Xitoyning Mobvoi kompaniyasi suhbatlarni yozib olib, avtomatik tarzda matnga aylantiradigan TicNote Watch aqlli soatlarini işlab çiqardi. Qurilma nutqni soat ekranida matnga aylantirib körsatişi, suhbat tugagaç, sunʼiy intellekt yordamida uning qisqaça mazmunini tayyorlab berişi mumkin.

Ovoz yoziş uçun maxsus tugmani ikki soniya davomida bosib turiş kifoya. Qisqa fikrlarni qayd etiş uçun alohida rejim ham mavjud.

Qurilma korpusiga şovqinni pasaytiriş tizimiga ega ikkita mikrofon örnatilgan. Kompaniya maʼlumotiga köra, ular 3–5 metr masofadan nutqni qabul qila oladi.

TicNote Watch'ning asosiy xususiyatlaridan biri - suhbatni töğridan-töğri soat ekranida matn körinişida aks ettirişi. Işlab çiqaruvçi maʼlumotlariga köra, tizim 17 ta tildagi sözlaşuvlarni real vaqtda matnga aylantira oladi.

Suhbat vaqtida foydalanuvçi bir marta bosiş orqali muhim jumlani belgilab qöyişi mumkin. Yozuv tugagaç, tizim belgilangan jumlalarni jamlaydi, sunʼiy intellekt esa suhbatning qisqaça mazmunini yaratadi.

Soat uzluksiz 24 soatdan ortiq vaqt davomida ovoz yozişi mumkin. Içki xotirasida esa 200 soatdan ortiq audioyozuv saqlanadi. Yozib olingan maʼlumotlar TicNote ilovasi va kompaniyaning bulutli xizmati bilan sinxronlanadi. U yerda audioyozuvlarni qidiriş, tartibga soliş va ular asosida qaydlar bazasini şakllantiriş mumkin.

TicNote Watch şuningdek, yurak uriş tezligi, qonning kislorod bilan töyiniş darajasi, stress darajasi, uyqu holati, GPS orqali yönalişlar kabi maʼlumotlarni ham körsatadi.

Soatdagi Shadow AI 2.0 yordamçisi esa saqlangan audioyozuvlar böyiça maʼlumot oliş va bir neçta yozuv orasidan kerakli maʼlumotni izlaş imkonini beradi.