Yiğilişda Qoraqalpoğistonda 4 mln 300 ming gektar yaylov yeri borligi, şundan 2,5 mln gektaridan aholi daromadini oşiriş va çorvani köpaytiriş uçun yetarliça foydalanilmayotgani qayd etildi.

“Beruniy Agrostar” Qönğirot, Beruniy va Çimboyda aylanmadan çiqqan 2 ming gektar yerni tiklab, ozuqa yetiştirişga moslaştirmoqda. Kelasi yili yana 5 ming gektar özlaştiriladi. Bu 14 ming boş qoramol uçun ozuqa bazasi böladi.

Bözatovda ham 7,5 ming gektar yerni ozuqaga moslaştirişga 100 mlrd söm ajratiladi. Ozuqa yetiştirişga har gektar uçun 500 ming söm subsidiya beriş böyiça ön kunda qaror kiritiş topşirildi.

Misr tajribasini örganiş uçun 200 nafardan ziyod fermer, jumladan, qoraqalpoğistonlik 26 nafar fermer uşbu davlatga yuborilgan. Dastlabki bosqiçda Qoraqalpoğistonning 20 ming gektar maydonida Misr tajribasi yölga qöyiladi.

Çöl hududlarida ozuqa yetiştirişni köpaytiriş uçun Misrdan mutaxassislar va texnologiyalar jalb etiladi. Çorvaçilik uçun Osiyo taraqqiyot bankidan olinayotgan 60 mln dollar kredit va 8 mln dollar grant birinçi navbatda şu loyihaga yönaltiriladi.

Yiğilişda Qoraqalpoğistondagi 417 ming gektar ekin yerini suğorişga 5 mlrd 700 mln kub metr suv sarflanayotgani taʼkidlandi. Yöqotişlar 38 foizni – 2 mlrd 100 mln kub metrni taşkil etmoqda.

photo_2026-09-19_11-20-00

Törtköldagi “Yonboş” kanalidan yiliga ötadigan 115 mln kub metr suvning 44 millioni yöqotiladi. Kanal töliq betonlansa, yana 9 ming gektarga suv yetkaziş va 15 ming boş qoramol uçun ozuqa bazasini yaratiş mumkinligi qayd etildi.

Bözatovdagi “Erkindaryo” kanalining 8 kilometrini betonlaş hisobiga foydalaniladigan yer 3 ming gektarga köpayadi, 15 ming gektarda suv taʼminoti yaxşilanadi. 3 ta suv inşooti va 22 ta artezian quduq barpo etilişi yana 5 ming gektar ozuqa maydonini yaratiş imkonini beradi.

Uşbu işlarga jami 135 milliard söm ajratiş, ikki kanalni 1-martgaça betonlaş topşirildi. Törtköl va Bözatovda kelasi yil 17 ming gektarda ozuqa ekib, 2 ming odamni daromadli qiliş vazifasi belgilandi.

Suv obyektlarini modernizatsiya qiliş uçun Yaponiyadan 4,5 mln dollar grant jalb qilingani ijobiy tajriba sifatida qayd etildi. Kelasi yil bunday grantlarni 100 mln dollarga yetkaziş topşirildi.