Çangan’ni içkaridan köriş

Yönalişning asosiy nuqtasi Changan raqamli zavodi böldi. Mehmonlar akkumulyator batareyalari va yiğuv sexida bölib, avtomobillarni işlab çiqariş bosqiçlari, elektromobillar va gibrid modellar, kompaniyaning zamonaviy texnologiyalari va yangi işlanmalari bilan tanişdilar.

Changan raqamli zavodi 77 gektar hududni egallaydi, binolar maydoni esa 410 ming kv metrga yetadi. Işlab çiqariş majmuasi oltita jarayonni birlaştiradi - ştamplaş, payvandlaş, quyiş, böyaş, akkumulyator modullari va batareya bloklarini işlab çiqariş, şuningdek, yakuniy yiğuv bosqiçi. Korxonada 400 dan ortiq robot va 800 ta intellektual uskunadan foydalaniladi.

Çangan’ning alohida yönalişi - avtomobil texnologiyalarini tadqiq qiliş va sinovdan ötkaziş. Kompaniyaning global R&D tarmoği 31 mamlakat va mintaqadan 24 ming nafardan ortiq muhandisni birlaştiradi, Çunsinda esa Global tadqiqot markazi va SDA Lab faoliyat yuritadi. Sönggisi avtomobillarning elektronikasi va dasturiy taʼminotini sinovdan ötkaziş bilan şuğullanadi, jumladan, boşqaruv tizimlari, şassi, kuç qurilmalari va ulangan servis xizmatlari.

SDA Lab 1500 dan ortiq sinov uskunasiga ega bölib, sutka davomida masofadan turib testlar ötkaziş imkonini beradi. Virtual muhitda kundalik modellaştiriş hajmi 3,3 million kilometrdan oşadi. Bu avtomobil tizimlarining turli yöl ssenariylarida işlaşini amalda yöllarda sinovdan ötkazişdan oldin ham tekşirişga yordam beradi.

Zavodda iştirokçilar UNI-E, yangi Changan avtomobili va brendning boşqa modellari, ularning boşqaruv xususiyatlari hamda qöllanadigan texnologik yeçimlar bilan batafsil tanişdilar. Changan mutaxassislari modellarning öziga xos jihatlarini oçib berdilar va mehmonlarning savollariga javob berdilar.

Changan avtomobilining kraş-testi dasturning alohida qismi böldi. Iştirokçilar sinovni jonli ravişda kuzatdilar va töqnaşuvdan söng avtomobil holati hamda salondagi insonlarning himoya darajasi qanday baholanişini kördilar.

Sinov 14 ming kvadrat metr maydonga ega laboratoriyada ötkazildi. Bu yerda yiliga 4200 ga yaqin sinov - avtomobillarning töliq ölçamli töqnaşuvlaridan tortib, alohida tarkibiy qismlarni sinovdan ötkazişgaça bölgan jarayonlar amalga oşiriladi. Ikkita maxsus trassa uç tonnagaça bölgan transport vositasini soatiga 100 kilometrgaça tezlatiş imkonini beradi.

Çunsinni tomoşa qiliş

Yangi Changan avtomobili bilan tanişuv Çunsin böylab «8D - sehrli şahar» maxsus yönalişida davom etdi. Safar iştirokçilarga modelning qulayligi va şahar şaroitida harakatlaniş xususiyatlarini baholaş imkonini berdi.