«Men uchun bu sayohat orzumning roʻyobga chiqishi boʻldi - Parijga borish istagi menda anchadan beri bor edi. Changan brendi bilan yaqindan tanishish, uning yangi modellari va koʻrgazmada namoyish etilgan boshqa avtomobillarni koʻrish men uchun ayniqsa qadrli boʻldi.

Koʻplab yorqin taassurotlarga ega boʻldim, qiziqarli insonlar bilan tanishdim va koʻplab yangiliklarni bilib oldim. Changan va tashkilotchilarga ushbu tajriba, boy dastur hamda bunday tadbirning bir qismi boʻlish imkoniyati uchun juda minnatdorman».

Foto: Changan

Ozoda Joʻrabekova

Mondial de l’Auto koʻrgazmasi butun dunyo avtomobil ishlab chiqaruvchilarini bir joyga toʻpladi. Oʻzbekistonlik ishtirokchilar Changan’ning eng soʻnggi ishlanmalarini koʻplab bozorlarda paydo boʻlishidan avval koʻrish va brend avtomobillari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.

«Qibraydan Parijgacha boʻlgan safar yaqin-yaqingacha men uchun tasavvur qilish qiyin boʻlgan voqea edi. Bir kun kelib dunyodagi eng yirik avtomobil koʻrgazmalaridan biriga borib, zamonaviy texnologiyalar va kelajak avtomobillarini oʻz koʻzim bilan koʻraman deb oʻylamaganman.

Changan stendi ayniqsa yodimda qoldi. U zamonaviy dizayni, oʻziga xos muhiti va mayda jihatlarga boʻlgan eʼtibori bilan ajralib turdi. Bu safar menga yorqin taassurotlar, qimmatli tajriba va olgʻa intilish uchun yanada koʻproq motivatsiya berdi. Ishonch bildirgani va bunday imkoniyatni taqdim etgani uchun Changan Uzbekistan hamda tashkilotchilarga katta minnatdorlik bildiraman».

Foto: Changan

Javlon Abdukamolov

Brendning asosiy premyeralaridan biri Changan Nevo modellar turkumining Yevropadagi debyuti boʻldi. Ushbu turkum modellarining Yevropa bozoriga chiqishi 2027-yilning I choragiga rejalashtirilgan. Oʻzbekistonda esa Changan UNI-E elektr krossoverini brendning rasmiy dilerlik markazlaridan xarid qilish mumkin.

«Changan, Deepal, Avatr va Nevo avtomobillarini bir joyda koʻrish men uchun ayniqsa qiziq boʻldi. Har bir yoʻnalish oʻziga xos xarakter va vizual uslubga ega. Shu bilan birga, yagona yirik avtomobil ekotizimi doirasida modellar naqadar turlicha boʻlishi mumkinligini ham yaqqol koʻrish mumkin.