Xitoy raisi Si Jinping çorşanba, 23-sentabr kuni AQŞga davlat taşrifi bilan yetib keldi. Xitoy Taşqi işlar vazirligi maʼlumotiga köra, safar 23–25-cyentabr kunlariga möljallangan. Davlat taşrifi diplomatik protokolning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Si Jinping 2015-yildan keyin ham AQŞga kelgan, biroq bu safarlar turli sammit va uçraşuvlar doirasida bölgan. Şu bois joriy safar uning sönggi 11 yil içida Vaşingtonga qilgan ilk davlat taşrifidir.

Xitoy raisining samolyoti Vaşington yaqinidagi Endryus qöşma harbiy bazasiga qöndi. Donald Tramp uni şaxsan samolyot oldida kutib oldi, holbuki AQŞ prezidenti xorijiy davlat rahbarlarini aeroportda deyarli heç qaçon qarşi olmaydi. Ayrim naşrlar bu borada may oyidagi taşrifni eslatmoqda. Öşanda Tramp Pekinga borganida Si Jinping aerodromga çiqmagandi.

Aeroportdagi marosim bilan taşrifning birinçi kuni yakunlandi. Asosiy tadbirlar esa AQŞ vaqti bilan 24-sentabr, payşanba kuni Oq uyda böladigan rasmiy kutib oliş marosimidan söng boşlanadi.

Sammitdan nima kutilmoqda?

Ikki yetakçi uçun bu taşrifning ahamiyati turliça. Reuters yozişiça, Tramp marosimlarni xuş köradi va qudratli yetakçilar bilan munosabatlarini qadrlaydi. Şuning uçun bu uçraşuv u uçun muhim diplomatik imkoniyat bölişi bilan birga milliy nufuz masalasi hamdir. AQŞ prezidenti may oyida Xitoyda öziga körsatilgan katta ehtiromga munosib javob qaytariş va Si Jinpingda yaxşi taassurot qoldirişni maqsad qilgan.

Pekin esa taşrifni ikki davlat munosabatlaridagi muhim bosqiç sifatida körsatmoqda. Xitoy Taşqi işlar vazirligi ikki davlat rahbarlarining olti oy içida uçraşuvlarini «tarixiy va buriliş ahamiyatiga ega voqea» deb baholadi. Si Jinping Vaşingtonga yetib kelgaç, Xinhua agentligi tarqatgan bayonotda uning özi munosabatlar yanada barqaror bölişiga umid bildirgan. U Pekin va Vaşington «raqib emas, hamkor» bölişi kerakligini, ikki davlatning tinç-totuv yaşaşidagi tarixiy mantiq esa özgarmaganini taʼkidladi.

2026-09-24 15.42.23

Bu dabdabali sammit ramziy jihatlarga boy, ammo mazmunan sayoz bölişi kutilmoqda, deb yozadi naşr. Şunga qaramay, ikki yetakçi ham çuqur raqobat fonida özaro barqaror munosabatlarni namoyiş etişga intiladi.