Tezkor-qidiruv tadbirlari Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan.
Xabarga koʻra, 2003 va 2005-yillarda tugʻilgan uch nafar mahalliy fuqaro mazkur xonadonda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarga qayta ishlov berish va ularni sotish bilan shugʻullanganlikda gumonlanmoqda.

Xolislar ishtirokida xonadondan pregabalin va boʻsh kapsulalardan tashqari, ikkita elektron tarozi, tibbiy qoʻlqoplar hamda boshqa buyumlar olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276¹-moddasi ikkinchi qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Uch nafar fuqaroga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.











