Nima uçun Toşkentdagi navigator odatdagidan köproq narsani bilişi mumkin?

Har qanday navigator marşrutni mavjud maʼlumotlar va taxminlar asosida tuzadi. Köçada maşinalar sekinlaşganini körib, u tirbandlik yuzaga kelgan, degan xulosaga keladi. Çorrahaning özida nima bölayotganini esa u bilmaydi - svetofor uning uçun xuddi uç kvartal narida turgan haydovçi uçun bölgani kabi körinmas obyekt hisoblanadi. Hamroh esa boşqaça işlaydi: u uşbu svetoforlarni boşqaradigan tizimga ulangan.

Toşkentda yöl infratuzilmasini raqamlaştiriş işlari olib borilmoqda. Harakatni boşqarişning yagona tizimiga 938 ta svetofor kontrolleridan 442 tasi, 2652 ta transport svetofori va 1326 ta ustun allaqaçon ulangan. Uskunalarning bir qismini butunlay almaştirişga töğri keladi: eski svetoforlar maʼlumot uzatişni ham, buyruqlarni qabul qilişni ham bilmaydi, ular şunçaki soniyalarni sanaydi, xolos.

photo_2026-09-25_08-46-44

Raqamli çorraha jadval böyiça emas, balki vaziyatga qarab işlaydi: tizim har bir yölakda neçta maşina turganini köradi va signallarni özi özgartiradi. Şuningdek, tizim şaharda sodir bölgan hodisani ertasi kungi hisobotda emas, balki u yuz berişi bilan darhol köriş imkonini beradi.

«Uşbu tizim real vaqt rejimida butun şahar böylab transport oqimlarini nazorat qiliş va optimallaştiriş, tirbandliklarning oldini oliş va şu orqali yöl harakatini boşqariş imkonini beradi. Masalan, jamoat transporti, tez yordam va öt öçiriş maşinalariga ustuvorlik bergan holda, mahalliy darajada maʼlum bir çorrahani nazorat qiliş mumkin», - dedi TelecomSoft direktori örinbosari Ramiz Mingazov.

Hamroh şunçaki tirbandliklarni emas, balki haqiqiy yöl vaziyatini - yöllardagi yuklama, yöl-transport hodisalari va svetoforlarning işlaş holatini körsatadi. Siz nafaqat qayerda harakatlaniş qiyinlaşganini, balki eng yaqin çorrahada yaşil çiroq yonişiga qança vaqt qolganini ham körasiz.

Bu biznes uçun nimani özgartiradi?

Katta avtoparkni qölda samarali nazorat qilib bölmaydi. Hamroh B2B kabineti barça maʼlumotlarni bir ekranda jamlaydi: qaysi maşinaga suğurta kerakligi, qaysi birining texnik körikdan ötiş vaqti kelgani, qanday tölovlarni amalga oşiriş kerakligi va hozir nimalarga eʼtibor qaratiş lozimligi. Bitta maşinadan tortib mingtagaça bölgan butun avtoparkni muddatlarni ötkazib yubormasdan va ortiqça xatolarsiz nazorat qiliş mumkin.