15-sentabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Seul şahridagi qarorgohida Koreya Respublikasi boş vaziri Xan Son Suk bilan uçraşuv ötkazdi.

Muzokaralarda Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi alohida strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş masalalari körib çiqildi.

Xususan, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, zamonaviy texnologiyalarni jalb qiliş, şuningdek, transport va logistika sohalarida yangi loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar innovatsion-texnologik hamkorlikni çuqurlaştirişga ustuvor ahamiyat qaratdi.

Şuningdek, savdo, moliya va investitsiyalar, raqamli iqtisodiyot va kiberxavfsizlik yönalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Koreyaning ilğor texnologiyalari va Özbekistonning xomaşyo bazasidan foydalangan holda muhim minerallarni qayta işlaş sohasida qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan taşqari, transport va temiryöl infratuzilmasini rivojlantiriş hamda Özbekiston va Janubiy Koreya hududlari örtasida töğridan töğri aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.