Isroil boş vaziri Netanyahuning BMTda navbatdagi çiqişida Isroil Ğazoda genotsid sodir etgani haqidagi gaplarni «asrning eng katta yolğoni» deb atadi. Lekin Isroil Falastin zaminida sodir etayotgan bu galgi qilmişlari avvalgilariga öxşamaydi, bu galgi uruş tölqinini butun dunyo salkam onlayn rejimda kuzatib bormoqda. Ğazoda şunaqa köp uruş jinoyatlari sodir etildiki, endi ularni rad etiş imkonsiz.

2024-yil yanvarda Ğazoni qamal qilib turgan Isroil harbiylari navbatdagi xunrezlikni sodir etadi. Ular 5 yoşli qizça Hind Rajab, uning olti nafar qarindoşi va Falastin Qizil yarim oy jamiyati xodimlarini öldiradi. Bu iş xalqaro miqyosda qoralansa-da, Isroil hodisa sodir bölganini rad etadi. Yaqinda yahudiy davlati xunrezlikni tan oldi va suriştiruv boşlandi. Biroq huquq himoyaçilari tekşiruvlar natijasiz bölişi, harbiylar jazosiz qolişini taxmin qilmoqda.

1
Foto: bbc.com

Tank nişonidagi Kia

2024-yil 29-yanvar kuni Hind Rajab va uning olti nafar qarindoşi Isroil harbiylari tomonidan öqqa tutilayotgan Ğazodan çiqib ketişga qaror qiladi. Ular Tel al-Hava tumanidan Kia maşinasiga ötirib yölga çiqadi. Öşa atrofda bölgan Isroil tanki maşinaga qarata snaryad otadi. Oqibatda Hindning xolasi, toğasi va uç nafar amakivaççasi halok böladi. Qizça va uning 15 yoşli yana bir amakivaççasi Hamada yaralanadi.

Hamada Falastin Qizil yarim oy jamiyatiga qönğiroq qiladi va yordam sörab, «röparamizda tank turibdi, ular bizni öqqa tutyapti, biz yengil maşinadamiz. Qarindoşlarimiz halok bölişdi», deydi. Şu paytda isroillik harbiy Hamadani otib öldiradi. Telefonni Hind Rajab oladi, xodimlar unga aloqani uzmaslikni, tez orada yordamga borişlarini aytişadi.

5 yoşli qizça telefonda nima ham derdi... U höng-höng yiğlab, «qörqyapman, meni olib ketinglar», deydi. Qizil yarim oy jamiyati xodimlari unga harakatlanmay jim yotişni, eʼtibor tortmaslikni uqtiradi. Qizça ular aytganday yöl tutadi. Hind Rajab turgan joyni isroilliklar örab olgandi, Qizil yarim oy jamiyati xodimlari uning oldiga yetib boriş uçun muzokara ötkazadi.

Bir neça soat deganda Isroil harbiylari ularni qizça turgan joyga ötkazişga rozi böladi. Tez yordam maşinasi qizçaning oldiga qarab yölga tuşganda, Isroil harbiylari uni nişonga oladi. Öq ovozi eşitiladi va tibbiyot xodimlari bilan aloqa uziladi. Harbiylar içida Hind Rajab bölgan maşinaga ham avtomatdan öq uzişadi. Oqibatda tibbiyot xodimlari ham, qizça ham halok böladi.