NATO qanday taşkilot? U kimni kimdan himoya qiladi?
|11:381 05814 min
Sönggi oylarda mediamakonda NATO haqida köp gapirilmoqda. Quyida uşbu taşkilotning tarixi va buguni haqida maʼlumot beramiz.
Foto: nato.intFoto: nato.int
NATO nima degani?
NATO qisqartmasi ingliz tilidagi North Atlantic Treaty Organization nomining boş harflaridan olingan bölib, «Şimoliy Atlantika şartnomasi taşkiloti» deb tarjima qilinadi.
NATO 1949-yilda taşkil etilgan harbiy-siyosiy ittifoq bölib, hozirda 32 ta mustaqil davlat uning aʼzosi hisoblanadi. Ularning 30 tasi Yevropada, yana ikkitasi - Kanada va AQŞ Şimoliy Amerikada joylaşgan. Dunyoning uşbu ikki qismini Atlantika okeanining şimoliy qismi ajratib turgani sababli 1949-yilda NATOga asos bölgan şartnoma «Şimoliy Atlantika şartnomasi» deb nomlangan. Quyidagilar şartnoma mazmunidan kelib çiqadigan asosiy maqsadlar hisoblanadi:
- demokratiyani, xalqlarning şaxsiy erkinlik va qonun ustuvorligi tamoyillariga asoslangan erkinligini, umumiy merosi va sivilizatsiyasini himoya qiliş;
- Şimoliy Atlantika mintaqasida barqarorlikni mustahkamlaş va farovonlikni oşiriş;
- jamoaviy mudofaani taşkil etiş hamda tinçlik va xavfsizlikni saqlaş;
- tinçlik va döstlikka asoslangan xalqaro munosabatlarni yanada rivojlantirişga kömaklaşiş;
- öz davlatlarining xalqaro iqtisodiy siyosatidagi ziddiyatlarni bartaraf etişga intiliş;
- qurolli hujumga qarşi kuraşiş böyiça yakka tartibdagi va jamoaviy salohiyatni oşiriş.
Şartnomaning asosiy tayanç nuqtasi uning beşinçi moddasidir. Unga köra, Yevropa yoki Şimoliy Amerikadagi bir yoki bir neçta aʼzo davlatga qarşi qurolli hujum butun ittifoqqa qarşi hujum sifatida baholanadi. Bunday holatda har bir aʼzo davlat hujumga uçragan davlatga yordam körsatadi va buning uçun özi zarur deb hisoblagan çoralarni köradi. Uşbu çoralar qurolli kuç işlatişni ham öz içiga olişi mumkin.
NATOning rasmiy tili ikkita: ingliz va fransuz tillari. Taşkilot bayroği kök rangda bölib, markazida doira içida şamol yönalişlarini körsatuvçi oq rangli kompas tasviri bor. Töq kök fon Atlantika okeanini, doira aʼzo davlatlar örtasidagi birlikni, kompas esa tinçlik sari yölni anglatadi. NATO alyansining ştab-kvartirasi Belgiya poytaxti Bryussel şahrida joylaşgan.
Foto: wikipedia.org
NATO bayroği
NATO tarixi
SSSR parçalanguniga qadar
Ikkinçi jahon uruşidan söng Yevropa vayronaga aylangan, uysizlar va qaşşoqlar soni nihoyatda köp edi. AQŞ oliy rahbariyati umumiy qaşşoqlik şaroitida Yevropa mamlakatlari hukumatlari sotsialistik mafkuralarga tobora köproq moyil bölib, SSSR taʼsiri ostiga tuşib qolişini anglab turardi. Şu bois Ğarbiy Yevropa davlatlariga yordam körsatiş AQŞ uçun ustuvor vazifaga aylandi. Bir tomondan, Yevropa iqtisodiyotini tiklaş orqali AQŞ uçun mahsulotlarini sotiş bozori yaratilişi, ikkinçi tomondan esa bu mamlakatlarda kommunistlarning hokimiyatga kelişiga yöl qöyilmasligi közda tutilgandi. Buning uçun «Marşall rejasi» - AQŞning Ğarbiy Yevropa mamlakatlariga iqtisodiy yordam körsatiş çoralari qabul qilindi. U 1948-yilda kongress tomonidan maʼqullandi va AQŞ prezidenti Harri Trumen tomonidan imzolandi. Yordamning umumiy hajmi 13,3 milliard dollarni taşkil etdi va mablağlar asosan qaytarilmaydigan grantlar va kreditlar şaklida ajratildi. Biroq iqtisodiy çoralarning özi yetarli emasdi, harbiy qarorlar qabul qiliş ham talab etilardi. Bu zarurat 1948–1949-yillarda Ğarbiy Berlinning Sovet Ittifoqi tomonidan qamal qilinişi ortidan yanada kuçaydi.
1949-yil 4-aprelda 12 davlat Şimoliy Atlantika şartnomasini imzoladi va NATO taşkil etildi. Bular AQŞ, Kanada, Islandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Daniya, Italiya va Portugaliya edi. Keyingi yillarda Ğarbiy Yevropa iqtisodiy jihatdan tiklana boşladi. Şu bilan birga, NATOga yangi davlatlar qöşildi: 1952-yilda Gretsiya va Turkiya, 1955-yilda esa GFR (Germaniya Federativ Respublikasi). Bunga javoban SSSR 1955-yilda Şarqiy Yevropa mamlakatlari bilan Döstlik, hamkorlik va özaro yordam töğrisidagi şartnomani imzoladi. U şartnoma imzolangan şahar nomi bilan Varşava şartnomasi deb ham ataldi. Şu tariqa NATOning kengayişiga SSSRning töğridan-töğri javobi sifatida Varşava şartnomasi taşkiloti tuzildi. Hujjatda aʼzo davlatlardan biriga hujum qilingan taqdirda, boşqa aʼzo davlatlar unga harbiy yordam körsatişi haqidagi band mavjud edi. Şu zaylda dunyo ikki qutbli tizimga bölindi.
SSSR parçalanganidan keyin
1982-yilda NATOga Ispaniya qöşildi. 1989-yil noyabrda NATO va Varşava şartnomasi taşkiloti örtasidagi qarama-qarşilik hamda bölingan dunyoning ramzi bölgan Berlin devori quladi. SSSR 1956-yilda Vengriyada va 1968-yilda Çexoslovakiyadagi islohotçi harakatlarni harbiy kuç bilan bostirgan bölsa, 1989-yilda GDRdagi siyosiy özgarişlarga nisbatan bunday harbiy aralaşuvni amalga oşirmadi.
1991-yili SSSR tarqalib ketdi. Şundan söng mustaqil Rossiyaning birinçi prezidenti Boris Yelsin NATOga maktub yöllab, Rossiyaning kelajakda NATOga aʼzo böliş imkoniyatini istisno qilmasligini bildirdi. 1990-yillarning birinçi yarmida diplomatik doiralarda bu masala böyiça faol muhokamalar olib borildi. 1994-yilda taşkilot «Tinçlik yölidagi hamkorlik» dasturini işga tuşirdi. Uşbu dastur doirasida NATO Şarqiy Yevropa mamlakatlari, jumladan, Rossiya bilan ham hamkorlik örnatdi. Dasturning maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
- hamkor davlatlarning harbiy rejalaştiriş va mudofaa byudjetlarini şakllantiriş jarayonlarida şaffoflikka erişişiga yordam beriş;
- qurolli kuçlarda islohotlar ötkazişga kömaklaşiş;
- siyosiy va harbiy hamkorlikni kengaytiriş va faollaştiriş, xalqaro barqarorlikni oşiriş;
- ilmiy va ekologik loyihalar ustida hamkorlikda işlaş;
- davlatlar örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş.
2014-yil martida Rossiya va NATO örtasidagi munosabatlar yomonlaşdi. Ukraina şarqida qurolli mojaro boşlanganidan söng hamkorlik amalda töxtatildi. Alyans Moskvani harbiy aralaşuv va tajovuzkor harakatlarda, şuningdek, Qrimni noqonuniy anneksiya qilişda aybladi. Aprel oyida alyans Rossiya missiyasining doimiy vakili, uning örinbosari va yordamçisidan taşqari barça xodimlariga ştab-kvartiraga kirişni taqiqladi. Rossiyaning «Tinçlik yölidagi hamkorlik» dasturidagi faoliyati töxtatildi.
NATOning asosiy harbiy operatsiyalari
1994-yil 28-fevralda Bosniya va Gersegovina hududida NATO tarixidagi birinçi bevosita harbiy töqnaşuv sodir böldi. 1995-yilda esa «Deliberate Force» operatsiyasi doirasida Bosniyada yirik havo harbiy kampaniyasi ötkazildi.
2001-yil 11-sentabrda AQŞda sodir etilgan terrorçilik harakatlaridan söng NATO öz tarixida birinçi va yagona marta Şimoliy Atlantika şartnomasining beşinçi moddasini qölladi. 2001-yil oktabrida ikkita operatsiya boşlandi: «Burgutga yordam» va «Faol saʼy-harakatlar». Uşbu operatsiyalar doirasida havo va dengizda terrorizmga qarşi çoralar körildi. Şuningdek, Afğonistonga «Xavfsizlikka kömaklaşiş xalqaro kuçlari» deb nomlangan harbiy kontingent kiritildi. NATO uning boşqaruvini 2003-yil 11-avgustda öz zimmasiga oldi. Bu kuçlar 2014-yilgaça Afğonistonda böldi.
2008–2016-yillarda NATO Afrikaning Şarqiy sohillarida qaroqçilarga qarşi qator operatsiyalarni amalga oşirdi. Ular orasida eng yirigi «Okean qalqoni» kampaniyasi böldi. Alyans qaroqçilar faolligini kamaytirişga erişdi, biroq muammoni töliq bartaraf eta olmadi. 2011-yilda taşkilot Liviyada BMT Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi asosida tinç aholini himoya qilişga qaratilgan harbiy operatsiyani amalga oşirdi.
Foto: wikipedia.org
NATO kemasi va qaroqçilarning yöq qilingan kemasi
NATOga qanday aʼzo böliş mumkin?
Şimoliy Atlantika şartnomasining öninçi moddasi quyidagiça: «Ahdlaşuvçi tomonlar umumiy rozilik asosida mazkur Şartnoma tamoyillarini rivojlantira oladigan va Şimoliy Atlantika mintaqasi xavfsizligini taʼminlaşga öz hissasini qöşa oladigan Yevropaning har qanday boşqa davlatini uşbu Şartnomaga qöşilişga taklif etişlari mumkin».
Biroq buning uçun uning arizasi taşkilotga aʼzo bölgan barça 32 davlat tomonidan maʼqullanişi kerak. Agar ulardan bittasi qarşi bölsa ham, taklif rad etiladi. Bunda NATOga aʼzo bölişga nomzod davlat quyidagi «asosiy talablar»ga javob berişi lozim:
- Şimoliy Atlantika şartnomasi qadriyatlarini hurmat qiliş;
- bozor iqtisodiyotiga asoslangan, faoliyat körsatayotgan demokratik siyosiy tizimga ega böliş;
- milliy ozçilik vakillariga adolatli munosabatda böliş;
- nizolarni tinç yöl bilan hal etişga tayyor böliş;
- NATOning umumiy xavfsizligi va operatsiyalariga hissa qöşiş imkoniyatiga ega va bunga tayyor böliş;
- demokratik fuqarolik-harbiy munosabatlar va institutlarga sodiqlikni namoyon etiş.
NATOga aʼzo böliş jarayoni bir neçta bosqiçdan iborat:
NATO rahbariyati bilan aʼzolik böyiça muzokaralar olib boriş. Muzokaralar alyansning Bryusseldagi ştab-kvartirasida uning ekspertlari va nomzod davlat vakillari iştirokida ötkaziladi. Maqsad - davlatning taşkilot standartlariga muvofiqligini tekşiriş.
Muzokaralar ikki bosqiçga bölinadi: birinçi bosqiçda aʼzolikning siyosiy va harbiy jihatlari, ikkinçi - texnik bosqiçda esa resurslar, moliyaviy va huquqiy masalalar muhokama qilinadi. Şuningdek, nomzod davlat NATOning maxfiy maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlay oliş-olmasligi ham tekşiriladi. Muzokaralar yakunida nomzod davlatning NATOga aʼzo bölişi uçun amalga oşirişi zarur bölgan islohotlar röyxati şakllantirilişi mumkin.
Maqsadlar va islohotlarni amalga oşiriş muddatlari töğrisidagi xatlarni yuboriş. Bu rasmiy bosqiç bölib, unda nomzod davlatlar alyansga qöşiliş istagini va buning uçun zarur özgarişlarni amalga oşirişga tayyorligini rasman tasdiqlaydilar.
NATOga aʼzo davlatlar tomonidan qöşiliş protokollarini imzolaş. Alyans har bir yangi davlat uçun alohida hujjatlar tayyorlaydi. Ular taşkilotning barça aʼzolari tomonidan imzolanişi kerak.
Qöşiliş töğrisidagi protokollarni ratifikatsiya qiliş. Aʼzo davlatlar hukumatlari uşbu hujjatlarni tasdiqlaşlari lozim. Jarayonlar davlatlarga qarab farq qiladi. Masalan, AQŞda ovoz berişda qatnaşgan senatorlarning kamida uçdan ikki qismi hujjatni qöllab-quvvatlaşi kerak, Buyuk Britaniyada esa buning uçun parlamentda alohida ovoz beriş jarayonini ötkaziş talab etilmaydi.
Boş kotibning alyansga qöşiliş haqidagi taklifi. NATO boş kotibi aʼzo davlatlar nomidan nomzod davlatga qöşiliş taklifini rasman yetkazadi.
Davlatning NATOga aʼzolik töğrisidagi hujjati AQŞ hukumatiga topşiriladi.
1999-yilda Vengriya, Polşa va Çexiya NATOga qabul qilindi. 2004-yilda esa alyansga Bolgariya, Latviya, Litva, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya va Estoniya qöşildi. 2009-yilda Albaniya va Xorvatiya, 2017-yilda Çernogoriya, 2020-yilda Şimoliy Makedoniya, 2023-yilda Finlandiya va 2024-yilda Şvetsiya alyans aʼzolariga aylandi.
NATOga aʼzo barça davlatlar alyans byudjetiga mablağ ajratadi. Badallar ikki turga bölinadi: töğridan-töğri va bilvosita.
Töğridan-töğri badallar - NATOning umumiy byudjetlari va dasturlarini moliyalaştiradi. Aʼzo davlatlar har yili yalpi milliy daromadga asoslangan formula böyiça mablağ ajratadilar. Uşbu körsatkiç qançalik yuqori bölsa, davlat tölaydigan mablağ ham şunçalik köp böladi.
Bilvosita hissalar - davlatlarning öz milliy mudofaa byudjetlari, qurolli kuçlari, harbiy texnikasi va NATO operatsiyalariga taqdim etadigan imkoniyatlaridan iborat. NATO saytida taʼkidlanişiça, ular «masalan, aʼzo davlat harbiy operatsiyada iştirok etiş uçun öz salohiyati va (yoki) qöşinlarini ajratganida hamda bunday qaror bilan boğliq xarajatlarni öz zimmasiga olganida» şakllanadi.
Foto: wikipedia.org
NATOning Bryusseldagi ştab-kvartirasi
NATO tuzilmalari
NATO murakkab fuqarolik va harbiy boşqaruv tizimiga ega. Fuqarolik tuzilmalariga quyidagilar kiradi:
Şimoliy Atlantika kengaşi (ŞAK) - NATOning asosiy siyosiy rahbarlik organi. Har bir aʼzo davlat Şimoliy Atlantika kengaşida öz örniga ega. Kengaş turli darajalarda haftasiga kamida bir marta yoki zarurat tuğilganda yiğiladi. Şimoliy Atlantika kengaşiga boş kotib raislik qiladi. U aʼzolarga muhim masalalar böyiça kelişuvga erişişda yordam beradi.
Yadroviy rejalaştiriş guruhi. U yadroviy tiyib turiş va yadroviy siyosat masalalari böyiça maslahatlaşuv va qaror qabul qiliş organi bölib, Fransiya uşbu guruhda iştirok etmaydi.
Qömitalar tarmoği. Ular siyosiy masalalardan tortib texnik masalalargaça bölgan vazifalar bilan şuğullanadi. Ularda NATOga aʼzo davlatlar vakillari hamda ekspertlari muntazam ravişda yiğiliş ötkazadilar.
Harbiy tuzilmalarga quyidagilar kiradi:
Harbiy qömita. NATOning oliy harbiy maslahat organi hisoblanadi. U aʼzo davlatlar mudofaa ştablari boşliqlaridan yoki ularning harbiy vakillaridan taşkil topadi. U NATOning siyosiy rahbariyatiga harbiy masalalar böyiça maslahat beradi. U aʼzo davlatlarning milliy armiyalariga bevosita rahbarlik qilmaydi.
Ittifoqdoşlar operatsiyalari qömondonligi. Bu uç darajada - strategik, operativ va taktik darajalarda rahbarlikni amalga oşiruvçi Ittifoqçilar birlaşgan ştabi hisoblanadi.
Ittifoqdoşlar transformatsiyasi qömondonligi. NATOning harbiy salohiyati, texnologiyalari, doktrinasi va imkoniyatlarini zamonaviy talablarga moslaştiriş bilan şuğullanadi.
Alyans rahbari «boş kotib» deb ataladi. U NATOning barça yirik qömitalariga rahbarlik qiladi, muhokamalarni boşqaradi va qabul qilingan qarorlarning bajarilişini nazorat qiladi. Şuningdek, taşkilotning rasmiy vakili sifatida ham faoliyat yuritadi. Boş kotibning bevosita harbiy qömondonlik vakolati mavjud emas. NATOning siyosiy qarorlari aʼzo davlatlar tomonidan konsensus asosida qabul qilinadi, harbiy operatsiyalar esa tegişli harbiy qömondonlik tuzilmalari orqali amalga oşiriladi.
Odatda boş kotib lavozimiga nomzodni aʼzo davlatlar hukumatlari özaro kelişuv asosida Yevropaning yuqori martabali siyosiy arboblari orasidan tanlaydi. Uning vakolat muddati 4 yilni taşkil etadi va bu muddat uzaytirilişi mumkin. Taşkilotga rahbarlik qilgan 13 nafar boş kotibdan uç nafari Buyuk Britaniya va Niderlandiya, ikki nafari Belgiya, bir nafardan Germaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya va Norvegiya vakillari bölgan. NATOning hozirgi 14-boş kotibi - Niderlandiya sobiq boş vaziri Mark Ryutte. U 2024-yil 1-oktabrda boş kotib vazifasiga kirişgan.