Zelenskiy – fermerlar duşmani!
Demak Tramp nima deganini aynan keltiramiz. «Menimça, Ukraina kelişa oladigan yangi yetakçi tanlaşi kerak. Unda bir neça marta kelişiş imkoni bor edi, lekin bunday qilmadi. Biz Rossiya bilan bilganingni qil, lekin neft zavodilarini urma, bu global muammo keltirib çiqaradi, dedik. U bizning fermerlar va çorvadorlarimiz uçun muammo tuğdirmoqda. «Dizelga zarba berma», dedik, u esa borib aynan dizelni uryapti». Ana şunaqa, Zelenskiy bir uxlab turgaç, amerikalik çorvadorlar va fermerlarning «birinçi raqamli duşmaniga» aylandi.
Tramp prezidentlikka kelişiyoq Kiyevda xavotir bilan qarşilangandi, çunki uning Moskva bilan munosabati sir emasdi. Tramp aynan Zelenskiyga bosim qilişi ortidan impiçment olişiga sal qolgandi. Kiyev xavotir olganday böldi, Tramp kelişi bilan uruşni boşlaşda Ukrainaning özini aybladi. Zelenskiyga nisbatan qanday munosabatda ekanini yaşirolmadi va ötgan yil fevralda ular orasidagi adovat butun dunyo köz öngida portladi. Tramp kek saqlaydigan odam, şu sabab hozir yana bajonidil Zelenskiy orqali Ukrainaga bosim ötkaziş kampaniyasini boşlab berdi.
Tramp va uning maʼmuriyatidagi mulozimlar avval ham «Ukrainada saylov ötkaziş kerakligini» aytib çiqqan, öşanda ham bu masala Rossiya tomonining bayonotlaridan keyin boşlangandi. Lekin Kiyev uruş davrida saylov ötkaza olmasligini tuşuntirgaç, bu masala qayta kötarilmay qolgandi.
Tramp yana «Ukrainaga yangi lider kerak» deb qolgani esa tuşunarli. U amerikaliklarni xavotirga solayotgan dizel narxini tuşiriş uçun Ukrainadan Rossiya neft zavodlariga zarba berişni töxtatişni söradi. Kiyev esa ruslarning neft inşootlarini urişni davom ettirdi. Keyin Tramp «Amerika prezidentining gapini ikki qiladigan senmi hali», deb yana Rossiya tomonga ötdi. Amerika uçun «tupkaning tagidagi» bu davlatdan «solyarka» sotib olişni boşladi.
Endi rus tankerlari Yevropa suvliklaridan bemalol suzib ötib, «Titanik» marşruti böylab butun Atlantikani keçib, Amerikaga dizel olib boradi. Iqtisodçi bölmagan odam ham amerikalik fermerlar traktorni makkapoya örişga dalaga çiqarişi uçun bunça olisdan dizel sotib oliş şart emasligini biladi. Axir Venesuela nefti endi Vaşington qölida, Amerika ham köp neft qazib oladi, juda bölmasa, Kanada bor. Lekin Tramp aynan Ukraina prezidentiga «AQŞ prezidentiga yöq deyişning oqibati qanday bölişini körsatib qöyiş uçun» Rossiyadan «solyarka» sotib olişga buyruq berdi.
«Putin Truth Social'ni öqimaydi»
Keça prezident Tramp Truth Social'dagi sahifasida «Rossiya va Ukraina energetik sulhga kelişgani» haqida eʼlon qildi. Qiziği, bu maʼlumot Rossiya tominidan ham, Ukraina tomonidan ham tasdiqlanmadi. Zelenskiy NATO forumida onlayn nutq sözlarkan, Trampning bu postidan hayron qolgani, u eʼlon qilinişidan köp ötmay Rossiya Xarkivdagi elektrostansiyaga zarba berganini aytdi. Bu haqda gapirarkan Rossiyani troll qilişga ham ulgurdi. «Putin Truth Social'ni öqimasligi aniq, uning Şahed'lari boşqaça instruksiya böyiça harakat qiladi».







