«Siti» yakkapeşqadamga aylandi, «Real» derbida yutqazdi. Kun öyinlari
|11:08 / 21.09.202617 31211 min
Abduqodir Husanov tuşmagan öyinda «Mançester Siti» «Sanderlend»ga 5 ta gol urdi, ammo 3 ta ötkazib yubordi. «Şaharliklar» bu ğalabadan keyin xalqaro tanaffusga turnir jadvali peşqadami sifatida yöl oldi. Madrid derbisi esa hakamlik mojarosiga aylandi. Yakşanba oqşomida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
Foto: Global Look PressFoto: Global Look Press
Angliya: Holand geştaltni yopdi, «MU» yana oçko yöqotdi
Enso Mareska APLda qatorasiga ikkinçi öyinda Abduqodir Husanovni zaxira örindiğida qoldirdi (özbekistonlik hujumçi hafta örtasida Liga kubogida «Norviç»ga qarşi öyinda boşlanğiç tarkibda tuşgandi), u işonç bildirgan himoya çiziği esa uçta gol ötkazib yubordi.
Öyin Enso Fernandesning «Mançester Siti» safidagi ilk goli bilan boşlandi. Argentinalik yarimhimoyaçining örnida aksar futbolçilar jarima zarbasidan klassik tarzda töpni şeriklariga yetkazib bergan bölardi, u esa töpni jonli devorni aylanib ötgan holda darvozabonning yaqin burçagiga yönaltirişga qaror qildi.
Ammo «Sanderlend» bu şedevrdan karaxt holatga tuşmadi va tezda Le Fening Brobbiga markaziy himoyaçilar orasidan ötkazib bergan pasi orqali muvozanatni tikladi. Bölim örtalaridan ötganda jamoalar yana bir martadan gol almaşişdi. «Şaharliklar» raqib jarima maydoni atrofida kuçli pressing uyuştirişi Şerkining goli bilan yakunlandi, «qora muşuklar» esa bunga Mene hujumga qöşilib, Brobbini böş darvoza qarşisiga çiqarişi bilan javob qaytarişdi.
Ammo birinçi bölim oxirida Enso Mareska şogirdlari hisobni baribir öz tomoniga oğdirişdi. Geyi töp uçun kuraşda yutib çiqqanidan Semenyo qulay vaziyatda turib darvoza törini «öqqa tutdi», biroz ötib Holand öyin taqdirini hal qilib qöyişi mumkin edi, ammo böş darvozani işğol eta olmadi.
Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda esa Donnarumma jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
Ikkinçi bölimda Semenyo dublni rasmiylaştirdi, ammo bu bilan öyin masalasi hal bölmadi, mehmonlar hujumçisi Brobbi bu golga ham javob qaytardi. Niderlandiyalik futbolçi Anguloning uzatmasidan keyin het-trikka erişdi. Mehmonlar hisobni tenglaştiriş uçun kuçli bosim uyuştirişdi va muntazam ravişda töpni raqib jarima maydoniga yetkazib turişdi. Şunday vaziyatlardan birida Donnarumma töpga çiqişda xatoga yöl qöydi va bu vaziyat Ruben Diaş töpni darvoza çiziği ustidan olib çiqişi bilan yakunlandi.
Mavzuga oid
Bu öyinning buriliş nuqtasiga aylandi va şundan keyin mehmonlarda hisobni tenglaştiriş uçun kuç tugay boşladi. Şunday vaziyatda Holand katta sahnaga çiqdi va öyinga nuqta qöydi. Erling bu golni ham nişonlamadi, holbuki «Sanderlend» APLda uşbu norvegiyalik hujumçi gol ura olmayotgan yagona jamoa bölib turgandi. Endi u ligada özi qarşi öynagan 25 jamoaning barçasiga gol urgan futbolçiga aylandi.
Asosiysi esa «Siti» «Arsenal»ning bu turda oçko yöqotişidan foydalanib, turnir jadvalida yakkapeşqadamga aylangani böldi: «şaharliklar» beş turdan keyin yuz foizlik natija qayd etgan holda xalqaro tanaffusga yöl oldi. Lekin Mareska şogirdlarini tanaffusdan keyin qiyin taqvim kutmoqda: jamoa APLdagi keyingi 5 öyinidan uçtasini «Liverpul», «Aston Villa» va «Nottinghem» kabi qiyin raqiblarga qarşi safarda ötkazadi.
Parallel ravişda Bornmutda keçgan uçraşuv Mançesterdagi öyin fonida ança zerikarli tus oldi. Ikki jamoa ham maydon markazida ustunlikka erişiş uçun yakkakuraşlarga eʼtibor qaratdi va golli vaziyatlar deyarli kuzatilmadi. Birinçi bölimdagi eng asosiy epizod Alisson yaqin burçakka ketayotgan töpni olib çiqişi böldi. Ikkinçi bölimda esa öng qanotda öynagan Gakponing saʼy-harakatlaridan keyin töp maydonda qoldi va yakunda qulay vaziyatda turgan Isakka yetib kelib, hisob oçildi. Mersisaydliklar ğalabali hisobni uşlab qolişdi va turnir jadvalida 6-öringa kötarilişdi.
«MU» mavsum startidagi beş öyinda törtinçi bor oçko yöqotdi. «Fulhem» maydonida keçgan öyinning birinçi bölimida hisob oçilmay qoldi, ikkinçi bölimda esa «qizil iblislar» himoyadan çiqişda xatoga yöl qöyişdi. Maynuning xato pasi raqib qarşi hujumiga sabab böldi. Lammens zarbadan keyin jamoasini qutqargandi, ammo töp Lisandro Martinesga tekkan holda darvoza töriga borib tuşdi. Mehmonlar faqat öyin oxirida şu kuni markaziy hujumçi pozitsiyasida tuşgan Mateus Kunyaning goli evaziga mağlubiyatdan qutulib qolişdi. Bunda mançesterliklarga ham omad kulib boqdi deyiş mumkin, şu kuni bir neça bor ajoyib seyvlar ijro etgan Leno bu vaziyatda ham qutqarişi mumkin edi, ammo töp himoyaçiga tekkan holda yönalişini özgartirib, darvoza töriga borib tuşdi.
«Yunayted» mağlubiyatdan qutulib qoldi, ammo jamoaning turnir jadvalidagi holati ayançli: Maykl Kerrik şogirdlari APLning beş turidan keyin atigi 5 oçkoga ega va öz tarixidagi eng yomon startni takrorlamoqda.
Madrid derbisi arafasida ikki jamoa boş murabbiylari tunneldan qalin döstlar kabi qöl uşlaşib çiqib kelişdi, ammo maydonda futbolçilar bir-biriga qarşi ayovsiz duşmanlardek munosabatda bölişdi.
Birinçi bölim davomida «Atletiko» futbolçilari naq 10-marta fol işlatişdi («Real» uçta fol bilan kifoyalangan). Bunday öyin uçun mezbonlar ozçilik bölib qolişi mumkin edi, ammo hakamlar avvaliga Kristian Romeroni, keyin esa Li Kan Inni keçirişdi.
Birinçi epizodda argentinalik himoyaçi butsasining ostki qismi bilan Jud Bellinghemning tizzasini bosib olgandi. Bu vaziyatda hakam Migel Anhel Ortis Aryas avvaliga ingliz futbolçisiga sariq kartoçka körsatdi, ammo VAR aralaşuvidan keyin bu kartoçka bekor qilinib, «Atletiko» futbolçisi ogohlantirildi.
«Real» futbolçisi esa qizil kutişgandi, lekin ular butun jamoa bölib hakamning qaroriga taʼsir körsata olişmadi.
Keyin esa Li Kan In Fede Valverdega qarşi qöpolligi uçun heç qanday kartoçka olmadi, holbuki u butsasining ostki qismi bilan raqibning töpiq sohasiga zarba bergandi.
Urugvaylik futbolçi hakamga yugurib borib, eʼtiroz bildirdi, ammo Ortis Aryas koreyalik futbolçini jazolaşni istamadi.
Ikkinçi bölim boşida esa arbitr «Real» darvozasiga penalti belgiladi, yetmaganiga Din Hausenga töğridan töğri qizil kartoçka ham körsatdi. Bu vaziyatda «Real» himoyaçisi jarima maydoniga yorib kirgan Juliano Simeoneni ortdan uşlab qolgandi va bu sönggi umid foli deb baholandi.
Aleksandr Grimaldo penaltini aniq ijro etib, hisobni oçdi. Mezbonlar bu bilan töxtaşmadi va öyin masalasini uzil-kesil hal qilib qöyiş uçun oldinga taşlanişdi. 59-daqiqada Simeone yerlatib uzatma berdi, Konate va Dumfris orasidagi böşliqdan yorib kirgan Jonatan Devid esa darvozabonga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Alvaresdan asosiy tarkibni olib qöygan uşbu kanadalik hujumçi qatorasiga uçinçi turda gol urmoqda.
«Atletiko» son jihatdan ustunlikdan foydalanib, hisobni yirik körinişga keltirişi mumkin edi, ammo Kurtua bir neça bor muqarrar goldan qutqarib qoldi. Öyin oxirida esa mezbonlar biroz böşaşdi va mehmonlarda ham imkoniyatlar yuzaga kela boşladi. Avvaliga Diomande Oblakning huşyorligini sinovdan ötkazdi, keyingi epizodda esa Bernarduning jarima zarbasidan uzatgan pasini barçadan baland sakragan Ryudiger golga aylantirdi.
«Real» sönggi daqiqalarni şturm bilan ötkazdi, ammo «Atletiko» ğalabani qöldan çiqarmadi. «Real» tört yildan buyon la liga doirasida «Atletiko»ni «Metropolitano»da mağlub etolmayapti.
Endi «Barselona» «Real»dan olti oçkoga özib ketdi, ikkinçi örindagi «Atletiko»dan esa beş oçko köp töplagan. Kataloniyaliklar butun mavsum davomida hozirgidek benuqson öyin körsatişi dargumon, lekin startda yuzaga kelgan farq çempionlik masalasini hal qilib qöyişi mumkin.
«Betis»ni ikkinçi örindan bir neça daqiqa ajratib turgandi, ammo öyin oxirida Natan qulay imkoniyatdan foydalana olmadi va hisobdagi ustunlik mustahkamlanmadi. Keyin esa Manuel Pellegrini jamoasi himoyada xatoga yöl qöydi va Soriano töpni himoyaçilar ortiga oçilgan Vilyaresga taşlab berdi. Ğalabani qöldan çiqargan «Betis» «Real»dan bir oçko töplagan holda uçinçi örinda joylaşgan, ammo qöşimça körsatkiçlarga köra «Atletiko»ni oldinga ötkazib yuborgan.