«Biz energiya sulhiga tayyormiz, lekin bu Ukraina uçun nimani anglatişini tuşunişimiz kerak. Putin uçun energetika - bu neft va gaz sotişdir. Biz uçun energetika - bu xalqimiz uçun elektr va gazdir» - dedi Zelenskiy CBS News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning sözlariga köra, Kiyevdagi muzokaralarda AQŞ prezidentining maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner energetika obyektlariga zarba berişni töxtatiş masalasini kötargan. Xususan, ular Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga (NQIZ) zarba bermaslikni taklif qilgan.

Zelenskiy, şuningdek, bundan taşqari, don eksporti blokadasi masalasini hal qiliş zarurligini taʼkidladi, çunki Ukraina taxminan 30 million tonna, Rossiya esa 70 million tonna qişloq xöjaligi mahsulotlarini sotişi kerak.

«Hatto uruş paytida ham vaziyatni yumşatiş uçun maʼlum imkoniyatlarni topiş mumkin. Agar siz muzokaralar olib borayotgan bölsangiz, bu uruşni tugatiş uçun yaxşi niyat yoki siyosiy irodani namoyiş etayotganingizni anglatadi» - deb taʼkidladi Zelenskiy.

Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya bir-birining energetika obyektlariga zarba bermaslikka kelişib olganini maʼlum qilgan edi. Uning taʼkidlaşiça, Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga qilingan hujumlar jahon bozorida dizel yoqilğisi va boşqa neft mahsulotlari tanqisligiga olib kelgan.

Kreml energetika sulhini «yaxşi ğoya» deb atadi, biroq NQIZ xavfsiz işlaşini taʼminlaş va neft mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş taqçillikni bartaraf etişga yordam bermasligini taʼkidladi.

«Asosiy muammo neft mahsulotlarini jahon bozorlariga olib çiqiş bilan boğliq» - dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Uning aniqlik kiritişiça, gap Ukrainaning tankerlarga bergan zarbalari va xalqaro sanksiyalar haqida bormoqda.