Beş yoşli qizaloqqa nisbatan sodir etilgan jinsiy zöravonlik Özbekistonda katta jamoatçilik rezonansiga sabab böldi. Gumonlanuvçi qölga olindi, iş Boş prokuratura nazoratiga olingani maʼlum qilindi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bola va uning oilasi boşqa viloyatga köçirilişi hamda oila iş bilan taʼminlanişini maʼlum qildi. Şu bilan birga, jamiyatda bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik uçun jazoni yanada kuçaytiriş, jumladan, öta oğir holatlarda umrbod ozodlikdan mahrum qiliş masalasi muhokama qilinmoqda.
Inson huquqlari faoli Abdurahmon Taşanov esa Özbekiston bu masalada ança keçikkanini taʼkidlaydi.
«Negadir parlament va deputatlar bu masalaga yetarliça eʼtibor qaratmadi»
Abdurahmon Taşanovning fikriça, bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlik mavzusi uzoq yillar davomida jamiyatda oçiq muhokama qilinmagan.
«Özbekistonda pedofiliya jinoyatlarining xususiyatlarini örganadigan bölsak, bu biz uçun avvaldan tabu mavzu bölgan. Bu jinoyatlar sovet davrida ham, boşqa davrlarda ham oçiq muhokama qilinmagan. Şunga qaramay, bunday jinoyatlar doim sodir etib kelingan. Şu nuqtai nazardan bu jinoyatlarning tarixiy ildizlarini ham örganiş kerak. Ayniqsa, 2023-yilda Xorazmda yetimxonadagi qizlarga nisbatan zöravonlik bilan boğliq voqealar ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans berdi. Şundan keyin 2023-yil aprel oyida Jinoyat kodeksining 118-moddasiga 4-qism kiritildi. Unga köra, 14 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etganlik uçun javobgarlik 15 yildan 20 yilgaça etib belgilandi.
Hozir Saida Mirziyoyeva tomonidan ilgari surilayotgan huquqiy islohot - pedofiliya jinoyatlari uçun umrbod jazo belgilaş taklifi ham huquqiy jihatdan muhokama qilinişi mumkin. Çunki jinoyat qonunçiligimizda terrorizm, odam öldiriş kabi öta oğir jinoyatlar uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi mavjud.
Biz bu masalada biroz keçikdik. Çunki yetimxonalar, mehribonlik uylarida bunday jinoyatlar sodir etilgani haqida maʼlumotlar bor. Marğilon, Qöqon, Çinoz va ayrim xususiy mehribonlik uylarida ham şunday holatlar qayd etilgan. Biz inson huquqlari taşkiloti sifatida bolalarga nisbatan jinsiy zöravonlikka oid alohida huquqiy normalarni işlab çiqiş va ularni jinoyat qonunçiligiga kiritiş böyiça takliflarni doim berib keldik. Lekin, nimagadir, parlament va deputatlar bu masalaga yetarliça eʼtibor qaratmadi.
11 min
Namanganda 5 yoşli qizaloqqa nisbatan sodir etilgan jinoyat jamiyatda yana bir oğriqli savolni kun tartibiga çiqardi: bolalarni jinsiy zöravonlikdan himoya qiliş uçun qanday jazo kerak? Huquq faollari va huquqşunoslar muammoning ildizi jazodan ança çuqurda ekanini aytmoqda.
Bugun esa jamoatçilikni larzaga solgan yana bir voqea sodir böldi. Afsuski, biz bu hodisa oldida ham hozir ojizmiz».
Jazo bor, ammo jinoyatlar qanday tasniflanyapti?
28-sentabr kuni bölib ötgan ÖzLiDeP yiğilişida maʼlum qilinişiça, 2023-yilda voyaga yetmaganlarga nisbatan şahvoniy şilqimlik böyiça huquqni muhofaza qiluvçi organlarga 56 ta, 2024-yilda 129 ta, 2025-yilda 141 ta material kelib tuşgan. 2026-yilning birinçi yarmida esa 44 ta şunday material qayd etilgan.
Şu bilan birga, yiğilişdagi tahlillarda ayrim holatlarda jinoyat alomatlari bölişi mumkin bölgan qilmişlar maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida rasmiylaştirilgani, sönggi uç yilda 44 ta holatda jinoyatlar yaşirilib, maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida taqdim etilgani aytilgan. Bu esa jazoning mavjudligidan taşqari, jinoyatlarni dastlabki bosqiçda qanday baholaş va rasmiylaştiriş masalasi ham muhimligini körsatadi.
«Reyestr haqida uç yildan beri gapiramiz, natija esa yöq»
Huquqşunos Komila Abdullayeva bolalarga nisbatan jinsiy jinoyat sodir etgan şaxslar reyestrini yuritiş masalasi bir neça yildan beri muhokama qilinayotganini aytadi.
«2023-yildan beri keng jamoatçilik bolalarga nisbatan şunday zöravonlik qilganlar reyestri yuritilişini sörab keladi. Ayniqsa, rivojlangan davlatlarning köpçiligida bunday amaliyot bor. 2023-yil noyabr oyida Özbekiston Respublikasida 869-sonli qaror bilan bu masala böyiça huquqiy asos yaratilişi aytildi. Keyin Boş prokuratura ham xabar berdi. 2024–2025-yillarda ham şu kabi loyihalar haqida gaplar böldi. Lekin biz hali ham kutyapmiz. Hozirça natija yöq.
Bu toifadagi jinoyatlar, afsuski, tarixdan har doim bölgan. Men amaliyot davrida şunday oğir jinoyatlarga oid holatlarga duç kelganman. Ayrim holatlar ommaviy axborot vositalariga ham çiqmagan».
«Toşkent viloyatida manyak 28 ta qizçani zörlab öldirgan»
Komila Abdullayeva bunga misol sifatida huquqni muhofaza qiluvçi organda işlagan ustozidan eşitgan voqeani aytib ötdi. Uning aytişiça, öşa davrda Toşkent viloyati prokuraturasida işlagan ustozi bir şaxsning 28 nafar qizaloqning
«Bu toifadagi jinoyatlar afsuski tarixdan har doim bölgan. Rahmatli ustozimning qandli diabetlari bor edi. Kuzatişimça organda işlaganlarning köpi yo infarkt, yoki instult, yo qandli diabet orttirgan. 6065 yoş orasida vafot etişlaram köp uçraydi. Ustozimdan bu kasalga çaliniş sababini söraganimda «bitta manyak tufayli orttirganman» dedilar. Öşa manyak 28 ta qizçaning umriga zomin bölgan. Biz hammamiz şokda qoldik.
Ustozimiz aytayotgan gap real fakt, öşa paytda Toşkent viloyati prokurori edim dedilar. Birinçi kuni 8 ta yoki 9 ta qizçani zörlaydi, qurbonni öldiradi. Ular manyakning izini yöqotişadi. Ikkinçi kuni qurbonlar 20 taga yaqinlaşib qoladi. Qonunga köra, agar öta oğir yoki şunaqa favqulodda holat bölsa Boş prokuror zudlik bilan prezidentga yoki senatga hisobdor, darhol xabar berişi kerak. Öşa paytda prezident Islom Karimovga yetib borgan bu gap. Şaxsan özi telefon qilib «Senga bir kun muhlat, topsang top, bölmasa özingni öldirgin» degan. Şundan keyin katta armiya jalb qilinadi öşa izni yöqotmaslik uçun. Öşa kuni manyak töqqizinçi qizni zörladi-yu, lekin öldirişga ulgurmagan bölgan paytda uşlangan. Uşlandi degan xabar kelganda yiqilgan ustozim. Közlarini oçganda şifoxonada bölgan. Şunda «saxar»ingiz oşib ketibdi deyişgan va özlariga kelişlari qiyin bölgan.
Mening hayotimda eşitgan eng öta vahşiy jinoyatlardan bittasi şu. Hali bundan oğir keysni eşitmaganman. Haqiqatdan ham oğir keys va endi özimça hozirgi fikrim bilan öylayman, agar birinçi kuni şu narsa ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinganda, balki boşqa qizlar tirik qolarmidi deb».
Namangan voqeasida muassasa masʼullari harakatlariga ham baho berilişi kerak
Namangandagi voqeada jinoyat sodir etilişiga şaroit yaratib bergan boğça mudirasi va tarbiyaçi bilan mehnat şartnomasi bekor qilingani maʼlum qilindi. Ammo huquqşunosning fikriça, masala mehnat şartnomasini bekor qiliş bilan çeklanmasligi kerak.
«Agar ular işini töğri taşkil qilgan bölsa va aybi bölmasa, albatta. Lekin bu holatda huquqiy baho berilişiga işonaman. Çunki bu yerda ularning mansab mavqei bilan boğliq masʼuliyati ham bor. Masalan, bolalar qayerda, kimning nazoratida bölgan? Kameralar işlaşi kerakmidi? Nazorat qanday taşkil etilgan?
Yana bir muhim masala bor: ommaviy axborot vositalariga berilgan dastlabki maʼlumotlar. Voqea haqida birinçi bölib Kun.uz yoritganida, muassasa vakillari bunday holat bölmaganini, bu haqda heç narsa bilmasligini aytgan. Tarbiyaçi esa bolalarni bir daqiqa ham közdan qoçirmaganini bildirgan.
Lekin şunday holatlarda masʼuliyatni ham tekşiriş kerak. Mansabga sovuqqonlik, beparvolik yoki bola xavfsizligi bilan boğliq vazifalarning bajarilmagani uçun ham huquqiy baho berilişi mumkin».
Ölim jazosi emas, tizimli yondaşuv
Prezident administratsiyasi rahbari bolalarga nisbatan oğir jinoyatlar uçun javobgarlikni maksimal kuçaytiriş böyiça taklif tayyorlanayotganini bildirib, bunday jinoyatlar uçun ölim jazosi qöllanişi kerakligi haqida fikr bildirdi. Bu bayonotdan keyin yana bir savol paydo böldi: Özbekistonda pedofiliya uçun ölim jazosi qaytarilişi mumkinmi?
Abdurahmon Taşanov bu taklifni huquqiy nuqtai nazardan izohladi:
«Hozir ayrim jamoat va davlat arboblari tomonidan umrbod jazo beriş yoki ölim jazosini tiklaş kabi çaqiriqlar yangramoqda. Aslida buni emotsional vaziyat va kayfiyatdan kelib çiqqan takliflar sifatida baholaş mumkin.
Özbekiston pedofiliya jinoyatlari uçun ölim jazosini tiklay olmaydi. 1998-yilda ölim jazosiga moratoriy eʼlon qilingan, 2008-yildan boşlab esa ölim jazosi Özbekistonda bekor qilingan. Bunga xalqaro huquqiy majburiyatlar va normativlar ham taʼsir qilgan. Şu nuqtai nazardan, jazoni kuçaytirişdan yagona maqsad jinoyatçilikning oldini oliş bölişi kerak. Buning uçun pedofiliya jinoyatlarining kelib çiqiş sabablari, dinamikasi va xususiyatlarini ham örganiş zarur. Kerak bölsa, ilmiy tadqiqotlar olib borilişi kerak.
Afsuski, masala faqat qonunçilikni kuçaytiriş bilan hal bölmaydi. Bolalar va yoşlarga nisbatan davlat siyosatini takomillaştiriş nuqtai nazaridan ham jiddiy islohotlar kerak. Masalan, hozir Namangadagi şaxsga nisbatan qöşimça jinoyatlar, jumladan, 112-modda bilan boğliq ayblovlar qöyilgani aytilmoqda. Ammo bunday qöşimça ayblovlarni şaxsga yuklaşning özi bilan muammoni hal qilib bölmaydi. Uning advokati bu holatlarni inkor qilişi mumkin. Bu esa huquqiy jarayonni keltirib çiqaradi. Sudlar jamoatçilikning kayfiyati yoki siyosiy talablar bilan emas, protsessual qonunçilik asosida iş köradi.
Şuning uçun hozir Namangandagi şaxsga nisbatan umrbod qamoq jazosini qöllab bölmaydi. Amaldagi qonunçilikda bunday jinoyatlar uçun eng yuqori jazo 20 yilgaça bölgan ozodlikdan mahrum qilişdir.
Bolalar ombudsmani kabi institutlar, Boş prokuratura huzuridagi voyaga yetmaganlar böyiça komissiyalar faoliyatini qayta körib çiqiş kerak. Umuman, bolalarga nisbatan davlat siyosatini qayta körib çiqiş zarur. Agar pedofiliya jinoyatlarining xususiyatlarini örganadigan bölsak, taʼlim muassasalari, maktabgaça va maktab taʼlimi tizimiga alohida eʼtibor qaratiş kerak. Pedagoglar örtasida tuşuntiriş işlari olib borilişi zarur. Çunki köp hollarda mentalitet, farzandning kelajagi yoki «mahalla-köy nima deydi» degan qaraşlar tufayli bunday jinoyatlar yaşiriladi.
Bundan taşqari, sud-huquq tizimida qonunçilikka oğişmay amal qiliş, sudlarning mustaqilligi va şaffofligi masalalari ham bor».
Qonun kuçayadi. Tizim-çi?
29-sentabr kuni deputatlar bolalarga nisbatan öta oğir jinsiy jinoyatlar uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini nazarda tutuvçi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Loyihada nafaqat jazoni kuçaytiriş, balki bunday jinoyatlarning oldini oliş, şuningdek, masʼul taşkilotlar va mansabdor şaxslarning javobgarligini oşiriş ham közda tutilgan.
Bu jamoatçilik muhokamasidagi asosiy savolni yana bir bor kun tartibiga çiqaradi: jazoni kuçaytirişning özi bolani himoya qila oladimi?
Har bir oğir voqeadan keyin jarangdor bayonotlar va keskin talablar yangraşi mumkin. Ammo jamoatçilikka, avvalo, voqeadan keyingi reaksiya emas, keyingi holat yuz bermasdan bolani himoya qiladigan işlaydigan tizim kerak.