Ölim jazosi

Oçiq manbalardagi maʼlumotlarga köra, Hindistonda 12 yoşga tölmagan bolani zörlaş, şuningdek, voyaga yetmaganga nisbatan guruh bölib jinsiy tajovuz qiliş ayrim holatlarda ölim jazosiga sabab böladi.

Xitoyda 14 yoşga tölmaganlarga nisbatan jinsiy tajovuz; ayrim oğirlaştiruvçi holatlarda, masalan, jabrlanuvçi oğir jarohat olsa, vafot etsa yoki jinoyat juda oğir şaklda sodir etilsa, ölim jazosi berilişi mumkin.

Pokistonda bolani zörlaşning oğir şakllari, masalan, guruh bölib zörlaş uçun ölim yoki umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Tojikistonda ön tört yoşga tölmagan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik qiliş muayyan lavozimlarni egallaş va/yoki muayyan faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan umrbod mahrum qiliş bilan birga 12 yildan 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki ölim jazosi yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Şuningdek, Bangladeşda ölim yoki umrbod qamoq jazosi nazarda tutilgan bölsa, BAA, Qatar, Sudan, Tunis, Eron, Saudiya Arabistoni, Kuvaytda ham zörlaş uçun ölim jazosi qöllanişi mumkin.

Qamoq

Qozoğistonda 14 yoşga tölmagan bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod qamoq jazosi belgilangan.

Germaniyada bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uçun 6 oydan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyat uçun eng oğir jazo - umrbod ozodlikdan mahrum qiliş. Ammo bunday jazo voyaga yetmagan şaxsni zörlaş uning ölimiga olib kelgan holatlar uçun belgilanadi.

Rossiyada voyaga yetmagan şaxslarni zörlaş 8 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi. Şuningdek, muayyan lavozimlarni egallaş yoki muayyan faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan 20 yilgaça muddatga mahrum qiliş qöllanişi yoki qöllanmasligi mumkin, şu bilan birga 2 yilgaça ozodlikni çeklaş jazosi ham tayinlanadi. Soddaroq aytganda, asosiy jazo - 8–15 yil qamoq; qöşimça ravişda 20 yilgaça muayyan huquqlardan mahrum qiliş va 2 yilgaça ozodlikni çeklaş belgilanişi mumkin.