AQŞ prezidenti Donald Tramp agar noyabr oyida bölib ötadigan oraliq saylovlarda respublikaçilar Vakillar palatasi va Senat ustidan nazoratni saqlab qoladigan bölsa, AQŞning har bir voyaga yetgan fuqarosiga 5 ming dollardan tölaşga vaʼda berdi.
«Agar respublikaçilar Vakillar palatasi va AQŞ Senatini saqlab qolsa, bizning aql bovar qilmaydigan iqtisodiy muvaffaqiyatimiz tufayli... men Amerika Qöşma Ştatlarining har bir voyaga yetgan fuqarosiga 5 ming dollar miqdorida dividend tölayman», – degan prezident Respublikaçilar partiyasining Texas ştati Dallas şahrida ötgan qurultoyida.
U buni «muvaffaqiyatli kompaniyalarning investorlarga dividend tölaşi»ga öxşatgan.
«Yagona çeklov şundaki, dividendlar AQŞda sarflanişi kerak. Biz pullarni Kanadaga borib sarflaşingizni xohlamaymiz. Biz sizning Xitoyga, Germaniyaga borişingizni istamaymiz... Siz pullarni AQŞda sarflaşingiz kerak», – deya qöşimça qildi Tramp.
Qayd etiş kerakki, bu tarixda AQŞ prezidenti saylovçilar ovozini jalb qiliş kampaniyasi doirasida amerikaliklarga bunday tölovlar vaʼda qilayotgan birinçi holatdir.
Bundan taşqari, bu mablağlarni aynan kim yönaltirişi, Amerika hukumati ularning qanday sarflanişini qay tarzda nazorat qilişi va umuman, bunday tölovlar qançalik qonuniy ekani ham nomaʼlumligiça qolmoqda.
Tramp köpinça mitinglar paytida eʼtiborni jalb qiliş uçun juda ğayrioddiy ğoyalarni ilgari surişi maʼlum.
2025-yilda AQŞning baloğatga yetgan aholisi soni 267 mln kişi atrofida bölgan. Bu şuni anglatadiki, ularning barçasiga «Trampning 5 ming dollarlik dividendlari»ni tölaş uçun jami 1,34 trln dollar kerak böladi (lekin Amerika aholisining barçasi ham Amerika fuqarolari emas).
Hozirda Demokratik partiya aksar sörovlarda yetakçilik qilmoqda va Vakillar palatasi va hatto Senatni nazorat qiliş uçun yaxşi imkoniyatga ega.
Tramp AQŞ tarixida prezident partiyasi oraliq saylovlarda mağlub bölişi köp uçraganini eslagan. «Biz buni özgartirişimiz kerak», – degan u va amerikaliklarni «byulletenda Tramp ismi körsatilgandek» ovoz berişga çaqirgan.
Texasdagi çiqişi çoğida Tramp noyabr oyida Respublikaçilar partiyasi mağlubiyatga uçraşi – amerikaliklar «çegaralarni yöqotişi, soliqlar kamayişidan mahrum bölişi va xavfsizligini boy berişi»ni anglatişini aytgan. «Sizni yana ikki yil avvalgidek dahşatli dözax kutadi», – deya qöşimça qiladi AQŞ prezidenti. U AQŞ «butun dunyo uçun masxara bölgani», ammo hozir heç kim uning ustidan kulmayotganini taʼkidlagan.









