Sunʼiy intellekt hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan davrda yaşayapmiz. Ammo bu mislsiz yutuqlar özi bilan birga qanday xavf-xatarlarni olib kelmoqda? Microsoft kompaniyasi hammuassisi va texnologiyalar olamidagi eng nufuzli şaxslardan biri Bill Geyts CNN telekanali jurnalisti Jeyk Tapperga bergan intervyusida bu borada jiddiy ogohlantirişlar bilan çiqiş qildi.
U sunʼiy intellektni insoniyat ixtiro qilgan «eng xavfli texnologiya» deb atab, kiberhujumlar va bioterrorizm quroliga aylanişi mumkinligidan xavotir bildirdi. Geytsning taʼkidlaşiça, yovuz niyatli kişilar qöliga çeklovlarsiz berilgan sunʼiy intellekt global miqyosdagi halokatlarga, hatto pandemiyadan ham 50 barobar dahşatliroq oqibatlarga olib kelişi heç gap emas. Şu bilan birga, multi-milliarder millionlab iş örinlarining yöqolişi va baʼzi kasblarni faqat insonlar uçun saqlab qoliş zarurligi haqida ham öz fikrlarini bildirdi.
Jeyk Tapper: Biz allaqaçon bu sunʼiy intellekt modellarining nazoratdan çiqib, platformalar va hukumat veb-saytlarini buzib kirganini kördik. Bular faqat bilgan hodisalarimiz, xolos. Biz bilmagan yana qançadan qança holatlar borligini tasavvur ham qila olmayman. Siz uşbu texnologiya rahbarlarining köpçiligini şaxsan taniysiz. Nima deb öylaysiz, ular SI bilan boğliq özlarining şaxsiy xavotirlari, qörquvlari va haqiqiy xavf-xatarlar haqida gap ketganda jamoatçilik bilan tölaqonli oçiq va samimiymi?
Bill Geyts: Öylaymanki, hali heç bir soha öz xavotirlari haqida bunçalik oçiq gapirmagan. Bizdagi muvozanatsizlik şundaki, soha içida juda köp xavotir bor, ammo akademiklar, siyosatçilar va davlat arboblari bu vositalarning qançalik murakkab va kuçli ekanligidan yetarli darajada xabardor emas. Şu sababli bu xabardorlik oşgani sayin, siyosatda ham köplab mukammallaşuvlar yuzaga keladi. Masalan, bolalar SI bilan emotsional aloqada bölişi kerakmi? SI qanday qilib maktabdagi öqituvçilarni töldirişi va şunçaki inşo yoki yozma işda köçirmakaşlik vositasi emas, balki köproq qiziquvçanlikni uyğotuvçi vosita bölişi mumkin? Agar turli mamlakatlarga qarasangiz, masalan, Xitoy bolalarning SI bilan munosabat örnatişini taqiqlagan. Ayrim davlatlar sunʼiy intellekt yuzaga keltirişi mumkin bölgan salbiy oqibatlarning oldini olişda ança oldinlab ketişdi.
Jeyk Tapper: Siz sunʼiy intellektni laboratoriyada yaratilgan va öziga xos alohida tur sifatida evolyutsiya qila oladigan «özga sayyoraliklar» deb atadingiz. Ular biz uçun xuddi «biz itlar va muşuklar uçun qanday bölsak», şunday bölişi mumkinligini aytdingiz. Bu şunçaki texnologik sakraş emas, balki «evolyutsion hodisa» ekanligini taʼkidladingiz. Bu juda qörqinçli va xavfli eşitiladi.
Bill Geyts: Ha, sunʼiy intellektning kirib kelişi soğliqni saqlaş kabi sohalar uçun aql bovar qilmaydigan darajada ajoyib. Ammo, ayni paytda u şunday ulkan kuçga egaki, hayotni butkul özgartirib yuboradi. Odamlar oldingi texnologik yutuqlarga nazar taşlaganlarida men doim xavotirlanaman. Bilasizmi, şaxsiy kompyuterlar va internetning rivojlanişida iştirok etganman. Ular ham juda katta ahamiyatga ega edi. Ammo, sunʼiy intellektning oldida ular heç narsa emas. SI dunyoni barça avvalgi texnologiyalardan ham köproq özgartiradi. Hammamiz buning qançalik muhim masala ekanligini birdek tuşunib yetişimiz kerak.
Jeyk Tapper: Siz SI yovuz niyatli şaxslarga halokatli biologik qurollarni yaratişni ança osonlaştirişi mumkinligi haqida ogohlantirgandingiz. Bioterroristik hujum xavfi hozirda tabiiy pandemiya xavfidan 50 baravar yuqori ekanligini aytgansiz. Sizningça, bu dahşatli ssenariy qançalik tez sodir bölişi mumkin? Biz yaqinlaşib kelayotgan xavf haqida gapiryapmiz, buning oldini oliş uçun yetarliça harakat qilinyaptimi?
Bill Geyts: Yöq, yetarliça harakat qilmayapmiz. Ehtimol, keyingi yilda biz eng köp köradigan va his qiladigan narsa kiberhujumlar böladi. Çunki, u yerda maʼlum bir biznes modeli mavjud bölib, ular biron bir iş qiliş bilan tahdid qilişadi va kimdandir buning uçun pul tölaşni talab qilişadi. Yoki fond bozoridagi biror nimani yoxud qandaydir qimorga tikilgan narsalarni özgartirib yuboradigan holatlarni yaratişlari mumkin. Demak, hozirgi kundagi eng katta xavf SI modellarining nazoratdan çiqib ketişida emas. Biz bu borada ham işlaşimiz kerak, ammo katta taʼsir yuzaga kelişiga hali yillar bor. Asosiy xavf yomon odamlarning SIdan töliq, heç qanday çeklovlarsiz foydalanişidir. Biz sizni kiberhujumlar qilişdan qaytariş uçun xavfsizlik çeklovlarini örnatamiz. Bioterrorizm bilan şuğullanişingizni oldini oliş uçun çeklovlar qöyamiz. Ammo, hozirda siz uşbu barça çeklovlarni olib taşlaş imkoniga egasiz. Şunday ekan, yomon niyatli odamlar, xavfsizlik çeklovlarining yöqligi va eng sönggi modellar imkoniyatlarini hisobga olsak, kelgusi bir yil kiber makonda bizni köplab salbiy syurprizlar kutmoqda.
Jeyk Tapper: Sem Altman odamlar SI haqida tasavvur qilayotgan baʼzi ssenariylarni «bu şunçalik distopikki, yomon ilmiy-fantastik filmlar syujetiga öxşaydi» deya taʼrifladi. U odamlarni «falokatga işoniş tuzoğiga» tuşib qolişdan ogohlantirdi. Siz esa sunʼiy intellektni yadro qurolini ham arzimas narsadek körsatib qöyadigan, insoniyat tarixidagi eng xavfli texnologiya deb atadingiz. Sem Altman, aftidan, sizni ham ana şu falokatga işoniş tuzoğiga tuşib qolganlikda ayblayotgandek. Bunga nima deb javob berasiz?
Bill Geyts: Barça masʼuliyatli SI rahbarlari, jumladan Sem Altman va Dario Amodei ham, butun dunyoga bu juda xavotirli ekanini aytişyapti. Buni ehtimoliy salbiy ssenariylar nuqtai nazaridan talqin qiliş mumkin. Töğri, baʼzan odamlar butun insoniyat muqarrar halokat xavfi ostida qolgandek gapirganda, vaziyatni biroz börttirib yuborişlari ham mumkin. Bu biroz oşirib yuboriş. Lekin avtomobillar, samolyotlar yoki dori-darmonlar bilan soliştiradigan bölsak, menimça, sunʼiy intellekt ulardan ham xavfliroq. Axir, aynan şu sohalarda odamlar xavfsizligini taʼminlaş uçun jiddiy tartibga soliş mexanizmlari mavjudligidan barçamiz mamnunmiz. Agar nazoratni saqlab qolmasak, baʼzi qayğuli ehtimollar mavjud. Menimça, soha vakillari xavf haqida bong urib, öz vazifasini bajaryapti. Biroq «agar ehtiyotkorlik bilan harakat qilsak, bu xavflarni minimallaştirişimiz mumkin» degan fikr, ehtimol, odamlarga yetarliça aniq yetkazilmayapti. Ayniqsa, hukumat «kelinglar, heç qanday çeklovlar qöymaymiz» yoki «buni butunlay töxtatamiz» kabi keskin çoralarga ötganida. Samolyotlar, maşinalar va dori-darmonlarda bölgani kabi örta yölni topiş borasida bizda hozirça yetarliça bilim va tajriba yöq. Ammo, öşa örta yöl mavjudligiga işonaman.
Jeyk Tapper: Siz samolyotlar, avtomobillar va tibbiyot sohalarini tilga oldingiz. Bu sohalarning barçasida tartibga soliş mexanizmlari va masʼul taşkilotlar mavjud. Masalan, aviatsiya sohasida Federal aviatsiya maʼmuriyati, dori-darmonlar sohasida esa Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi faoliyat yuritadi.
Bill Geyts: Xuddi şunday.
Jeyk Tapper: Hozir bizda bunday narsa umuman yöq va Vaşingtondagi rahbarlarimizdan eşitayotganimiz şuki, bu taşkilotlar özlarini özlari nazorat qilişlari kerak ekan. FQB va Adliya vazirligi jinoyatlarning oldini oliş uçun yetarli böladi, degan qaraş mavjud. Menimça, bu yetarli emas, deb hisoblaydiganlar köp. Işonçim komilki, siz ham şunday fikrdasiz. Sunʼiy intellekt sohasini öz-özini tartibga soliş tamoyiliga asoslanib boşqariş ğoyasi sizni umuman xavotirga solmaydimi?
Bill Geyts: Öylaymanki, keyingi yil davomida biz öz-özini boşqarişdan uzoqlaşamiz. Insoniyat ixtiro qilgan eng xavfli texnologiya uçun oxirgi söz faqat kompaniyalarning öziga qolişi, jamiyatdagi yagona nazorat ularning özida bölişi kerak degan ğoya asossiz, ayniqsa qanday çeklovlar kerakligi haqida gap ketganda. Uşbu insidentlar orqali yetarliça harakat qilmayotganimizni körib turibmiz. Şunday ekan, kelgusi yilga borib, hukumat sunʼiy intellektni tartibga soliş borasida köproq tajriba va bilimga ega bölişi kerak, degan qaraş ustunlik qiladi, deb öylayman. Şuningdek, boşqa sohalarda bölgani kabi, sunʼiy intellekt xavfsizligini taʼminlaşga ixtisoslaşgan guruhlar zarurligi ham odamlar uçun yanada oydinlaşadi. Albatta, men ham bu fikrni qöllab-quvvatlayman.
Bill Geyts: Ha, ayrim sohalarni insonlar uçun saqlab qoliş ğoyasi juda muhim. Men sunʼiy intellekt modellari qançalik tez rivojlanayotganini va inson mehnati örniga SIdan foydalanişga nimalar undayotganini körib turibman. Şu bois, kelgusi yillarda biz jamiyat sifatida bir qarorga kelişimiz kerak, deb hisoblayman: sunʼiy intellekt va robotlardan foydalanişni qanday soliqqa tortamiz va qaysi sohalarda insonlar uçun iş örinlarini saqlab qolişni istaymiz? Odamlar bu texnologiyaning naqadar qudratli ekanini va buning natijasida mehnat bozori qanday özgarişini töliq anglab yetmaguniça, ayrim işlarni faqat insonlar uçun saqlab qoliş ğoyasi ğalati tuyulişi mumkin. Ammo, şubhasiz, biz baribir şu bosqiçga yetib boramiz. Şunda siyosiy darajada ayrim işlarni faqat insonlar bajarişi kerakmi yoki yöqmi, degan masalani hal qilamiz.
Jeyk Tapper: Ketişingizdan oldin, qisqaça bir savol. Öz xavotirlaringizni jamoatçilikka maʼlum qilib borayotgan ekansiz, bu borada prezident Tramp yoki Vaşingtondagi boşqa rahbarlardan qandaydir reaksiya yoki murojaat eşitdingizmi?
Bill Geyts: Bir qator siyosatçilarning bu boradagi fikrlarini eşitdim. Umid qilamanki, vaqt ötib, prezident Tramp va uning asosiy maslahatçilari bilan ham bu masalani muhokama qiliş imkoniga ega bölaman. Bu mavzuga qança köp vaqt ajratsak, şunça yaxşi, çunki biz hali erişişimiz kerak bölgan darajaga yetib kelganimiz yöq.







