«Davlat pul tikmasa, özbek futboli öladi» - Ötkir Yusupov bilan suhbat
|14:05 / 10.10.202613 29527 min
Özbekiston milliy jamoasi darvozaboni – Ötkir Yusupov Kun.uz uçun intervyu berdi.
«105 ming dollarim qolib ketdi, yana transfer uçun 150 ming dollar tölandi»
- Suhbatimizdan oldin Erondan qaytişingiz bilan boğliq qiziq voqeani aytib berayotgandingiz. Adaşmasam, siz Erondan çiqib ketganingizdan bir neça kun ötib uruş boşlangan. Avvalo, Erondan ketişga nima sabab bölganini tuşuntirsangiz. U yerda öz örningizni topgan, yaxşi formaga kirgan edingiz.
- Milliy jamoaning Eronga qarşi öyinida jarohat oldim. Keyin operatsiya böldim, tiklaniş jarayonidan ötdim. Klubga qaytganimdan keyin zaxirada qolib ketdim. Jahon çempionati yaqinlaşayotgani uçun menga öyin amaliyoti juda zarur edi. Şu sababli ketişga qaror qildim.
Murabbiyimiz Yahyo Gulmuhammadiy juda yaxşi inson. Uning oldiga borib, vaziyatni tuşuntirdim. «Yöq, sen bizga keraksan, qol, öynaysan», dedi. Lekin iç-içimdan ketişni xohlayotgandim.
Özbekistondan ham turli jamoalar qönğiroq qilib, takliflar bildirayotgandi. Ayniqsa, Namangan tomonidan qiziqiş katta böldi. Ularga hali Eron klubi bilan hujjatlarimni hal qilmaganimni aytsam ham, «Kelaver, şartnoma qilamiz, öxşamasa, yirtib taşlaymiz», deyişdi.
Keyin klub prezidentining oldiga kirib, vaziyatni tuşuntirdim. Jahon çempionatiga tayyorlanişim, muntazam öynaşim kerakligini aytdim. U esa «Murabbiy ruxsat bersa, qöyib yuboraman», dedi.
Murabbiyning oldiga borsam, rozi böladi. Prezidentning oldiga qaytsam, «Murabbiy ruxsat bermadi», deydi. Şu tariqa ança ovora böldim. Na pulimni berişyapti, na qöyib yuborişyapti.
- Qança maoşingiz qolib ketgandi?
- 105 ming dollar.
- Demak, ketiş uçun 105 ming dollardan voz keçdingiz?
- Ha. Prezidentning oldiga kirib, şu pullarim qolişini, «Navbahor» ham transfer uçun maʼlum miqdorda pul tölaşini aytdim. Lekin ular «Biz seni sotib olganmiz, tekinga qöyib yubora olmaymiz», deyişdi.
Oxiri murabbiydan yozma ruxsat oldim. Keyin transfer pulini Toşkentdan ötkazişdi.
Mavzuga oid
Milliy jamoa darvozaboni Ötkir Yusupov Eron klubidan ketiş uçun 105 ming dollarlik maoşidan voz keçgani, «Navbahor»ga qaytiş qarori va superligadagi moliyaviy muammolar haqida gapirdi. U Fabio Kannavaro nega uni milliy jamoaning sönggi yiğiniga çaqirmaganini şaxsan tuşuntirgani, mundialdagi muvaffaqiyatsizlik sabablari va Ignatiy Nesterov bilan raqobat haqidagi savollarga javob berdi.
- Transfer summasi qança edi?
- 150 ming dollar.
- Demak, 105 ming dollar maoşingizdan keçdingiz, yana 150 ming dollar transfer puli tölandi.
- Ha. Hujjatlarimni olganimdan keyin Komil akaga yubordim. Hammasi hal böldi. Ertasi kuni sumkalarimni yiğib, klubga bordim. Administratorlardan qaytiş uçun aviaçipta olib berişlarini sörasam, prezident çipta olib bermaslikni buyurganini aytişdi.
Juda jahlim çiqdi. Özimning haydovçim bor edi, undan yordam söradim. Aeroportga borib, Dubay orqali Toşkentga çipta oldim. Ertasi kuni uçib ketdim.
Dubayda 12 soatça qolib, keyin Toşkentga uçdim. Oradan uç-tört kun ötib Eronda uruş boşlandi.
Jaloliddin Maşaripov, Rustam Aşurmatovlarga qönğiroq qilib, qayerdaligini söradim. Rustam bir kun oldin Dubayga kelganini aytdi. Boşqa futbolçilarimiz esa Eronda qolib ketişgandi. Keyin ular ham turli yöllar bilan qaytişdi.
«Navbahorga qaytaman deb vaʼda berganman»
- «Navbahor»ga qaytişingiz Namangan muxlislari uçun katta voqea böldi. Siz ketişdan oldin qaytsangiz, faqat şu klubda öynaşingizni aytgandingiz. Bu prinsip masalasimidi yoki «Navbahor» eng yaxşi moliyaviy taklifni berdimi?
- Yöq, moliyaviy jihatdan yaxşiroq takliflar ham böldi. Lekin Eronga ketayotganimda viloyat hokimi Şavkat Şakirjonoviçga «Qaytsam, faqat “Navbahor”ga qaytaman», deb vaʼda bergandim.
Men uçun vaʼda muhim. Lafz berganman, şuning uçun ham «Navbahor»ga qaytdim.
- Lekin siz ketgan paytdagi «Navbahor» bilan qaytganingizdagi jamoa örtasida katta farq bor edi. Klubda moliyaviy muammolar, tarkibda özgarişlar yuz bergandi.
- Eronda yurganimda ham Şavkat Şakirjonoviç özlari qönğiroq qilib, «Kel, yana birga harakat qilaylik», dedilar. U kişining taklifini rad eta olmadim.
Hozir, Xudoga şukr, işlarimiz yaxşi ketyapti. Jamoa avvalgi mavqeini tiklayapti. Oldimizga qöygan maqsadlarga erişib, Namangan xalqini xursand qiliş niyatidamiz.
«Superligada adolat 80 foiz»
- Özbekiston Superligasi rivojlanyaptimi yoki bir joyda turib qolganmi?
- Rivojlanyapti.
- Buni nimada sezyapsiz?
- Masalan, media sohasida. Ilgari öyinlarni tört-beşta kamerada tasvirga olişardi. Hozir darvozalar ortida ham kameralar bor, ayrim öyinlarda yetti-sakkizta kamera işlayapti.
Professional kameralar olib kelingan. Takroriy vaziyatlarni sifatli körsatiş imkoniyati paydo böldi.
Agar futbolimizning media yönalişini yanada kuçaytirsak, çempionatimiz televizor orqali ham maroq bilan tomoşa qilinadigan musobaqalar qatoriga kiradi. Hozir ham şu yönalişda rivojlaniş bor.
- Lekin hakamlik masalasida hamon muammolar köp. Deyarli har turda eʼtirozlar, janjallar. Nega 30 yildan beri bu muammoni hal qila olmayapmiz?
- Buni hakamlarning özidan söraş kerak. Nima sababdan bunday bölayotganini bilmayman.
- Har holda, hakamlik sifati yaxşilanyapti deb öylaysizmi?
- Oldingidan biroz yaxşiroq bölişi mumkin. Çunki VAR bor.
- Lekin VARni körib ham töğri qaror çiqara olişmayapti-ku?
- Endi buni özlari bilişadi. Men ularning işiga aralaşa olmayman.
- Unda Superligadagi adolatga neça foiz baho berasiz?
- 80 foiz.
- Demak, 20 foiz adolatsizlik bor?
- Bor. Baʼzan hakamlar, maydon holati va boşqa omillar xalaqit beradi.
Masalan, yaqinda televizorda «Qöqon» bilan Samarqand jamoasining öyinini kördim. Maydonda futbol öynab bölmaydigan ahvol edi. «Bunyodkor» stadionida ham maydonning ikki çeti yaxşi, örtasi yomon.
Bunday maydonda qanday qilib sifatli futbol öynaysiz? Bizning maydonimiz ham taʼmirdan çiqdi, lekin hali ideal holatga kelgani yöq.
Futbolning sifatiga faqat futbolçilar emas, maydon va boşqa şaroitlar ham taʼsir qiladi.
«Klublarni moliyalaştiriş kamaysa, futbol orqaga ketadi»
- Superligada pul qançalik muhim?
- Albatta, juda muhim. Qança köp mablağ bölsa, raqobat şunça kuçli böladi, çempionat qiziqarliroq ötadi.
- Lekin davlat futbol klublarini moliyalaştirişni bosqiçma-bosqiç kamaytirmoqçi. Bizning klublarimiz esa hozirça özini özi boqa olmaydi. Bu holatda nima böladi?
- Menimça, bu notöğri. Futbolni maʼlum darajaga olib çiqib, keyin moliyalaştirişni kamaytiriş yaxşilikka olib kelmaydi.
Masalan, har yili 35 milliard, keyin 30 milliard, keyin 25 milliard söm ajratiladigan bölsa, bu oxir-oqibat futbolning orqaga ketişiga sabab böladi.
Katta yoşli futbolçilar bilan gaplaşganimizda, ilgari ayrim klublarda maoş örniga zavoddan paypoq berişganini aytişardi. Yana şunday davrlarga qaytişni istamayman.
Futbolçiga yaxşi maoş, ğalaba uçun mukofot puli berilsa, uning iştiyoqi ham oşadi. Çunki u şu mehnati ortidan oilasini boqadi.
- Davlat, hokimliklar, yirik korxonalar klublarni moliyalaştirişni töxtatsa, jamoalar qanday yaşaydi?
- Hozirning özida ayrim jamoalar oylab maoş ololmayapti. Internetda Pro-liga klublari futbolçilarining ham maoş berilmayotgani haqidagi çiqişlarini köryapmiz.
Superligada ham uç-tört oylab maoş olmagan jamoalar böldi. «Bunyodkor» qanday qiynalganini kördik. Elektr energiyasi, suv bilan boğliq muammolar ham böldi.
Bu juda katta salbiy holat.
- Şu ketişda davom etsa, klublar yopilib ketişi mumkinmi?
- Albatta, futbolga katta zarar yetadi. Qança-qança xodimlar işsiz qoladi.
Qaşqadaryoda qança katta korxonalar bor. «Maşʼal», «Şörtan» kabi jamoalar qanday ahvolga tuşganini kördik.
«Nasaf» ham yil boşida katta qiyinçiliklarga duç keldi. Ayrim futbolçilar ketiş haqida öylaşdi. Keyin hokimlik jamoani saqlab qolişga harakat qildi.
Hozir ham vaziyatni juda yaxşi deb bölmaydi. Klublar ajratiladigan mablağlarni kutib yaşayapti.
- Bu vaziyatdan çiqiş yölini köryapsizmi?
- Töğrisi, bu haqda çuqur öylab körmagan ekanman. Aniq bir yeçim ayta olmayman.
- Özingizda katta mablağ bölsa, futbol klubini boşqararmidingiz?
- Ha, katta pulim bölsa, boşqarardim. Futbol ham yaxşi biznes bölişi mumkin.
- Foyda keltirmasa-çi?
- Töğri yölga qöyilsa, foyda keltiriş mumkin. Masalan, vodiyda futbolni juda yaxşi körişadi. Har bir öyinga kamida 10 ming muxlis kelişi mumkin.
Marketingni yaxşi yölga qöyiş, çiptalar narxini barqaror saqlaş, muxlislar uçun turli tadbirlar taşkil qiliş orqali daromad topsa böladi.
Vodiyda bunday imkoniyat bor. Çunki bu yerda futbolga munosabat boşqaça.
«Temur Kapadze yoş futbolçilarni himoya qiladi»
- Özbekiston futboliga yangi avlod kirib kelyapti. Hozirgi yoşlar taktik va texnik jihatdan avvalgi avloddan kuçliroqmi?
- Hozir yaxşi futbolçilar köp. Çunki yoşlarga yaratilgan şaroitlar biz öynagan davrdagidan ança yaxşi.
Bizning paytimizda bunday imkoniyatlar yöq edi. Hozir har bir detalga eʼtibor berilyapti. Zamonaviy texnologiyalar, maxsus jihozlar, yaxşi murabbiylar bor.
Yoş futbolçilarda xorijga çiqiş imkoniyati ham kengaygan. Jahon çempionatidan keyin bu imkoniyat yanada oşdi. Skautlar, agentlar özbek futbolçilarini kuzatyapti.
- Temur Kapadze «Navbahor»ga kelganidan keyin hamma jamoa yana kuçayadi deb kutgandi. Lekin start unçalik yaxşi bölmadi. Sababi nimada?
- Töğri, biz kutilganidek yaxşi boşlay olmadik. Lekin buning sabablari bor.
Temur aka bilan birga işlaşga kelişgandik. Stadionimiz taʼmirda bölgani uçun öyinlarni Toşkentda ötkazişga töğri keldi.
Öz uyingizda, öz muxlislaringiz qarşisida öynaş butunlay boşqaça. Toşkentga Namangan muxlislaridan 200–300, baʼzan 400–500 kişi borardi. Raqib jamoa uçun ham bosim kam bölardi.
Namanganda esa stadion töla muxlis. Ularni xursand qiliş uçun bor kuçingizni berasiz. Ğalaba qozonsangiz, minglab odamlar uyiga xursand bölib qaytadi. Bunga biz sababçi bölamiz.
Albatta, özimiz ham xatolar qildik. Kerakli vaziyatlarda oçkolar yöqotdik. Öşa xatolar bölmaganida, menimça, birinçi yoki ikkinçi örinda borayotgan bölardik.
- Demak, çempionatning qolgan qismida öşa xatolarni ğalabalar bilan qoplaş kerak.
- Albatta. Oldimizda AGMK, «Paxtakor» bilan öyinlar bor. Kubok bahslari ham kutyapti. Yaxşi tayyorgarlik körib, avvalgi xatolarni töğrilaşga harakat qilamiz.
- Temur Kapadze bilan işlaşni boşladingiz. Siz Röziqul Berdiyev, Vadim Abramov kabi murabbiylar bilan ham işlagansiz. Yangi avlod murabbiylarining farqi nimada?
- Temur aka yoşlarga köproq eʼtibor beradilar.
Masalan, yoş futbolçi xato qilsa, biz kattalar baʼzan qattiqroq gapiramiz. Temur aka esa çaqirib, «Urişmanglar, tuşuntiringlar», deydilar. Yoşlarni himoya qiladilar.
Bizning paytimizda boşqaça edi. Kattalar qattiqqöl bölişardi. Baʼzan urişardi, tinç qöyişmasdi. Biz şu muhitdan ötganmiz.
Hozirgi yoşlarga bunday munosabatda bölib bölmaydi.
- Demak, yoşlar uçun şaroit ham, munosabat ham özgargan.
- Ha. Lekin boşqa tomoni ham bor. Hozirgi ayrim yoşlarda kattalarga hurmat, jamoadagi tartib-intizom biroz sustroq.
Biz yoşligimizda administratorlarga, massajçilarga yordam berardik. Suv taşirdik, yuk kötarardik. Hozir ayrim yoşlar öz sumkasini olib, ketib qoladi. Qolgan xodimlar qiynalayotganiga qaramaydi.
Men özim yordam beraman. Keyin avtobusga çiqib, yoşlarga tanbeh beraman. Çunki jamoada hamma bir-biriga yordam berişi kerak.
«Darvozabonning faoliyati 30 yoşdan keyin boşlanadi»
- Hozir futbolçilik faoliyatingizning qiziq bir bosqiçidasiz. Endi yoş futbolçi emassiz, lekin faoliyatni yakunlaş yoşiga ham yetmagansiz. Bu yoşda futbolga munosabat özgaradimi?
- Menda özgarmagan. Avval qanday şijoat bilan öynagan bölsam, hozir ham şunday. Heç qanday pasayiş sezmayapman.
Faqat yoş ötgan sari tajriba oşadi. Ilgari qilgan xatolaringizni takrorlamaslikka harakat qilasiz. Bilganlaringizni yoşlarga örgatasiz.
Sizlar meni qaritib yuboryapsizlar-ku!
Sergey Ignatovning bir gapi bor, haligaça esimda: «Darvozabonning faoliyati 30 yoşdan keyin boşlanadi».
Men ham şu fikrdaman.
- Demak, Ötkir Yusupovni yana kamida beş yil katta futbolda köramiz?
- Soğ-salomat bölsak, öynaymiz.
- Faoliyatingizni uzaytiriş uçun maxsus maşqlar, parhez yoki boşqa usullardan foydalanasizmi?
- Albatta. Vitaminlar qabul qilamiz, parhezga amal qilişga harakat qilamiz.
Masalan, Edvin van der Sarni olaylik. Uning eng yaxşi davrlari katta yoşida bölgan. Manuel Noyer ham şunday.
Darvozabon uçun eng qiyin narsa - barqarorlikni saqlaş.
Ikki-uçta öyinda yaxşi öynaysiz, hamma maqtaydi. Keyin bitta xatoga yöl qöysangiz, tanqid boşlanadi.
Şuning uçun har doim bir xil yuqori saviyada öynaşga harakat qiliş kerak.
«Mendan kuçli uçta darvozabon? Uçinçisini topiş qiyin ekan»
- Hozir Superligada özingizdan kuçli darvozabonlar bor deb hisoblaysizmi?
- Bor, köp.
- Uçtasini sanab bering.
- Sanjar Quvvatov yaxşi öynayapti. Botirali Ergaşev ham yaxşi.
- Sanjar Quvvatovni özimdan kuçli deb hisoblayman. Uning ayrim jihatlari mendan kuçli.
Botirali Ergaşevning ham kuçli tomonlari bor.
- Uçinçisi-çi?
- Uçinçisi… Yöq ekan.
- Abduvohid Neʼmatov-çi?
- Abduvohid ham yaxşi öynayapti. Jamoasini köp vaziyatlarda qutqaryapti, yaxşi seyvlar qilyapti. Mayli, uçinçisi Abduvohid böla qolsin.
Men Sanjar Quvvatovga havas qilib katta bölganman. Undan köp narsa örganganman.
Botiralida ham, Abduvohidda ham menda yöq ayrim kuçli jihatlar bor. Töpni uşlaş, tepiş, texnika böyiça ulardan nimadir örganişga harakat qilaman.
«Darvozabon gol urmasligi, golni qaytarişi kerak»
- Faoliyatingiz davomida hali gol urmagansiz. Heç bölmasa, penalti tepib köriş niyatingiz yöqmi?
- Yöq.
- Faoliyatingizni gol urmasdan yakunlasangiz, armon bölmaydimi?
- Nimaga armon böladi? Darvozabon gol urişi şart emas, darvozabon golni qaytarişi kerak.
Har kim öz işini qilgani yaxşi.
- Masalan, «Navbahor» futbolçilari bir kuni penalti tepişni sizga taklif qilişsa-çi?
- Bilmadim. Lekin men tepmagan bölardim.
- Nima uçun?
- Menimça, bu raqib darvozabonga nisbatan hurmatsizlik bölib qolişi mumkin.
Abduvohid Neʼmatov penalti tepganidan keyin ham bu haqda köp gap-söz böldi. Ayrim darvozabonlar norozilik bildirişdi.
Men Abduvohidni ayblamoqçi emasman. Bu uning xohişi, özi bilgan işni qildi.
Lekin şaxsan men raqib darvozabonni past baholagandek bölib qolmaslik uçun penalti tepmagan bölardim.
- Raqib xorijiy darvozabon bölsa hammi?
- Farqi yöq. Afrikadanmi, Yevropadanmi - darvozabon baribir darvozabon.
- Xayrulla Hamidovning bir gapi bor: «Darvozabonlar futbolçilardan boşqaça, ular alohida olam». Rostdan ham şundaymi?
- Ha, şunday. Darvozabonlar yolğizlikni yaxşi köradi. Men ham yolğizlikni yaxşi köraman.
«Superliga çempioni bölolmasam, armon böladi»
- Faoliyatingizda xalqaro musobaqalar, Osiyo çempionlar ligasi, jahon çempionati bor. Lekin hali Özbekiston Superligasida çempion bölmagansiz. Bu armon bölib qolmaydimi?
- Böladi.
Töğrisi, avvallari çempionlikning ortidan qattiq quvmagan ekanman. Iç-içimdan unga kuçli iştiyoq bölmagan.
Endi esa harakat qilamiz. Alloh nasib qilsa, çempion bölişni xohlayman.
- Osiyo çempionlar ligasidagi öyinlaringiz ham juda yorqin bölgan. «Al Hilol», «Al Ayn», «Al Ittihod»ga qarşi bahslar…
- Ha, juda yaxşi öyinlar bölgan. Osiyo çempionlar ligasida seyvlar soni böyiça eng yaxşi darvozabonlar qatorida bölganman.
«Al Hilol» bilan safardagi öyin, «Al Ayn», «Al Ittihod» bilan uçraşuvlar - hammasi esda qolarli.
- Agar darvozabonlik haqida kitob yozsangiz, faoliyatingizdagi xatolaringizning qança qismini yoşlarga örgata olasiz?
- 90 foizini.
- Qolgan 10 foizi-çi?
- U talant. Alloh tomonidan berilgan qobiliyat. Uni kitob orqali örgatib bölmaydi. Har kimga har xil beriladi.
«Yoşligimdayoq Nesterovdan kuçliman, derdim»
- Sizni Ignatiy Nesterov bilan köp taqqoslaşadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham bu haqda bahslar köp. Sizdan keyin milliy jamoada sizning darajangizga çiqadigan yoş darvozabonni köryapsizmi?
- Albatta, çiqadi. Lekin buning uçun vaqt kerak.
Hozirça unday darvozabonni körmadim.
Nesterov haqida bir voqeani aytib beraman. «Paxtakor»ning dubl tarkibida öynagan paytimizda biz birinçi maydonda, asosiy jamoa esa ikkinçi maydonda maşğulot ötkazardi.
Öşa paytda Suroj, Doniyor degan darvozabonlar bor edi. Ularga «Men Ignatdan zörman», derdim.
Ular esa «Jinnimisan, nima deyapsan?» deb kulişardi.
Öşa paytdayoq özimga işonganman.
- Hozir Nesterovdan ötib ketdim deb ayta olasizmi?
- Yöq. Ignat aka baribir afsona.
U kişining mehnatkaşligiga havas qilganmiz. Xuddi Kriştianu Ronaldu kabi juda köp mehnat qilgan.
Beşta Osiyo kubogida qatnaşiş hammaga ham nasib qilmaydi. Har birida asosiy darvozabon bölgan. Neça yil barqaror öynab, butun Özbekiston xalqining mehrini qozongan.
Bizning ustunligimiz - jahon çempionatiga çiqqanimiz.
Ignat aka har bir öyinimizdan keyin ham qönğiroq qilib, xatolarimizni aytib berardilar. «Nimaga bunday qilding?» deb tanbeh berardilar.
Men u kişini juda hurmat qilaman.
- Hozir Özbekistonning biror çekka hududida dubl tarkibda öynayotgan yoş darvozabon «Men Ötkir Yusupovdan kuçliman», desa, bunga qanday qaraysiz?
- Aytaversin. Kuçlidan kuçli çiqaveradi.
Qança köp yaxşi darvozabon yetişib çiqsa, şunça yaxşi.
- Hozir şunday katta maqsad qöygan, öziga işongan yoş darvozabonlarni köryapsizmi?
- Hozirça körmadim. Agar çiqmasa, 45 yoşgaça öynaymiz!
Lekin çiqsin, albatta. Bizga kuçli yoş darvozabonlar kerak.
«Kannavaro şaxsan qönğiroq qilib, nega çaqirmaganini tuşuntirdi»
- Milliy jamoaning sönggi yiğiniga çaqirilmaganingizdan xafa bölmadingizmi?
- Yöq. Nega xafa bölişim kerak?
Fabio Kannavaroning özi menga qönğiroq qildi. Şaxsan özi.
Tarjimon Davron bilan birga telefon qilib, bu yiğinda yoş darvozabonlarni sinab körmoqçi ekanini tuşuntirdi.
«Xafa bölmagin, hozir yoşlarni körmoqçimiz. Öyinlaringni kuzatyapman, yaxşi öynayapsan, şu ruhda davom et», dedi.
Men ham xafa emasligimni aytdim.
Milliy jamoa butun Özbekistonniki. Kim tayyor bölsa, öşa çaqiriladi. Kannavaroning özi ham «Milliy jamoa xalqniki, kim tayyor bölsa, öşa öynaydi», dedi.
Şaxsan qönğiroq qilib, vaziyatni tuşuntirganidan juda xursand böldim.
- Demak, Kannavaro uçun futbolçining yoşi muhim emas?
- Ha, u yoşga qarab ajratmasligini aytdi. Hozir ayrim futbolçilarni sinab körmoqçi.
Meni çaqirmagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda köp gap-söz böldi. Kimdir tanqid qildi, kimdir çaqirilişim kerakligini aytdi.
Lekin menda heç qanday xafagarçilik yöq.
Hozir ham tayyorman. Çaqirişsa, bor kuçim bilan borib, Vatan şarafini himoya qilişga tayyorman.
- Beş-olti yil içida birinçi marta milliy jamoaga çaqirilmadingiz, şundaymi?
- Ha. Ilgari jarohat sababli qatnaşmagan paytlarim bölgan.
- Milliy jamoaning öyinini televizor orqali tomoşa qiliş qanday ekan?
- Bir tomondan yaxşi. Öyinni çetdan kuzatib, xatolarni körasiz.
Lekin biroz noqulay ham böldi. Çunki maydonda öynab, muxlislarning qöllab-quvvatlaşini his qilib yurgansiz. Uning muhiti butunlay boşqaça. Buni söz bilan tuşuntiriş qiyin.
«Jahon çempionatida muxlislar kutgan natijani bera olmadik. Uzr söraymiz»
- Jahon çempionatidan keyin milliy jamoa köp tanqid qilindi. Hozirgi öyinlardan kelib çiqib, jamoa özining avvalgi kuçli holatiga qaytdi deb öylaysizmi?
- Albatta, mundialdan keyin tanqidlar köp böldi. Natijamiz yaxşi bölmadi.
Lekin endi buni ortda qoldirib, Osiyo kubogiga tayyorlaniş kerak.
Osiyo kubogi - hammasini töğrilaş uçun juda katta imkoniyat.
- Mundialda iştirok etib, şaxsan özingiz qanday saboq oldingiz?
- Jahon çempionati xatolarni keçirmas ekan. Şuni tuşundim.
Biz birinçi marta bunday musobaqada qatnaşdik. Muxlislar bizdan juda köp narsa kutişgandi. Afsuski, ular kutgan natijani amalda körsata olmadik.
Buning uçun muxlislarimizdan uzr söraymiz.
Menimça, tayyorgarlik uçun vaqtimiz ham kamroq böldi. Çempionatdan keyin yiğinga bordik. Ön kunça tayyorgarlik körib, jahon çempionatiga kirişdik.
Bunday katta musobaqaga nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan ham tayyor böliş kerak ekan.
- Yaʼni katta bosimga tayyor böliş kerak?
- Ha, aynan şunday.
- Hozirgi milliy jamoamizning kelajakda Osiyoning eng kuçli jamoasi bölişga salohiyati yetadimi? Yaponiya, Janubiy Koreya kabi jamoalar bor.
- Albatta, yetadi. Nimaga yetmasin?
Yaxşi tayyorgarlik körsak, taktik jihatdan kuçli bölsak, istalgan jamoa bilan öynay olamiz.
«Kannavaro jamoaning öyin uslubini özgartiryapti»
- Sizningça, hozirgi milliy jamoa Sreçko Katanetsning öyin uslubidan butunlay voz keçib, Kannavaroning jamoasiga aylandimi?
- Biz Katanets davrida tört yil davomida beş himoyaçili tizimda öynadik.
Kannavaro kelib, bu tizimni birdaniga tubdan özgartirişi qiyin edi. Vaqt ham yetarli emasdi.
Şuning uçun avvalgi tizim saqlanib qoldi.
Hozir esa 4-3-3 sxemasida öynayapmiz. Bu hujumkor futbol. Agar tizimni yaxşi yölga qöysak, juda yaxşi natija berişi mumkin.
- Kannavaroning futbolçilarga ruhiy taʼsiri haqida köp gapiriladi. Baribir jahon çempioni, «Oltin töp» sohibi. Uning obrösi jamoaga taʼsir qildimi?
- Albatta.
Biz televizorda körib, öyinlariga muxlislik qilgan afsonaviy futbolçi kelib, Özbekiston milliy jamoasini boşqardi.
Buning özi katta voqea.
Jahon çempioni, «Oltin töp» sohibi bölgan insonning jamoaga kelişi, albatta, futbolçilarga ruh beradi.
- U bilan birinçi uçraşganingizda nima haqida gaplaşgansiz?
- Birinçi marta körişganimizda Germaniyaga operatsiyaga ketiş arafasida edim. Viza hujjatlarimni tayyorlayotgandim.
Milliy jamoa bazasida uçraşdik. Özimni taniştirdim, Ötkir Yusupov ekanimni, darvozabonligimni aytdim. Uning kelganidan xursandligimni bildirdim.
Keyin bir kuni keçqurun bazada biz bilan bir soatça suhbatlaşib ötirdi.
Öşanda unga «Sizni ilgari televizorda körib, muxlislik qilardik. Hozir esa bizga murabbiylik qilayotganingizga işoniş qiyin», deganman.
- U qanday munosabat bildirdi?
- U hissiyotlarini köp körsatmaydi.
- Murabbiy sifatida Kannavaroning uslubi qanday? Eski avlod murabbiylariga öxşaydimi yoki zamonaviymi?
- Zamonaviy murabbiy.
Taktik jihatlarga katta eʼtibor beradi. Kim qayerda öynaşi, töpni qanday qabul qilişi, qanday uzatma berişi kerakligini tuşuntiradi.
Köp narsani maydonning özida körsatib beradi. Har bir harakatni aniq tuşuntirişga harakat qiladi.
«Özim haqimdagi tanqidiy videolarni körmayman»
- Hozir özbek futbolida media juda rivojlandi. Instagram, Telegram, YouTube’da futbol haqidagi kanallar köpaydi. Har kimning öz fikri bor. Masalan, sizning milliy jamoaga çaqirilmaganingiz haqida ham qança videolar tayyorlandi. Bularni körasizmi?
- Yöq, töğrisi, körmayman.
Instagram’da çiqib qolsa ham, ötkazib yuboraman.
- Nima uçun?
- Çunki körganingizdan keyin baribir öylaysiz. «Nega çaqirişmadi?», «Balki şunday qilişim kerakmidi?» degan fikrlar xayolingizdan ötadi.
Xohlaysizmi-yöqmi, bu narsalar miyangizda qoladi.
Şuning uçun umuman körmaslikka harakat qilaman. «Qiziq emas» degan tugmani bosib, ötkazib yuboraman.
- Özbek futbol jurnalistikasi haqida qanday fikrdasiz?
- Ayrim jurnalistlar köproq intriga qilişga harakat qiladi. Turli kanallarda şov-şuvli gaplar tarqatişadi.
- Futbolçilik faoliyatingiz tugaganidan keyin özingizni qayerda körasiz?
- Bilmadim. Agar hammasi yaxşi bölsa, Namanganda qolib işlaş niyatim bor.
- Murabbiy sifatidami yoki klub rahbariyatida?
- Vaqt körsatadi. Balki murabbiy, balki sport direktori bölarman.
Bu ham rejalarimda bor.
- Tasavvur qilaylik, siz «Navbahor»ning sport direktori böldingiz. Istalgan uçta futbolçini jamoaga olib keliş imkoniyatingiz bor. Kimlarni tanlardingiz?
- Hozirgi paytda Diyor Xolmatovni olib kelardim. Öng qanotga Xojiakbar Alijonovni.
- Xorijda öynayotgan futbolçilarni ham tanlaşingiz mumkin.
- Rustam Aşurmatovni ham olib kelardim. Jaloliddin Maşaripovni ham.
- Unda juda kuçli tarkib yiğilarkan.
- Ha, jangovor tarkib böladi.
- Faqat bunday transferlar uçun yaxşi homiy kerak.
- Viloyat hokimimiz bor. Futbolni juda yaxşi köradilar. U kişiga işonamiz.
«BAA bilan öyindagi seyv - reaksiya va xalqimizning duosi»
- Milliy jamoa libosida ötkazgan öyinlaringizni qayta tomoşa qilasizmi?
- Yöq. Faqat öyindan keyin xatolarimni körib çiqaman.
Qayerda notöğri harakat qildim, nimani boşqaça qilişim kerak edi - şularni tahlil qilaman. Keyin qayta-qayta körib ötirmayman.
- BAA bilan öyinni ham qayta körmaganmisiz?
- Öyindan keyin mehmonxonada ayrim vaziyatlarni körib çiqqanman. Keyin boşqa tomoşa qilmadim.
- Öşa öyindagi oxirgi zarbani qaytargan vaziyatingizni qayta kördim. Siz töp qayerga ketayotganini ham körmagan ekansiz-a?
- Ha, körmaganman.
Bu reaksiya edi. Qolgani Allohdan. Xalqimizning, ota-onamizning duosi bilan öşa töpni qaytardim deb öylayman.
«Yoş futbolçilar mehnat qilsin, ota-onasini eşitsin»
Suhbat yakunida Ötkir Yusupovga bir qator qisqa savollar berildi.
- Samvel Babayan yoki Vadim Abramov?
- Samvel Babayan.
- Mirjalol Qosimov yoki Röziqul Berdiyev?
- Mirjalol aka bilan işlamaganman. Röziqul Berdiyev.
- «Neftçi» yoki «Nasaf»?
- «Navbahor».
- Kamoliddin Tojiyev yoki Islom Usmonov?
- Kamoliddin Tojiyev.
- Anzur Ismoilov yoki Abduqodir Husanov?
- Abduqodir Husanov.
- «Bunyodkor» stadioni yoki «Paxtakor» stadioni?
- «Bunyodkor» stadioni.
- Server Jeparov yoki Odil Ahmedov?
- Odil Ahmedov.
- Davron Fayziyev yoki Xayrulla Hamidov?
- Xayrulla Hamidov.
- Suhbat yakunida futbol muxlislari va kelajakda futbolçi bölişni orzu qilayotgan yoşlarga nima degan bölardingiz?
- Muxlislarimizga öz jamoalarini doim qöllab-quvvatlab turişlarini tilayman.
Futbolga kirib kelayotgan yoşlarimiz esa yaxşi maşğulot qilişsin, ota-onalarining gapiga quloq solişsin, köp mehnat qilişsin.
Mehnatning mevasini, Xudo xohlasa, albatta körişadi.
Ötkir Yusupov haqida
Ötkir Davlatbekoviç Yusupov 1991-yil 4-yanvarda tuğilgan. Özbekiston milliy jamoasining tajribali darvozabonlaridan biri. Faoliyati davomida «Paxtakor», «Maşʼal», «Qöqon-1912», «Nasaf», «Navbahor» kabi klublarda töp surgan. Eron çempionatida ham legioner sifatida faoliyat yuritgan. Ayniqsa, «Navbahor» tarkibidagi öyinlari orqali muxlislar eʼtiborini qozongan. Milliy jamoada uzoq yillar davomida asosiy darvozabonlardan biri bölib kelgan Yusupov Özbekistonning tarixda ilk bor jahon çempionatiga yöl olişida iştirok etgan futbolçilar qatoriga kiradi.
Uning milliy jamoa safidagi yorqin öyinlari orasida 2024-yilgi Osiyo kubogi bahslari, şuningdek, JÇ–2026 saralaş bosqiçidagi uçraşuvlar alohida örin tutadi. 2024-yil 5-sentabrda KXDRga qarşi bahsda penaltini qaytarib, Özbekistonning 1:0 hisobidagi ğalabasiga hissa qöşgan. Öşa yilning 10-oktabrida Eronga qarşi 0:0 hisobida yakunlangan uçraşuvda törtta, 15-oktabrda BAAga qarşi 1:0 hisobidagi ğalabada esa beşta seyv amalga oşirgan. 19-noyabrda KXDRga qarşi safar bahsida yana bir penaltini qaytargan. Klublar miqyosida esa «Navbahor» bilan Osiyo çempionlar ligasidagi iştirokida, xususan, Saudiya Arabistonining «Al Hilol» va «Al Ittihod» klublariga qarşi öyinlardagi harakatlari bilan yodda qolgan.