AQŞ Ukraina bilan razvedka maʼlumotlari almaşişni töxtatgani yöq. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqot çoğida maʼlum qildi, deb xabar berdi Clash Report.
«Yöq, töxtatganimiz yöq. Biz ularga yordam beryapmiz. Biz haqiqatan ham ularga yakuniy töxtamga kelişda yordamlaşyapmiz. Biz uruş tugaşini xohlaymiz», - dedi Tramp.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uruş tugaşini göyoki Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan köra köproq istayotganiga nega bu qadar işonçi komilligi haqidagi savolga Tramp şunday javob berdi:
«Buni muzokaralar orqali bildim - men butun umrim davomida aynan şu iş bilan şuğullanganman. Öylaymanki, Putin ham buni xohlasa kerak; menimça, ularning ikkisi ham bu narsa tugaşini istaydi. Bilasizmi, oçiğini aytsam, ikkalasi ham uning yakunlanişini xohlaydi, ammo bunga qanday erişişni bilmayapti. U yerda nafrat juda köp... Oxir-oqibat hammasi yaxşi böladi. Nega bundayligini bilasizmi? Çunki doim şunday bölib kelgan».
Tramp, şuningdek, özi ilgari eʼlon qilgan «energetika sulhi»ning Rossiya tomonidan buzilişiga ham munosabat bildirdi. AQŞ prezidenti Ukraina göyoki bir kun avval Rossiyaning köplab energetika obyektlariga zarbalar berganini aytdi. Tramp, şuningdek, «energetika sulhi»ning samaradorligi haqida keyinroq maʼlum qilişga vaʼda berdi.
Avvalroq Kyiv Independent naşri AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalar berişni töxtatişni talab qilib, Ukraina yuqori martabali rasmiylariga oçiqdan-oçiq tahdid qilgani haqida xabar bergan edi. Naşr maʼlumotlariga köra, Vaşington agar Ukraina «energetika sulhi» deb atalayotgan davrda Rossiya energetika infratuzilmasiga zarba beradigan bölsa, buning uçun javobgarlikni Kiyev zimmasiga yuklaşini bildirgan.
Şu bilan birga, Reuters agentligi xabariga köra, 13-oktabr kuni Trampning «energetika sulhi» haqidagi bayonotidan söng Rossiya ilk bor Ukraina energetika obyektlariga zarba bermagan. Jurnalistlar Rossiya Mudofaa vazirligining kunlik hisobotlarini tahlil qilgan holda şunday xulosaga kelişgan.












