Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, Yangi avlod mahallasida istiqomat qiluvçi Irodaxon va Abbosjon Mamatqulovlar oilasida uç egizak dunyoga keldi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi. 

Guliston şahri tibbiyot birlaşmasi tuğuruq bölimida tuğilgan gödaklarning uçalasi ham öğil. Kattasining vazni 2,63 kg, örtançasiniki 2,87 kg va kiçigining vazni 2,7 kg. 

«Çaqaloqlarning ham, onaning ham salomatligi yaxşi. Ular tuğuruq bölimi akuşer-ginekologlari nazoratida», deyiladi xabarda.