Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina dronlarining Moskvaga yopirilma hujumini qaytardi, deya maʼlum qildi şahar meri Sergey Sobyanin. Uning sözlariga köra, tunda jami 1600 dron hujum qilgan, şundan 450 tasi Moskvaga uçib kelayotganida urib tuşirilgan. «Misli körilmagan hujum saylovni buziş maqsadida rejalaştirilgan edi. Duşman bunga erişa olmadi», – deya qöşimça qilgan Sobyanin.
20-sentabr kuni – Rossiyada saylovlarning uçinçi kuni. Butun mamlakatda bölgani kabi Moskvada ham Davlat dumasi deputatlarini saylaşmoqda. Moskva oblastida hudud dumasi uçun ham saylovlar bölib ötmoqda. Moskva hukumati portalida şaharda saylovlarning uçinçi kuni «odatiy rejimda boşlangani» xabar qilingan.
Hujum oqibatlari haqida nimalar maʼlum:
Kapotnyadagi Moskva neftni qayta işlaş zavodidagi (MNPZ) obyekt şikastlangan. Guvohlar tomonidan olingan foto va videolarda korxona hududida yonğin çiqqani aks etgan. Bu zavod mamlakatdagi neftni qayta işlaş böyiça eng yirik korxonalar sirasiga kiradi. MNPZ – Moskva şahri va Moskva oblasti uçun asosiy yonilği yetkazib beruvçidir. Bu korxona oldin ham bir neça bor ukrain dronlari nişoniga aylangandi.
Astra naşri guvohlar olgan foto va videolarni örganib, uşbu zavodga zarbalardan biri Rossiyaning «Pansir» zenit-raketa kompleksi faoliyati natijasida berilganini taxmin qilgan.
Dronlardan biri Moskvadagi turar joyga kelib urilgan. Sobyanin manzilni aniqlaştirmagan, avvalroq u Orexev xiyoboni hududidagi bino zarbaga uçraganini xabar qilgandi.
Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobevning hisobotida 20-sentabr tongida havo hujumidan mudofaa tizimlari va radioelektron kuraş vositalari oblastning 17 ta okrugida ukrainlarning 249 ta droni zararsizlantirilgani maʼlum qilingan.
Vorobevning maʼlumotiga köra, ikki kişi halok bölgan (Orexovo-Zuyevskiy hamda Ramenskiy okrugida yaşovçilar), yana 20 ga yaqin kişi jarohat olgan. Jabrlanuvçilar orasida uç nafar bola ham bor. Jabrlanganlardan 15 nafari şifoxonaga yotqizilgan, yana olti nafariga voqea joyida tibbiy yordam körsatilgan.
Uning sözlariga köra, eng jiddiy oqibatlar Ramenskiy okrugida kuzatilgan. Şimoliy şosseda dron 21 qavatli turar joy binosi tomiga kelib urilgan va yonğin çiqqan. 400 kişi evakuatsiya qilingan. 20 ta avtomobil şikastlangan. Sofino qişloğida ukrainlar droni uç qavatli binoga urilişi oqibatida oltita kvartira şikastlangan.















