3 noyabrdan boşlab Sankt-Peterburgda xorijiy kurerlar uçun «Samokat» va «Yandeks Yeda» yetkazib beriş xizmatlariga kiriş yopildi. Endi ular smenaga çiqolmaydi va ilovalar orqali buyurtma ololmaydi, deb yozdi «Argumenty i fakty» naşri.
Gap patent böyiça işlayotgan Ozarboyjon, Özbekiston, Tojikiston, Moldova va Ukraina fuqarolari haqida bormoqda. Bu YeOII mamlakatlari fuqarolariga taalluqli emas, ular patensiz işlaşi mumkin.
Avgust oyida Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov migrantlarning kurerlik xizmatlarida işlaşini taqiqlovçi qarorni imzolagan edi. Şaharda taksilar uçun şunga öxşaş çeklovlar allaqaçon joriy etilgan - kompaniyalarga kadrlar siyosatini özgartiriş uçun uç oy vaqt berilgan. Sankt-Peterburg rasmiylari bu çorani yaşirin bandlikka qarşi kuraş, xizmatlar sifati va xavfsizligini oşiriş, rossiyaliklar - yoşlar va talabalar uçun iş örinlari yaratiş bilan izohlamoqda.

















