Saida Mirziyoyeva BMT minbarida nutq sözladi
Haftaning asosiy siyosiy voqealaridan biri Nyu Yorkda röy berdi: BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasidagi umumsiyosiy munozaralarda bu yil Özbekiston nomidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva sözga çiqdi.
Özbek tilida yangragan nutqning asosiy yangiligi – Özbekiston BMT Xavfsizlik kengaşining 2035–2036-yillardagi doimiy bölmagan aʼzoligiga nomzodini qöygani böldi. Saida Mirziyoyeva, şuningdek, mamlakatimiz kelasi yildan Qöşilmaslik harakatiga raislik qilişini eslatib, keskinlik kuçaygan bir davrda bu harakatni muloqot maydoniga aylantiriş niyatini bildirdi.
Nutqda BMTning samaradorligi masalasiga alohida urğu berildi. “Bizga qarorlarni amalga oşirişga qodir BMT kerak”, – dedi Prezident Administratsiyasi rahbari.
Şuningdek, oliy minbardan Afğonistonga faqat tahdid manbai sifatida qaramaslik kerakligi, Orol fojiasi esa tabiiy ofat emas, uzoq yillik xato siyosat oqibati ekani haqidagi fikrlar ham yangradi.
Özbekiston mediasi va yutuberlari uçun yaxşi yangilik: YouTube monetizatsiyasi oçilişi mumkin.
Saida Mirziyoyeva 23-sentabrda Google vitse-prezidenti Karan Bxatiya bilan uçraşib, Özbekistonda YouTube monetizatsiyasini yölga qöyiş masalasini muhokama qildi. Eslatib ötamiz, YouTube 2021-yil mayidan beri özbekistonlik kontent mualliflariga daromad tölamaydi, Markaziy Osiyoda bu imkoniyat hozir faqat Qozoğistonda bor; ötgan yil dekabrida AQŞ elçisi Jonatan Henig bunga şaxsga doir maʼlumotlarni mahalliylaştiriş talabi va tölov tizimlaridagi çeklovlar tösqinlik qilayotganini aytgan edi. Uçraşuvda Saida Mirziyoyeva aynan şu sohalar – şaxsga doir maʼlumotlar va raqamli tölovlar böyiça qonunçilik yaqinda takomillaştirilganini taʼkidladi; Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisobiga köra, monetizatsiya oçilsa, 20 mingdan ortiq özbek videoblogeri yiliga 30–50 mln dollar qöşimça daromad olişi mumkin.
Suyultirilgan gaz narxi yana keskin oşdi
Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasining 17-sentabrdagi körsatmasi birja savdolarida suyultirilgan gazni sotiş narxining ösişiga qöyilgan çeklov bekor qilindi. Natijada 17–18-sentabr savdolarida bir tonna propanning ulgurji narxi 7 mln 412 ming sömdan 12 mln 217 ming sömga, yaʼni 64,8 foizga kötarildi. Narx birinçi kunning özida 60,6 foizga sakragan.
Işlab çiqaruvçi va importçilarning boşlanğiç taklifi tonnasiga 7,5 mln sömdan oşmasligi haqidagi talab kuçda qoldi, lekin endi savdo jarayonida narx yuqoriga çeklovsiz kötarilişi mumkin. Eʼtiborlisi, çeklov olib taşlangaç, birjada sotilgan gaz hajmi ham 666 tonnadan 1114 tonnaga – 67 foizga oşdi. Bu narx qatʼiy çeklangan şaroitda sotuvçilarning bir qismi gazni birjaga çiqarişdan tiyilib kelganini körsatişi mumkin. Boşqaça aytganda, tanqislik muammosi narx hisobidan hal qilinmoqda.
Birjadagi sakraş çakana narxga qanday taʼsir qilişi hali töliq maʼlum emas. Autostrada.uz naşri hisob-kitobiga köra, avgust oyida zapravkalarda propanning litri 8 800 sömgaça sotilgan bölsa, ulgurji narxlarning kötarilişi fonida çakana narx 11 400 sömdan past bölmasligi mumkin. Bu nafaqat propanda yuradigan avtomobillar egalariga, balki qiş arafasida tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda ovqat pişiriş va isitiş uçun ballondagi gazdan foydalanadigan xonadonlarga ham taʼsir qiladi.
Eslatib ötamiz, birjada propan narxiga çeklovlar 2024-yil noyabrda – bir tonna mahsulot narxi 10,1 mln sömdan oşib ketgaç joriy etilgandi. Joriy yil 12-yanvardan esa ruxsat etilgan ösiş 20 foizdan 10 foizga tuşirilgandi.
Sergeli metro liniyasi tagidagi tadbirkorlar “svet”siz qoldi
Elektr uzilişlari haqida gap ketganda, köpinça aholi xonadonlari nazarda tutiladi. Bu hafta esa Kun.uz Sergeli tumanidagi tadbirkorlarning muammosini yoritdi: ular yer usti metrosi ostidagi yangi binodan ijaraga olgan dökonlarida qariyb ikki oydan beri elektr energiyasisiz ötirişibdi.
Tadbirkorlarning aytişiça, dökonlar qoronği, savdo deyarli töxtagan, ijara haqini esa tölaşda davom etiş kerak. “Hozirgi kunda “svet” yöqligi uçun şu pulni qayerdan olsam ekan, deb ötiribman”, – deydi oyiga 500 dollar ijara tölaydigan tadbirkorlardan biri. Ularga dastlab muammo bir haftada hal etilişini vaʼda qilişgan, ammo oradan bir oydan oşiq vaqt ötdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ esa vaziyatni quruvçi taşkilot işni oxiriga yetkazmagani bilan izohlamoqda. Korxonaga köra, binoga berilgan vaqtinçalik elektr taʼminoti faqat quriliş işlari uçun möljallangan, obyektni foydalanişga topşirişdan oldin tegişli elektr infratuzilmasini yaratiş esa quruvçining majburiyati. Natijada elektr tarmoqlari va pudratçi örtasidagi masala hal bölmagunça, ijaraçi tadbirkorlar bu örtada qolib ketmoqda.
Qiziği, yer usti metrosi ostidagi maydonlarni biznesga beriş ğoyasi hozir keng tarğib qilinmoqda: iyul oyi boşida poytaxtni rivojlantirişga bağişlangan yiğilişda metro liniyalari ostida 400 ga yaqin yangi biznes obyekti, jumladan, Sergelidagi 8,5 kilometrlik uçastkada 137 ta obyekt taşkil etib, 1–1,5 ming iş örni yaratiş mumkinligi aytilgan edi. Lekin “svet”i yöq dökon na iş örni, na soliq beradi.
Hafta yakunida energetika tizimi yana bir sinovga duç keldi. 25-sentabr tongida Sirdaryo viloyatida EDF kompaniyasiga tegişli, ayni paytda sinov-sozlaş işlari olib borilayotgan 1600 MVt quvvatli yangi issiqlik elektr stansiyasi avariyaviy öçdi. Natijada respublikaning ayrim hududlarida qişloq xöjaligi suv nasoslari va xonadonlarda elektr taʼminotida uzilişlar kuzatildi. Keyinroq isteʼmolçilar bosqiçma-bosqiç qayta ulandi, masʼullar uzr söradi.
Şaharga yaşil hudud kerakmi yoki avtoturargoh?
Poytaxt markazidagi yana bir yaşil hudud taqdiridan jamoatçilik xavotirda. Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqovning 14-sentabrdagi qarori bilan Milliy kutubxona ortidagi – Hyatt Regency mehmonxonasi, Mustaqillik maydoni va Moliya vazirligi binosi oraliğidagi 1,3 gektarlik kökalamzor hudud pulli avtoturargoh taşkil etiş uçun auksionga çiqarilmoqda. Boşlanğiç narx – 514,2 mln söm: ğolib hududdan 10 yil foydalanadi va kamida 10 mlrd söm investitsiya kiritişi kerak.
Loyiha mualliflari mavjud daraxtlar saqlanişi, 1000 dan ortiq yangi daraxt va buta ekilişi, piyodalar va velosiped yölaklari barpo etilişini vaʼda qilmoqda. Rasmiylarga köra, maqsad – markazdagi maşinalar sonini köpaytiriş emas, mavjud oqimni tartibga soliş.
Biroq bu vaj köpçilikni işontirolmadi. Davletov.uz Telegram-kanali muallifi Qobil Xidirov loyihani “közni şamğalat qilişdan boşqa narsa emas” deb atadi, jurnalist Muhrim Aʼzamxöjayev esa bu qarorni “savolli” deb baholadi. Yana bir ekspertning fikriça, avtomobillar uçun joylar köpaygani bilan markazdagi yuklama kamayişi dargumon.
Eng eʼtiborlisi, loyihaga davlat idoralarining özi ham eʼtiroz bildirdi. Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi loyiha böyiça ekologik ekspertiza xulosasi yöqligini, daraxtlar va kökalamzor hududlarga taʼsir qiladigan heç qanday iş ekspertizasiz bajarilişi mumkin emasligini maʼlum qildi. Qömitaga köra, yangi köçatlar keksa daraxtlarning ekologik va iqlimiy ahamiyatini töliq örnini bosa olmaydi. Urbanizatsiya böyiça milliy qömita ham şahar markazidagi yaşil hududlarni qisqartirişni maqsadga muvofiq emas, deb hisoblamoqda.
Bu bahs prezident huzurida “Yaşil makon” loyihasi muhokama qilingan kunlarga töğri kelgani ham eʼtiborli. 21-sentabrdagi taqdimotda “3-30-300” tamoyili ilgari surildi: har bir inson uyi yoki iş joyidan kamida uçta daraxtni köra olişi, turar joy hududining 30 foizi daraxtlar soyasida bölişi va uydan 300 metr masofada yaşil dam oliş maskani bölişi kerak.
Eslatib ötamiz, avgust oyida poytaxt hokimi ilgari avtoturargoh uçun ajratilgan köplab yerlarda biznes markazlar qurilib ketganini tan olib, bunday xatolar takrorlanmasligini vaʼda qilgan edi. Endi esa turargoh muammosi şahar markazidagi yaşil hudud hisobidan hal qilinmoqçi.
Endi daraxtni tepsa qiz yoğilmaydi...
Özbekistonda öğil bolalar qizlarga nisbatan sezilarli darajada köp tuğilmoqda. Kun.uz oçiq maʼlumotlar asosida ötkazgan tahlilga köra, 2010–2025-yillarda mamlakatda 12 mln 487 ming çaqaloq dunyoga kelgan, şundan 6 mln 482 mingi öğil, 6 mln 4 mingi qiz. Yaʼni 16 yilda öğil bolalar 478 mingga köp tuğilgan: har 100 nafar qiz çaqaloqqa örtaça 108 nafar öğil bola töğri kelmoqda. Bu tafovut eng katta bölgan yil – 2018-yil (öğil bolalar 10,4 foiz köp tuğilgan), eng kiçigi – 2025-yil (7 foiz).
Hududlar kesimida farq Qaşqadaryo (8,98 foiz), Namangan (8,64 foiz) va Jizzaxda (8,33 foiz) eng yuqori, Qoraqalpoğistonda (6,76 foiz) esa eng past. Şaharlar orasida Ohangaron (16,4 foiz) va Bekobod (12,1 foiz) alohida ajralib turadi.
Qayd etiş kerak, tuğilişdagi tabiiy nisbat odatda har 100 qizga 104–106 öğil atrofida böladi. Özbekistonda körsatkiçning uzoq yillardan beri bu çegaradan yuqori saqlanib kelayotgani rasmiy izoh va çuqurroq tadqiqot talab qiladi: xalqaro amaliyotda bunday oğiş köpinça homilaning jinsini oldindan aniqlab, tanlab tuğiş holatlari bilan boğliq holda örganiladi.
Buning ustiga, tuğilişlar sonining özi ham kamaymoqda. Milliy statistika qömitasiga köra, 2025-yilda 879,6 ming çaqaloq tuğilgan – 2024-yilga nisbatan 46,8 mingta kam. Joriy yilning birinçi yarmida esa 373,4 ming çaqaloq dunyoga kelgan, bu ötgan yilning şu davridagidan 32,1 mingta (7,9 foiz) kam. “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti prognoziga köra, yil yakunida bu raqam 800 ming atrofida bölişi mumkin.
Demografik özgarişlar ötgan hafta muhokamaga qöyilgan pensiya islohoti loyihasida ham asosiy dalil sifatida keltirilgan edi: hozir har bir pensionerga atigi ikkita işlovçi töğri keladi, 2040-yilga borib esa pensionerlar uluşi aholining 11 foizidan 15 foiziga yetişi kutilmoqda. Tuğilişning pasayişi kelajakda bu nisbatni yanada oğirlaştirişi mumkin.
Harbiy idoralarda “rokirovka”
Harbiy sohada bu hafta bir qator kadrlar özgarişlari böldi. 22-sentabrda prezident farmonlari bilan mudofaa vazirining ikki yangi örinbosari tayinlandi. Şu paytgaça böş turgan qurol-yaroğ va harbiy-texnik taʼminot böyiça örinbosar lavozimini Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlik qöşinlari instituti boşliği bölib kelgan polkovnik Qahramon Zoidov egalladi.
Vazirlikda yangi joriy etilgan – korrupsiyaga qarşi komplayens va içki nazorat böyiça örinbosar lavozimiga esa bungaça harbiy prokurorning birinçi örinbosari bölib işlagan adliya polkovnigi Jahongir Muratov tayinlandi.
Şu kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mudofaa sanoati qömitasiga ham yangi rais – şu paytgaça Texnik jihatdan tartibga soliş agentligini boşqarib kelgan Akmal Jumanazarov tayinlandi. Qurol-yaroğ taʼminoti va korrupsiyaga qarşi nazorat böyiça alohida örinbosarlarning bir vaqtda tayinlangani esa eʼtiborga molik.
Eslatib ötamiz, avgust oxirida Mudofaa vazirligi Xitoydan olingan J-10CE qiruvçi samolyotlarini ilk bor namoyiş qilgan edi.
Qoraqalpoğiston va Andijonda yangi loyihalar
Prezident Şavkat Mirziyoyev hududlarga safarlarini davom ettirdi. Ötgan hafta oxirida Qoraqalpoğistonda bölgan davlat rahbari 23–24-sentabr kunlari Andijon viloyatiga taşrif buyurdi. Andijonda umumiy qiymati 9,4 mlrd dollar bölgan 206 ta loyihaga start berildi: ulardan 98 tasi (2,05 mlrd dollar) işga tuşirildi, 108 tasining (7,35 mlrd dollar) qurilişi boşlandi.
Qoraqalpoğistonda eʼlon qilingan 7,6 mlrd dollardan esa 592 mln dollari tayyor obyektlarga, qolgani xorijiy şeriklar bilan endi boşlanayotgan loyihalarga, jumladan Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi quradigan 1,5 gigavattlik şamol elektr stansiyasiga töğri keladi.
Boşqaça aytganda, bunday tadbirlarda yangraydigan mablağning asosiy qismi hali qurilişi endi boşlanayotgan loyihalarga tegişli – ularning haqiqiy samarasini esa yillar ötib köramiz.







