Özbekistonda pensiya tizimini özgartiriş taklif qilinmoqda. Bu boradagi hujjat loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Hujjatga köra, pensiyani hisoblaşda inobatga olinadigan iş haqi davri amaldagi beş yildan boşlab bosqiçma-bosqiç 20 yilga oşirilişi, pensiyaga keçroq çiqqanlarga yuqori pensiya tayinlaş kabi takliflar bor. Bundan taşqari, pensiya yoşini bosqiçma-bosqiç oşiriş közda tutilmoqda. Şuningdek, öz-özini band qilganlar majburiy ravişda ijtimoiy soliqni tölaydi va buning evaziga dekret va kasallik davri nafaqalarini olişi mumkin böladi. Yana bir yangilik, endi har bir kişi özining jamğarib boradigan pensiyasiga öz maoşidan 5 foizini ötkazib tursa, bu kelajakda ularga pensiyaga çiqişdan oldin bir baza bölib xizmat qiladi. Kun.uz ayni masalalarni Pensiya jamğarmasi masʼullari Sardor Fayzullayev va Abror Xolmatov bilan. muhokama qildi.

“Pensiya oluvçilar sonining köpayişi keyingi avlodga moliyaviy yuk böladi” 

Sardor Fayzullayev: Jamoatçilikning fikrini kuzatib, tahlil qilib turibmiz. Köpçilik islohot maqsadi faqat pensiya yoşini oşiriş degan fikrga kelyapti, lekin aslida bundan maqsad –  fuqarolarni keksalikda munosib pensiya bilan taʼminlaş, ularning uzoq işlaganiga yaraşa pensiya bilan beriş, ular tölagan ijtimoiy soliqqa pensiya miqdorini moslaştiriş hamda fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya tizimida iştirokini rağbatlantirişdir. Şu bilan birga  norasmiy sektorda işlaydigan fuqarolarni rasmiy sektorga ötkaziş orqali ularni pensiya tizimidagi qamrovini oşirişga qaratilgan takliflar ham bor.

Pensiya tizimida 2028-yildan boşlab pensiya yoşini har yili uç oydan oşiriş közda tutilyapti. Bunga asosiy sabab umr köriş davomiyligining uzaygani bilan boğliq. Bunda 3 ta tuşunça bor: pensiya,  umr köriş davomiyligi va pensiya oliş davri. Bular bitta tuşunça emas, lekin bir-birini töldiruvçidir. Umr köriş davomiyligi bugungi kunda 90-yilga nisbatan (aynan Pensiya töğrisidagi qonun qabul qilingan payt) pensiya yoşi 60-55 yoş qilib belgilangan. Şundan beri umr köriş davomiyligi özgardi. Bu “avlodlar hamjihatligi”ga asoslangan tizimda keyingi avlodlarga moliyaviy yuk ötişiga sabab böladi. Yaʼni soliştiriş uçun aytsak, 90-yillarda pensiya oliş davri erkaklarda beş yilni, ayollarda 15 yilni taşkil qilgan bölsa, bugungi kunda ayollarda 22 yilni, erkaklarda 13 yilni taşkil qiladi. Yaʼni pensiya oliş davri öz-özidan oşgan. Buni umr köriş davomiyligining oşganligi bilan izohlaşimiz mumkin. 

Bundan taşqari aholi tarkibida pensiya oluvçilarning uluşi ortib boradi. Bugungi kunda aholi tarkibida pensiya oluvçilarning uluşi 11 foizni taşkil qiladigan bölsa, 2040-yilga borib bu 15 foizga yetişi taxmin qilinyapti. Bu ham öz-özidan tizimning moliyaviy barqarorligiga taʼsir körsatadi.