24–26-oktabr kunlari barça hududlarda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bölib ötadi. Imtihonlarida amaldagi lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosidan foydalanilişi xabar qilindi.

Maʼlum qilinişiça, test materiallari amaldagi lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida tayyorlangan bölib, oçiq turdagi test topşiriqlarining javoblari va yozma işlar (esselar) ham amaldagi alifboda yozilişi lozim.

“Yangi alifboni joriy etiş töğrisidagi qonunda yangi alifbo olti oydan söng kuçga kirişi belgilangan. Şu sababli Agentlik tomonidan ötkaziladigan imtihonlarda yangi alifbodan emas, amaldagi alifbodan foydalaniladi”, deyiladi xabarda.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 21-oktabr kuni lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosidagi törtta harfni özgartiriş haqidagi qonunni imzolagandi.

Qonun quyidagi özgarişlarni nazarda tutadi:

O‘ o‘ → Ö ö

G‘ g‘ → Ğ ğ

Sh sh → Ş ş

Ch ch → Ç ç

ng harfi mustaqil harf sifatida alifbodan çiqariladi.

Tutuq belgisi alifboda saqlanib qoldi.