Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkent şahrida Zamonaviy sanʼat markazi oçilişida iştirok etdi.

“Toşkentda Zamonaviy sanʼat markazining (“CCA Tashkent”) oçiliş marosimi böldi. Uşbu dargohda körgazma zallari, kutubxona, konsept-stor, taʼlim maydonlari hamda uçraşuv va tadqiqotlar uçun möljallangan jamoat hududlari örin olgan. Qamrovining bu qadar kengligi uni butun Markaziy Osiyo mintaqasida şu turdagi birinçi raqamli majmua darajasiga olib çiqmoqda”, deb yozdi u öz telegram-kanalida.

Yangi madaniy klaster 1912-yilda qad rostlagan sobiq dizel elektr stansiyasining tarixiy binosida joylaşgan bölib, inşootning meʼmoriy transformatsiyasi dunyoga maşhur “Studio KO” byurosi tomonidan amalga oşirilgan. Bu yerda körgazmalar, ilmiy izlaniş jarayonlari, maʼruzalar, oçiq muloqotlar, film namoyişlari, konsert va performanslar muntazam ötkazib boriladi.
“Mamlakatimizda yana bir şunday nufuzli, zamonaviy maydonning vujudga kelgani alohida ahamiyatga ega. “CCA Tashkent” ijodkorlar, kuratorlar va xalqaro taşkilotlar bilan yaqindan hamkorlik örnatib, özbekistonlik isteʼdod egalarining yangi auditoriyaga çiqişi hamda xorijiy sahnalarda munosib eʼtirof topişiga zamin yaratadi.
Mazkur loyiha Prezidentimizning taşabbuslari hamda Özbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasining katta saʼy-harakatlari natijasida röyobga çiqdi”, deya fikr bildirgan Saida Mirziyoyeva.
















