Yaman husiylari 19-sentabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi «nozik» obyektlarga raketa va dronlar bilan hujum qilganini aytdi. Husiylar Ar-Riyodda aynan qaysi obyektlarni nişonga olganini aniqlaştirmadi. Bu eʼlondan bir neça soat avval şaharning boş aeroporti – Şoh Xolid yaqinida olov va ulkan tutun ustuni közga taşlangandi.
Reuters tarqatgan video va suratlarida hududda kötarilayotgan ulkan qora tutun ustuni aks etgan. Old tomonda aeroportga olib boruvçi avtomagistral, asosiy terminal binosi va boşqa inşootlar körinadi. Videoning bir örnida yoqilği sisternalarini eslatuvçi obyektlar ortidan kötarilayotgan olov tasvirga tuşgan.

AFP jurnalistining kuzatuviga köra, öt öçiruvçilar Şoh Xolid aeroporti yonidagi omborda «Aramco» logotipi tuşirilgan sisternadagi yonğinni öçirgan. Biroq Saudiya rasmiylari zarar hajmi böyiça heç qanday tuşuntiriş bermadi. FlightRadar24 aeroportda köplab reyslar bekor qilingan va keçiktirilganini maʼlum qildi. Keyinroq harakat asta-sekin tiklangan.

Şuningdek, husiylar Qizil dengiz böyidagi Yanbu şahrida joylaşgan «Aramco» obyektiga ham hujum qilganini maʼlum qildi. Ularning aytişiça, operatsiya Yaman poytaxti Sanoda amalga oşirilgan havo hujumiga javob sifatida uyuştirilgan.
Husiylarga köra, Saudiya sönggi bir hafta içida ular nazoratidagi hududlarga 300 ga yaqin, jumladan sönggi sutkada 26 ta zarba bergan.
Saudiyaning izohi
Saudiya Arabistoni boşçiligidagi harbiy koalitsiya şanba tongida havo mudofaasi kuçlari husiylar Ar-Riyodga uçirgan raketani yöq qilganini bildirdi.
Koalitsiya bayonotiga köra










