Toşkent viloyatida içimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxi oşiriladi. Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining tegişli qarori 16-sentabrda qabul qilingan. Yangi tariflar 3-oktabrdan kuçga kiradi.
«Toşkent viloyati suv taʼminoti» korxonasi tomonidan xizmat körsatiladigan aholi uçun bir kub metr suvning QQS bilan birgalikdagi narxi 19,2 foizga - 2912 sömdan 3472 sömgaça, oqova suv çiqariş xizmati esa 15,4 foizga - 1456 sömdan 1680 sömgaça kötariladi.
Byudjet taşkilotlari va boşqa yuridik şaxslar uçun bir kub metr içimlik suvi QQS bilan 16 800 sömdan 17 920 sömgaça (6,7 foizga), oqova suv xizmati esa 3360 sömdan 4480 sömgaça (33,3 foizga) qimmatlaşadi.
«Çimyon-Çorvoq magistral suv taʼminoti» tomonidan xizmat körsatiladigan hududlar uçun alohida tariflar belgilangan. Aholi uçun içimlik suvi QQS bilan 1680 sömdan 1904 sömgaça (13,3 foizga), oqova suv çiqariş xizmati esa 1288 sömdan 1512 sömgaça (17,4 foizga) oşadi.
Maʼlumot uçun, Toşkent viloyatida içimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxi oxirgi marta 2025-yil 1-iyulda qimmatlaşgandi.