Kaliforniya Janubiy okrugi federal sudi AQŞ Davlat departamentiga DV-2027 grin-karta lotereyasini ötkaziş majburiyatini yukladi, deb xabar berdi Courthouse News Service.

14-oktabr kuni sudya Jinsuk Ota dasturga röyxatga oliş keçiktirilgani sababli davlat kotibi Marko Rubioga qarşi daʼvo kiritgan Red Eagle Law yuridik firmasining iltimosnomasini qanoatlantirdi. Davlat departamentiga ariza topşiriş muddatlarini eʼlon qiliş, röyxatga olişni boşlaş va saralab olingan iştirokçilarning arizalarini körib çiqiş majburiyati yuklatildi.

«Eʼlonda röyxatga olişning boşlaniş va yakunlaniş sanasi, elektron arizalarni topşiriş sayti hamda iştirokçilarga qöyiladigan talablar körsatilişi şart», – deyiladi qarorda.

Sud qaroriga köra, Davlat departamenti quyidagilarni amalga oşirişi şart:

  • 1-noyabrdan keçiktirmay DV-2027 uçun röyxatga olişni boşlaş;

  • arizalarni 30 kun davomida qabul qiliş;

  • saralab olingan iştirokçilarni 3-dekabrdan keçiktirmay xabardor qiliş.

Muddatlar AQŞ şarqiy vaqti böyiça belgilangan. Bunda 1-noyabr – röyxatga olişni boşlaşning eng sönggi muddati hisoblanadi. Arizalarni qabul qiliş boşlanadigan aniq sanani idora keyinroq eʼlon qilişi lozim.

Dastur uçun röyxatga oliş jarayoni 2025-yil kuzida ötkazilişi kerak edi. Biroq 5-noyabr kuni Davlat departamenti iştirok etiş tartibini özgartirayotganini va yangi sanalarni keyinroq eʼlon qilişini bildirdi. 2026-yil avgust oyida Red Eagle Law lotereya boşlanişiga erişiş maqsadida sudga murojaat qildi.

Diversity Visa dasturi AQŞga immigratsiya darajasi nisbatan past bölgan mamlakatlardan çiqqan şaxslar uçun har yili 55 mingtagaça viza ajratişni nazarda tutadi. Lotereyada ğolib çiqiş viza uçun ariza topşiriş imkoniyatini beradi, biroq avtomatik tarzda grin-karta olişni anglatmaydi. Iştirokçilar dastur talablariga mos kelişini tasdiqlaşi va belgilangan jarayonlardan ötişi zarur.

Donald Tramp özining birinçi prezidentlik muddatidayoq grin-karta öynalişiga qarşi çiqqan edi. 2025-yil dekabr oyida u Braun universitetidagi otişmada gumon qilinuvçi aynan şu dastur orqali AQŞ hududiga kirib kelganini rökaç qilib, uni töxtatib qöydi.