2027/2028 öquv yilidan boşlab Toşkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamşiralar akademiyasi negizida AQŞning Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Ilğor tibbiy hamrohlik maktabi taşkil etiladi.
“Oliy hamşiralik işi” bakalavriat taʼlim yönalişi “Oliy tibbiy hamrohlik işi” yönalişiga özgartirilib, bitiruvçi ayollarga “hamşira”, erkaklarga esa “tibbiyot oğasi” kvalifikatsiyasi beriladi.
Bakalavriatga qabul har yili kamida 20 foizga oşirib boriladi, taʼlim esa yetakçi xorijiy OTMlari bilan qöşma dasturlar asosida, ularning öquv dasturlarining kamida 70 foizini özlaştirgan holda taşkil etiladi.
Bakalavriatni tamomlagan hamşira va tibbiyot oğalariga har oy mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 1 baravari, magistraturani tamomlaganlarga esa 2 baravari miqdorida ustama tölanadi.








