Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mazkur koʻrsatkich 2010-2011 oʻquv yiliga nisbatan 52 867 nafarga oshgan. Oʻsha oʻquv yilida ushbu yosh toifasidagi talabalar soni 616 nafar boʻlgan.
2022-2023 oʻquv yilida 40 yosh va undan katta talabalar soni 20 mingdan oshgan boʻlsa, 2023/2024 oʻquv yilida 36 113 nafarga, 2024-2025 oʻquv yilida esa 44 022 nafarga yetgan.
Oʻquv yillari kesimida koʻrsatkichlar quyidagicha:
- 2010-2011 - 616 nafar;
- 2015-2016 - 170 nafar;
- 2016-2017 - 174 nafar;
- 2017-2018 - 2 142 nafar;
- 2018-2019 - 7 004 nafar;
- 2019-2020 - 9 751 nafar;
- 2020-2021 - 10 110 nafar;
- 2021-2022 - 10 531 nafar;
- 2022-2023 - 20 247 nafar;
- 2023-2024 - 36 113 nafar;
- 2024-2025 - 44 022 nafar;
- 2025-2026 - 53 483 nafar.
















