«Öyindan qoniqdik. Uç oçkoni keltirganimizdan xursandman. Hamma borini berib öynadi. Bir kun oldin gaplaşgandik – taktika-paktikani yiğiştirib, hamma borini berib, yurakdan öynasa, yutamiz deb kelişgandik. Kördinglar, hamma maydonda borini berdi», - deydi Ötkir Yusupov.
Ma’lumot uçun, KXDRga qarşi Toşkentdagi öyinda ham darvozabon penaltini qaytarib jamoamizning ğalabasiga hissa qöşgandi.
«Öz işimni qilyapman». Katanets qiyin şaroit, penalti, murabbiylar almaşinuvi, guruhdagi vaziyat haqida gapirib, OFKga murojaat qildi

KXDR – Özbekiston (0:1) uçraşuvidan keyingi matbuot anjumanida boş murabbiy Sreçko Katanets OFKga öz e’tirozlarini bildirdi.
«Öyin haqida gapiradigan bölsak, birinçi bölimda yaxşi öynadik, imkoniyatlarga ega böldik, raqiblarda esa vaziyat bölmadi. Afsuski, köplab imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ikkinçi bölim boşida Bobur Abduxoliqov yaxşi imkoniyatni boy berdi. Bu gol bölganda öyin yengil ötişi mumkin edi.
Albatta, jamoa himoyalanayotganda bunday holatlar bölib turadi. Jarima maydoni içida yöq joydan töp qölga tegyapti va bu penaltiga sabab böldi. Lekin baxtimizga Ötkir Yusupov penaltini qaytardi va biz kerakli natijaga erişdik.
Menimça, 90 daqiqa bir xil yaxşi öynaydigan jamoalar bölmasa kerak. Yana bir narsani inobatga oliş kerak – bugun qiyin şaroitlarda öynadik. Birinçi navbatda bu – yuqori namlik, şuningdek Özbekiston va Laos orasidagi vaqtdagi farqni ham inobatga oliş kerak. Qolaversa, Qatar bilan öyin oxiridagi gol jamoaning ruhiy holatiga ta’sir ötkazmay qolmadi. Şunga qaramay, ular özlariga kelib olişdi.
Esdan çiqarmaylik, biz bir qator yetakçilarsiz öynadik. Tan olişim kerak, ularning örniga maydonga tuşgan futbolçilar özlarini juda yaxşi körsatişdi.
Şu örinda OFKga murojaat qilmoqçi edim. Biz eng avvalo öyinçilarning soğliğini öylaşimiz kerak. Bunday maydonda töp suriş uçun ularning soğliği uçun judayam xavfli. Bundan taşqari, maşğulot maydonimiz ham bundan battaroq edi. Şuning uçun, futbolçilarning soğliği haqida köproq öylaşlarini söragan bölardim.
Men faqat öz işimni qilyapman. Şu örinda, yigitlarga ham rahmat deyman, meni qöllab-quvvatlaşayotgani uçun. Avvalgi murabbiylar almaşinuvlari haqida vaziyatdan xabardor emasman, qaror rahbariyatniki bölgan. Hozirgi holatimizga keladigan bölsam, holatimiz yaxşi. Biz mavjud 18 oçkodan 13tasini qölga kiritdik. 6 öyin ötdi va bizni yana 4 bahs kutib turibdi va unda 12 oçko olişga intilamiz. Yigitlarga hozirdan aytib kelaman – kuraş oxirigaça davom etadi. Yöllanmani ertaroq hal qilib qöyamiz degan xayol bölmasligi kerak, oxirigaça kuraşiş lozim. Albatta, yöllanmani ertaroq qölga kiritişni istaymiz, bu zör bölardi. Ammo oxirigaça kuraşamiz. Bu oson bölmaydi, agar asosiy tarkib öyinçilari öyinlarda qatnaşa olmasa», - deydi Sreçko Katanets öyindan keyin.












