Bangkok şahrining bir neça tumani sönggi kunlarda odatda butun sentabr davomida böladigan yoğingarçilik miqdoriga teng yomğir yoğişi oqibatida suv ostida qoldi. Tailand poytaxtidagi asosiy kanallardan suv toşib çiqqan, şahar kanalizatsiya tizimi esa yuklamani kötara olmagan. Köçalarni suv bosişi oqibatida transport harakati töxtab qolgan, yuzaga kelgan vaziyat olti mingga yaqin kişini suv bosgan uylardan boşpanalarga köçib ötişga majbur qilgan.

Mahalliy rasmiylar favqulodda holat eʼlon qilgan. Sentabr oyi örtalaridan beri davom etgan yomğirlar tufayli yuzaga kelgan suv toşqinlari Tailandning 41 provinsiyasiga taʼsir körsatgan. Tabiiy ofat oqibatida sakkiz kişi halok bölgan, 580 mingta uy xöjaligi zarar körgan. Suv bosgan hududlardagi 80 mingdan ortiq kişi öz uylaridan çiqa olmay qolgan. Iqtisodçilar mamlakat iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni kamida 11 milliard batga (327 million dollar) baholamoqda. Yoğingarçilik hamon butun mamlakat böylab davom etmoqda. Keyingi kunlarda Bangkokda yoğin kamayişi kutilmoqda. Şaharda suv sathi pasaya boşlagan. Quyida Tailand poytaxti köçalarida sönggi kunlarda kuzatilgan vaziyat aks etgan suratlar.

photo_2026-09-28_18-47-47
TNP / Arnun Chonmahatrakool / Thai News Pix / LightRocket / Getty Images
photo_2026-09-28_18-53-52
Wikus de Wet / AFP / Scanpix / LETA
photo_2026-09-28_18-53-57
Arnun Chonmahatrakool / Thai News Pix / AFP / Scanpix / LETA
Bangkokliklar suv bosgan kafeda ovqatlanmoqda
photo_2026-09-28_18-54-02
Lillian Suwanrumpha / AFP / Scanpix / LETA
Poytaxtning suv toşqinidan jabrlangan hududlaridan biri Bang Kapida taşlab ketilgan avtomobillar
photo_2026-09-28_18-54-06
Mailee Osten-Tan / Getty Images
Bangkoka şarqidagi Ramkxamxeng tumanida 27-sentabr kuni köçalardagi suv çuqurligi bir metr çiqayotgandi
photo_2026-09-28_18-54-12
Wissarut Weerasopon / Anadolu / Getty Images
Ayrim joylarda esa undan ham çuqurroq