Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov davlat rahbari Şavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga taşrifidan lavhalar bilan bölişib, safar samimiy uçraşuv va suhbatlarga boy bölganini qayd etdi.
Uning sözlariga köra, birinçi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» sammiti doirasida Şavkat Mirziyoyev mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qilgan.
«Samimiy tabassumlar va bemalol suhbatlar mamlakatlarimiz hamda ularning yetakçilari örtasidagi özaro işonçni yaqqol namoyon etadi», - dedi Asadov.
Prezidentning Koreya Respublikasining Özbekistondagi sobiq elçisi Li Uk Xyon bilan uçraşuvi ham alohida samimiy ruhda keçgan. Asadovning taʼkidlaşiça, suhbat davomida ötgan yillar hamda Özbekiston va Janubiy Koreya örtasidagi döstlikni mustahkamlaş yölida birgalikda amalga oşirilgan işlar yodga olingan.
Sammit arafasida yana bir eʼtiborli voqea yuz bergan. Şavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi Spikeri uçun koreys tiliga tarjima qilingan «Mirziyoyev doktrinasi» kitobiga dastxat yozib bergan. Prezident matbuot kotibi buni Yangi Özbekiston ğoyalari va islohotlariga bölgan qiziqişning ifodasi sifatida baholadi.
Asadov, şuningdek, Koreya tomoni Özbekiston prezidentining davlat taşrifiga alohida eʼtibor qaratganini maʼlum qildi. Xususan, Janubiy Koreyadagi eng baland bino - Lotte World Tower hamda Seul teleminorasida Özbekiston davlat bayroği tasvirlari namoyon etilgan.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyevning taşrifi şarafiga Özbekiston bayroği ranglaridagi dirijabl parvoz qilgan. Prezident qarorgohi oldidagi favvorada esa Özbekiston gerbi va bayroği tasvirlari aks ettirilgan.
«Bularning barçasida mezbonlarning samimiy mehmondöstligi va yuksak hurmati sezilib turardi. Seuldan iliq taassurotlar va döstligimizning istiqboli porloq ekaniga işonç bilan qaytdik», - deya yozdi Şerzod Asadov.












