böldi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şu nuqtayi nazardan, prezident "Şanxay ruhi"ning asosiy tamoyillariga - özaro işonç va manfaatdorlik, tenglik, madaniyatlar rang-barangligiga hurmat, bloklardan xoli maqomni saqlab qoliş, qarorlar qabul qilişda konsensus prinsipiga qat’iy amal qilişni davom ettirişga çaqirdi.

Özbekiston prezidenti bugungi voqelikda ŞHT hamjihatligi zaiflaşişiga yöl qöymaslik muhimligini ta’kidladi. "Biz “ŞHT oilasi” jipsligini kuçaytirişimiz, birgalikda rivojlaniş tamoyilini hayotga izçil tatbiq etib, oçilayotgan yangi imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanişimiz zarur", dedi Şavkat Mirziyoyev.