Farğona viloyatida suyultirilgan gaz ta’minotidagi uzoq keçikişlar hamon davom etmoqda. Kun.uz'ga Bağdod tumani Qirqvolida qişloğidan murojaat kelib tuşdi.
Murojaat videosida önlab odamlar – qişloq ahli suyultirilgan gaz ballonlarini uzun navbatga terib qöygan holda, propan ballonlarini olib keladigan yuk maşinasi kelişini kutayotganini köriş mumkin. Odamlarga bir kun oldin “ertaga gazballon keladi” deyilgan.
“2026-yil 18-avgust. Şom bölyapti, mana, Oy çiqdi. Ertalab soat 9 dan beri ötiribmiz, işimizni qilmay. [Suyultirilgan gaz oxirgi marta] 12-mayda kelgan. Mana, uç oydan ötib ketdi, gazballon yöq.
Deyarli 12 soatdan beri ötiribmiz. Ta’rifga til ojiz-da endi. Ilon Mask Marsga bir balolar quramiz deyapti, biz esa gazballon kutib ötiraveramiz. Yaxşi bölib ketadi, xudo xohlasa”, deydi murojaatçi.
Odamlar tuman gaz idorasiga borib, idora boşliğiga şikoyat qilgan. U jazirama issiq tufayli xavfsizlik yuzasidan soat 11:00 – 17:00 oraliğida gazballonlarni töldirişga çeklov qöyilganini aytib, keçikişni şu bilan izohlagan.
“[Gazballonlar taşuvçi] haydovçiga telefon qilib, bugun keladimi yo ertagami, şuni bizga uzil-kesil bilib bering”, – deyişgan bunga javoban qişloq odamlari.
Gaz idorasi rahbari esa haydovçi bugun keloladimi-yöqmi, özi ham bilmasligi, bu – Oltiariqdagi quyiş şoxobçasiga va u yerdagi navbatlarga boğliqligini aytgan.
Kun.uz uç hafta avval, iyul oyi oxirida Farğona viloyati Quva tumanida ham 100 kundan oşibdiki, suyultirilgan gazballon yetkazib berilmagani haqida reportaj e’lon qilgan edi. Köp ötmay aholi xonadonlariga propan ta’minotidagi uzoq keçikişlar butun respublikaga yoyilgani ma’lum bölgandi.
Öşanda Energetika vazirligi bu yönalişdagi mavjud muammolarni bosqiçma-bosqiç bartaraf etiş işlari olib borilayotganini bildirgan.













