Prezident Şavkat Mirziyoyev 9-sentabr kuni «Aholini şovqinning zararli taʼsiridan himoya qiliş töğrisida»gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonunga köra, fuqarolarning osoyiştaligi va normal dam olişini buzadigan, şovqinning yöl qöyiladigan darajasidan yuqori bölgan tovuşlarga çeklov belgilanadi. Bunday şovqinlarga turar joylarda maişiy faoliyat, quriliş maydonlaridagi işlar, quriliş texnikasi va transport vositalari, şuningdek turli transportlarning harakati natijasida yuzaga keladigan şovqinlar kiradi.
Belgilangan tartibga köra, iş kunlari soat 23:00 dan 07:00 gaça, dam oliş va işlanmaydigan bayram kunlari esa 22:00 dan 09:00 gaça şovqinning yöl qöyiladigan darajasidan ortiq tovuş çiqarib, fuqarolar osoyiştaligini buzişga yöl qöyilmaydi.
Şuningdek, şovqinning yöl qöyiladigan darajasi odamni sezilarli darajada bezovta qilmaydigan va inson organizmining funksional tizimlari hamda şovqinga sezgir aʼzolarida jiddiy özgarişlarga olib kelmaydigan daraja sifatida belgilangan. Uning aniq mezonlari sanitariya qoidalari va normalari asosida belgilanadi.
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi aholini şovqinning zararli taʼsiridan himoya qiliş sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Şovqinning zararli taʼsiri oqibatida yetkazilgan zarar uçun sud tartibida kompensatsiya undirilişi mumkin. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan boşlab uç oy ötgaç kuçga kiradi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston qonunçiligida tungi vaqtda maişiy şovqin çiqarganlik uçun javobgarlik belgilangan.
Tungi vaqtda fuqarolar tinçini buziş, yaʼni baland ovoz bilan qöşiq aytiş, musiqa çaliş, tovuş signallari beriş, xonadonlarda, turar joylarning yölaklari va eşiklarida, köçalarda ovozi baland qilib qöyilgan televizorlar, radiopriyomniklardan foydalaniş mumkin emas.
Şuningdek, magnitofonlar va ovoz çiqaruvçi boşqa apparaturalardan foydalaniş, turar joy binolarida va ulardan taşqarida juda zarur bölmagani holda şovqin çiqaruvçi işlar qiliş hamda maişiy şovqinga qarşi kuraş talablarini buziş maʼmuriy javobgarlikka sabab böladi.
Yuqorida keltirib ötirgan holatlarni sodir etganlik uçun fuqarolarga BHMning uçdan bir qismi (146 ming söm), mansabdor şaxslarga esa uçdan bir qismidan ikkidan bir qismigaça (146-220 ming söm) miqdorda jarima solinişi mumkin.













