17-sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi qarori [501-son] bilan pedagoglarning davlat oliy taʼlim taşkilotlariga öqişga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining tölov-kontrakt summasiga çegirma beriş tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

2026/2027 öquv yilidan boşlab har yili davlat oliy taʼlim taşkilotlariga öqişga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uçun tölov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida çegirma joriy etiladi.

Çegirma davlat oliy taʼlim taşkilotlarining bakalavriat bosqiçida kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.

Çegirma:

  • oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim taşkilotlarida;

  • Özbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim taşkilotlari va ularning filiallarida ;

  • qöşimça va tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida;

  • xorijiy hamkor OTMlarning qöşma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlarida;

  • nodavlat oliy taʼlim taşkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qöllanmaydi.

Pedagogning bir neça farzandi davlat OTMda tölov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bölsa, çegirma har bir farzand uçun alohida qöllanadi.

Pedagog farzandlari tölov-kontrakt şartnomasi oliş yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.

Arizani körib çiqiş jarayonida ariza beruvçining pedagog farzandi ekanligi «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali tasdiqlanganda, çegirma avtomatik tarzda qöllaniladi.

Arizalar masʼul taşkilot tomonidan 2 iş kuni mobaynida körib çiqiladi.

Pedagog farzandlariga mazkur çegirma öquv yili uçun bir marta qöllanadi.

Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan çiqarilgan taqdirda, keyingi öquv yilidan boşlab unga çegirma qöllaş töxtatiladi.