Tabiat suratlari biz bilan bir sayyorada yaşaydigan jonzotlarga diqqat bilan nazar taşlaşga undaydi. Kundalik hayotda eʼtibordan çetda qoladigan mayda tafsilotlar, hayvonlarning qiziqarli xatti-harakatlari va kutilmagan holatlari fotograflar obyektivida butunlay boşqaça körinadi.

BIAZA Photo Competition 2026 tanlovi ham ana şunday lahzalarni bir joyga jamladi. Unga Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi hayvonot boğlari, akvariumlar hamda tabiiy yaşaş muhitida olingan suratlar taqdim etildi. Ular orasida hayvonlarning taʼsirçan portretlari, hayotidagi kulgili sahnalar va yaqindan qaragandagina közga taşlanadigan ğayrioddiy jihatlar bor.

Tanlovni Britaniya va Irlandiya hayvonot boğlari hamda akvariumlari assotsiatsiyasi - BIAZA taşkil etdi. Hakamlar 800 dan ortiq işni körib çiqib, yetti yönaliş böyiça ğolib va sovrindorlarni aniqladi. Saralangan kadrlarda sutemizuvçilar va quşlardan tortib, sudralib yuruvçilar, baliqlar hamda mitti umurtqasizlargaça aks etgan.

Ayozli tongdagi ğayrioddiy quş

«Quşlar» yönalişi ğolibi - «Ayoz oğuşidagi gözallik». Suratda grifsimon sesarka tasvirlangan. © Gareth Clifford.

Fotograf uşbu kadrni yanvar oyi boşida, tong otayotgan paytda suratga olgan. Tasvir Norfolk grafligidagi Uatatunga qöriqxonasida olingan bölib, muallif kerakli lahzani uşlaş uçun ança harakat qilgan.

Grifsimon sesarkalar ğayrioddiy taşqi körinişi bilan ajralib turadi. Ayozli tongda olingan bu surat quşning öziga xos qiyofasini namoyon etib, tanlovning eng sara işlaridan biriga aylandi.

Loy vannasidan zavqlanayotgan fil

«Sutemizuvçilar» yönalişi ğolibi - «Men hali ham kötarilyapman». Suratda Afrika fili aks etgan. © Thomas Harris.

Yomğirli kunlarning birida fotograf Tomas Xarris Opal laqabli urğoçi filni loy vannasidan zavqlanayotgan paytida suratga oldi. Filning ana şu holati aks etgan kadr muallifga öz yönalişida ğoliblik keltirdi.

Kolçester zoologiya jamiyati qaramoğida törtta Afrika fili bor. Taşkilot ularni parvarişlaş bilan birga, tabiatni muhofaza qilişga qaratilgan loyihalarda ham iştirok etadi.