Toşkentda bir qança tadbirkorlar elektr energiyasidagi uzilişlardan aziyat çekyapti. Kun.uz bilan boğlangan murojaatçilar sözlariga köra, ular Sergeli va Yangihayot bekatlari orasidagi yer usti metroning ostida yangi qurilgan binolarda iş boşlaşgan. Ammo qariyb ikki oydan beri ularga elektr muammosini hal qilib berişmayapti.

«Metro ostidagi binoni ijaraga olganmiz. Bu yerda «svet» muammo bölyapti. Qariyb 2 oydan beri uzilişlar tugagani yöq. Sergeli hokimiyatidan odamlar kelib, bir haftada muammoni hal qilib berişadi, deb ketişgandi. Bir oydan oşib ketdi, lekin heç qanaqa özgariş bölgani yöq. Yöq narsaga, şaroitga ijara puli tölayapmiz. Yana hojatxona muammosi ham bor», deydi tadbirkor.

Yana bir murojaatçi keçqurun odamlar köçaga çiqqanda işlolmayotgani, dökonlarning içi qoronğiligidan şikoyat qilyapti.

«Bu yerda dökonlar köp. Hamma kvadrat metriga qarab ijara puli tölaydi. Şaxsan men 500 dollar tölaşim kerak. Hozirgi kunda «svet» yöqligi uçun şu pulni qayerdan olsam ekan, deb ötiribman. Amaliy yordam körsatsangiz juda ham xursand bölardik», deydi tadbirkor.

Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritiş maqsadida «Hududiy elektr tarmoqlari» axborot xizmati bilan boğlandi.

«Quriliş firmasi dökonlarni qurayotganda vaqtinça ularga elektr energiyasi berib turilgan. Bunda taʼminot faqat quriliş işlari uçun amalga oşirilgan. Obyektlar bitganidan keyin quruvçi ularni bizga tayyor holda topşirişi kerak. Yaʼni quruvçi qança elektr taʼminoti kerakligini aniqlaştirib, infrastrukturani yaratib beriş kerak. Şu iş qilinmagan. Aholiga ajratilayotgan elektr energiyasidan ularga bera olmaymiz, tizim ortiqça bosimni kötarmaydi. Simlarni qanday va qayerdan ulaş muammosi ham bor. Bularning hammasini quriliş firmasi bilan gaplaşişimiz kerak», deyiladi rasmiy izohda.