San-Fransiskoda «insonning robot-terminatorga qarşi ilk jangi” deb nomlangan voqea sodir böldi.
Bloger Frenki Lapenna böyi 183 santimetrli odamsimon robotga qarşi jang qildi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda robot blogerni bir zarba bilan yiqitgani aks etgan. Xabar qilinişiça, bir neçta oğir zarbalarni qabul qilgan blogerning qöli singan.
Uşbu jang REK (Robot Entertainment Kombat) kompaniyasi tomonidan taşkil etildi. Kompaniya robotlar jangini köngiloçar sport turi sifatida rivojlantiriş bilan şuğullanadi.
Taşqi körinişi maşhur “Terminator”ni eslatuvçi EngineAI T800 deb nomlangan uşbu robotning narxi 100 000 dollar atrofida. Qayd etilişiça, REK janglarida iştirok etuvçi robotlar avtonom emas, ular operator tomonidan boşqariladi.













